Jamiyat

Restoranlarga faqat ochiq havoda ishlashga ruxsat berildi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Fotobankka oʻtishLetnyaya veranda v kafe
Letnyaya veranda v kafe - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.07.2021
Restoran va oshxonalarga 20 iyuldan boshlab aholiga faqat kunduz kuni va ochiq havodagi maydonlarda xizmat koʻrsatishga ruxsat brildi.
TOSHKENT, 17 iyul - Sputnik. Oʻzbekistonda 20 iyuldan boshlab restoran va kafelarga faqat ochiq havoda xizmat koʻrsatishga ruxsat berildi. Bu haqida SSV matbuot kotibi maʼlum qildi.
Shu yilning 20 iyulidan boshlab, umumiy ovqatlanish obʼyektlari – restoran, kafe, oshxona va choyxonalarni soat 8:00 dan 20:00 gacha faqatgina ochiq havoda ishlashiga ruxsat beriladi, - deyilgan xabarda.
Eslatib oʻtamiz, Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan joriy yilning 28 iyunidan respublika boʻyicha koʻngilochar obʼyektlar – restoran, tungi klublar, diskoteka, karaoke, bilyard zallari va kompyuter oʻyinlari markazlari hamda umumiy ovqatlanish obʼyektlari – kafe, oshxona va choyxonalarning ishlashiga soat 8:00 dan 20:00 gacha ruxsat berilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala