SSV aholining aksariyat qatlamini majburiy vaksinatsiya qilish haqida qaror qabul qildi

© Press-slujba xokimiyata Almazarskogo rayona TashkentaV Tashkente nachali vaksinatsiyu v mestax massovogo skopleniya lyudey
V Tashkente nachali vaksinatsiyu v mestax massovogo skopleniya lyudey - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.07.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston bosh sanitariya vrachi 18 yoshdan katta bo‘lgan va aholi bilan muloqotga kiruvchi sohalarda ishlaydigan barchani majburiy emlash to‘g‘risida qonun qabul qildi.
TOShKENT, 17-iyul - Sputnik. Dunyoda va O‘zbekistonda epidemiologik vaziyatni hamda Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyanomalarini hisobga olgan holda, O‘zbekistonda aholining 18 yoshdan katta bo‘lgan aksariyat qatlamini majburiy vaksina qilish haqida qaror qabul qildi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i Bahodir Yusupaliyevning “O‘zbekiston Respublikasi aholisi o‘rtasida koronavirus infeksiyasining tarqalib ketishini oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlarni yanada kuchaytirish to‘g‘risida” qarori qabul qilindi.
Unga asosan:
2021 yil 1-sentabrgacha 18 yoshdan katta bo‘lgan quyidagi toifa yoki guruhdagi aholi qatlami koronavirus infeksiyasiga qarshi 1-doza vaksinalari;
1 oktabrgacha 2-doza vaksinalari;
1 noyabrgacha 3-doza vaksinalari bilan ommaviy emlanishi (salomatligi bo‘yicha qarshi ko‘rsatma bo‘lgan hollar bundan mustasno) shartligi belgilandi.
Ular quyidagilar:
aholi bilan muloqotga kiruvchi barcha turdagi xizmat ko‘rsatish obyektlarining (davlat xizmatlari markazlari, pochta bo‘linmalari, banklar, lizing tashkilotlari, notariuslar, sug‘urta kompaniyalari, go‘zallik salonlari, sartaroshxonalar va boshqalarning) xodimlari;
barcha turdagi savdo obyektlarining (oziq-ovqat, xo‘jalik mollari, kiyim-kechak do‘konlarining, dorixonalarning va boshqalarning) xodimlari;
sport maktablarining hamda sport inshootlarining xodimlari;
madaniy hamda ko‘ngilochar obyektlarning va dam olish maskanlarining xodimlari;
mehmonxonalarning, uy mehmonxonalarining, xostellarning, otellarning, yotoqxonalarning va kempinglarning ishchi-xodimlari;
yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanuvchi davlat va nodavlat tashkilotlarning xodimlari;
davlat va nodavlat ta’lim muassasalarining xodimlari;
harbiy xizmatchilar;
umumiy ovqatlanish korxonalarining, xususan, jamoat joylarida joylashgan tezkor ovqatlanish shoxobchalarining, choyxonalar, to‘yxonalar, kafelar va restoranlarning xodimlari, shu jumladan, mahsulotlarni yetkazib berish bilan shug‘ullanuvchilar;
barcha turdagi davlat va nodavlat tibbiyot va tibbiy-ijtimoiy obyektlarning xodimlari;
kommunal xizmat sohasi xodimlari;
aloqa va telekommunikatsiya obyektlarining xodimlari;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining xodimlari;
huquqni muhofaza qiluvchi organlarining xodimlari.
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi sutka davomida O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 500 kishi, pnevmoniyaga chalinganlar soni 406 kishini tashkil qilgan edi. Vafot etganlar 4 kishini tashkil qilgan.
Yangiliklar lentasi
0