Migratsiya

YEOIIga aʼzolik mehnat migrantlarining muammolarini hal etadimi?

© Nikolay Popov Orgnabor trudovыx migrantov v Fergane dlya rabotы na rossiyskix stroykax
Orgnabor trudovыx migrantov v Fergane dlya rabotы na rossiyskix stroykax - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.07.2021
YEOIIga aʼzolik mehnat migrantlari muammolarini toʻlaqonli hal etish imkonimi?
YEOIIga aʼzolik mehnat migrantlariga qanday imtiyoz va imkoniyatlar berishi haqida Sputnik muxbiri Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi raisi Mavluda Xoʻjayeva bilan suhbatlashdi.
© Zakonodatelnaya palata Oliy Majlisa Respubliki UzbekistanPredsedatel komiteta po trudu i sotsialnыm voprosam Zakonodatelnoy palatы Oliy Majlisa Mavluda Xodjayeva
Predsedatel komiteta po trudu i sotsialnыm voprosam Zakonodatelnoy palatы Oliy Majlisa Mavluda Xodjayeva - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.07.2021
Predsedatel komiteta po trudu i sotsialnыm voprosam Zakonodatelnoy palatы Oliy Majlisa Mavluda Xodjayeva
- Respublikadan xorijiy davlatlarga ishlash uchun chiqib ketgan fuqarolarning asosiy qismi YEOII hududi hissasiga toʻgʻri kelar ekan. Boshqacha aytganda, YEOIIdagi mehnat resurslariga boʻlgan talabning maʼlum qismini Oʻzbekiston qondirmoqda. Oʻzbekistonliklarning haq-huquqlari qanchalik taʼminlanayapti?
- Bu konstitutsiyaviy norma – har kim erkin mehnat qilish, erkin kasb tanlash, xohlagan mamalakatida, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va ishsizlikdan himoyalanish huquqiga ega. Buni hech kim cheklamaydi. Oʻzbekistonda tashqi mehnat migratsiyasi masalalari bir necha qonun va qonunostihujjatlari bilan tartibga solingan. Bundantashqari biz yaqinda “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi qonunni qabul qildik. Unda aynan fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi mehnat faoliyatini tartibga soladigan normalar aks etdi. Bundan tashqari Bandlik va mehnat munsabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi faoliyat olib boradi. Mana shu agentlikda mintaqaviy filiallar ham oʻz ishini boshladi. Bu yerda chet davlatga borib ishlash istagini bildirgan fuqaroning dastlabki tayyorgarligi oʻrganiladi, oʻzga davlatning tili va qonunchiligi oʻrgatiladi, kasb-hunarga oʻqitilib sertifikatlar beriladi. Shundan keyingina ularni mehnat faoliyatiga yoʻnaltirish mumkin.
Denejnыe kupyurы i monetы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.07.2021
Migratsiya
Faqat oʻzbekistonlik migrantlarning pul oʻtkazmalari koʻpaydi
- Chet davlatlarga ish izlab ketayotgan mehnat migrantlari uchun qulayliklar va yetarli sharoitlar yaratib berish, ularni mutaxassislik boʻyicha tayyorlash va sertifikatlar berish yuzasidan chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani maʼlum. Bu sayʼ-harakatlar YEOII hududida qanchalik samara berayapti?
- 2020 yil 8 sentyabrda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, Rossiya xalqlar doʻstligi instituti hamda “World skills Russia” tashkiloti oʻrtasida uch tomonlama hamkorlik memorandumi imzolangan. Ana shu hujjat doirasida Oʻzbekiston fuqarolariga xizmat koʻrsatish boʻyicha hamkorlik shartnomasi ham mavjud. Rossiyaning 7 ta hududidagi kollejlarda mamlakatimiz fuqarolarini kasb-hunarga oʻrgatish va rus tilini oʻqitish amaliyoti joriy etilgan. Bugunga qadar ushbu muassasalarda 534 nafar fuqaro oʻqitilganligi toʻgʻrisida maʼlumotlarimiz bor. Oʻquv jarayonlarini muvaffaqqiyatli tugallagan fuqarolarga men yuqorida aytgan uchta tashkilotning sertifikatlari topshiriladi. Bu sertifikat bilan ular bemalol ishga joylashishlari mumkin boʻladi.
Migrantы na stroyke - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.07.2021
Migratsiya
Rossiyada migrantlarni ishga yollovchilar qattiq nazoratga olinadi
- Maʼlumotlarga koʻra, YEOII davlatlarida 2,3 mln. nafardan ortiq Oʻzbekiston fuqarolari mehnat qilmoqda. Xususan, bu koʻrsatkich Rossiyada 2 millionga yaqin, Qozogʻistonda — 300 ming, Qirgʻizistonda — 25 ming nafarni tashkil etadi. Siz aytayotgan raqamlar bu koʻrsatkichlarga nisbatan juda kam emasmi?
- YEOII hududida ishlayotgan fuqarolarimizning 11 mingga yaqini qonuniy yoʻl bilan, rasmiy munosabatlarni amalga oshirgan holda ishlashga ketgan boʻlsalar, qolgan fuqarolar rasmiy hujjatlarsiz, ish beruvchi bilan hech qanday shartnoma tuzmasdan ishlab yurganliklarining guvohi boʻlishimiz mumkin. Bu albatta, turli ziddiyatli vaziyatlar vujudga kelganda, bizga migrantning haq-huquqlarini himoya qilish imkonini bermaydi.
Vыdacha pervыx patentov v Yedinom migratsionnom tsentre Moskovskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.07.2021
Migratsiya
Patent: “Saxarovo” migratsiya markazi migrantlarga eslatma bilan chiqdi
- Rossiyada mehnat qilayotgan fuqarolarning 30 foizdan ortigʻi ishlash va yashash uchun rasmiy ruxsatnoma (patent) olmagan. Buning asosiy sabablaridan biri patent olish xarajatlari va tartib-tamoyillarning murakkabligidir. Bundan tashqari oʻzbekistonlik migrantlar YEOII davlatlaridan biriga kelganlaridan soʻng 6 oy oʻtgach, soliq toʻlovchilar toifasiga oʻtkaziladilar, yaʼni masalan, Rossiyada ular jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan 13 foiz oʻrniga 30 foiz miqdorida soliq toʻlaydilar. Bunga qoʻshimcha ravishda oylik majburiy sarf-xarajatlar ham bor. Agar biz YEOIIga aʼzo mamlakatlar qatorida boʻlsak, shu kabi masalalar yechim topadimi?
- Oʻzbekiston YEOIIda kuzatuvchi maqomini olishi asnosida albatta, kelajakda ittifoqqa aʼzo boʻlish yoki boʻlmaslik masalasi ham oʻrtaga tashlandi. Prezidentimiz bu masalani parlament oʻrganib chiqsin va bizga xulosalarini taqdim etsin, degan taklifni aytdilar. Biz bunga aniq belgilangan yoʻl xaritasi asosida kirishdik va yakunda ushbu ittifoq doirasida belgilangan qonun-qoidalar, raqobat muhiti, bozor talablarini bosqichma-bosqich oʻrganib, unga tayyorgarlik koʻrib borish kerakligi va shuning uchun hozircha kuzatuvchi maqomida davom etishimiz lozim ekanligini xulosa qilib berdik. Albatta, bu degan soʻz taraqqiyot toʻxtab qoldi, degani emas. Qadam-baqadam izlanishlar, mutaxassislar tomonidan kuzatuvlar asosida vaziyat yetilib boradi, deb oʻylayman. Ammo shuni alohida taʼkidlamoqchimanki, Xalqaro hamkorlik boʻlmagan davlatda rivojlanish boʻlmaydi. Biz kuzatuvchi maqomida davom etar ekanmiz, ushbu ittifoqqa aʼzolik bizga nima berishi mumkin ekanligini tahlil etib boramiz. Bu ittifoqqa aʼzo boʻlish u yerda mehnat qilayotgan fuqarolarimizga bir qator imtiyoz va imkoniyatlar beradi.
Torgovlya Uzbekistana s YEAES - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.04.2021
Infografika
Oʻzbekiston va YEOII: kooperatsion hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar
Birinchi galda ish beruvchilar tomonidan milliy mehnat bozorini himoyalashga qaratilgan kvota tizimi aʼzo davlat fuqarolariga nisbatan qoʻllanilmaydi.
Ikkinchidan, ittifoq hudidida vaqtinchalik mehnat migratsiyasini amalga oshirish uchun ruxsatnoma ham talab qilinmaydi.
Uchinchidan, mehnat migranti va uning oila aʼzolari aʼzo davlat hududiga kirgan kundan boshlab 30 kun ichida vakolatli organlarga roʻyxatdan oʻtishdan ozod qilinishi belgilab qoʻyilgan.
Toʻrtinchidan, mehnat migranti mamalakatga kirib kelgan kundan boshlab 90 kun oʻtgandan soʻng mehnat shartnomasi bekor qilingan taqdirda, yangi mehnat shartnomasini boshqa bir ish beruvchi bilan tuzish huquqiga ega. Aʼzo boʻlmagan davlat fuqarolariga esa bunday huquq berilmaydi.
Beshinchidan, mehnat migranti va oila aʼzolarining vaqtincha boʻlish muhlati mehnat migrantining ish beruvchi bilan tuzgan shartnomasi muddati – 1 yilmi, 5 yilmi, shu muddat bilan belgilanadi.
Oltinchidan, mehnat qonunchiligiga muvofiq, migrantning farzandlari bogʻchada tarbiya olish, maktablarda oʻqish huquqiga ega boʻladi.
Flagi stran YEAES. Arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.07.2021
Siyosat
Rossiya Oʻzbekistonning YEOIIga kuzatuvchi sifatida aʼzo boʻlganidan mamnun - Lavrov
- Oʻzbekiston boshqa mamlakatlarni arzon ishchi kuchi bilan taʼminlovchi davlat emas. Oʻzbekiston yoshlarining katta qismi oliy maʼlumotga ega. Agar respublika YEOIIga aʼzo boʻlib kirsa, ana shunday yoshlarga oʻz mutaxassisliklari boʻyicha ishlash huquqi yaratiladimi?
Pedagogika, farmatsevtika, tibbiyotdan tashqari boshqa sohalardagi diplomlar nastrifikatsiya qilinmasdan tan olinishi belgilangan. Ishchilarning mehnat staji ish bilan taʼminlagan davlat qonunlariga muvofiq tarzda hisobga olib boriladi. Kasaba uyushmalari masalasiga keladigan boʻlsak, ish bilan taʼminlangan migrant oʻsha davlat fuqarolari bilan teng huquqlar asosida aʼzo boʻlishi mumkin. Yana bir narsani aytish mumkin: YEOIIga aʼzo davlatlarda ishchilarning oila aʼzolariga oʻz fuqarolari singari, tibbiy sugʻurta polisidan qatʼi nazar, bepul shoshilinch tibbiy yordam olish huquqi beriladi. Boshqa hollarda tibbiy sugʻurta polisi ish beruvchi tomonidan yoki mustaqil ravishda xodim tomonidan rasmiylashtirilishi kerak. Oʻzimiz xizmat safarlariga borganimizda, 10 kun muddat uchun ham bemalol xavotirsiz yurish uchun albatta tibbiy sugʻurta polisini rasmiylashtirib, keyin safarga otlanamiz. Aʼzo davlat fuqarolari bunday ovoragarchiliklar, ortiqcha xarajatlardan holi boʻladi.
Rukovoditel napravleniya Tsentra integratsionnыx issledovaniy YEABR Taras Tsukarev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.07.2021
Kolumnistlar
Oʻzbekistonning YEOIIga qoʻshilishi uning barcha aʼzolari uchun foydali - ekspert
- Yana bir masala borki, mehnatga haq toʻlash bilan birga, bu haq asosida nafaqa tayinlash. Bu masala qay tartibda hal etiladi?
- Aʼzo davlatlar oʻrtasida alohida xalqaro shartnomalar mavjud, pensiya taʼminoti ana shu shartnomalarga muvofiq tartibga solinadi.
- Demak, ittifoqqa aʼzo boʻlishning oʻzi bilangina bu masalalarning hammasi birdaniga hal etilmaydi, shundaymi?
- Xalqaro Migratsiya tashkilotining maʼlumotiga koʻra butun dunyoda 271 mln migrant mavjud. Ularning 3 dan 2 qismi mehnat migrantlari hisoblanadi. 1990-yilda qabul qilingan “Barcha mehnat migrantlari va ularning oila aʼzolarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi xalqaro konventsiya, xalqaro Mehnat tashkilotining xususiy bandlik agentliklari toʻgrisidagi 181-konventsiyasi kabi muhim hujjatlar bor. Ular bizda hali ratifikatsiya qilingani yoʻq... Chunki Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga aʼzo boʻlib kirish shartlaridan biri ham mana shu xalqaro konventsiyani ratifikatsiya qilishdir. Buni hamma davlat ham qilgani yoʻq. Chunki ushbu xalqaro konventsiyaning talablari yuqori. Albatta, bu birdan amalga oshmaydi. Bunga qadam-baqadam boriladi.
Flagi stran-uchastnits YEAES i gosudarstv-nablyudateley pri soyuze - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.05.2021
Siyosat
Mirziyoyev YEOIIga aʼzo-davlatlar oʻrtasida doimiy aviaqatnovlarni tiklashni taklif qildi
Shu oʻrinda taʼkidlab oʻtish lozimki, Oʻzbekistonning Rossiya bilan hamkorlik aloqalari tobora mustahkamlanib, hamkorlik yoʻnalishlari kengayib bormoqda.
Albatta, misol sifatida aytib oʻtmoqchiman: Moskva shahrida koʻp tarmoqli migratsiya markazi bor. Yaqinda Toshkent shahridagi “Ishga marhamat!” monomarkazimizda uning filiali ochildi. Endi Rossiyada ishlash istagida boʻlgan fuqarolarimiz mana shu markazda birlamchi hujjatlarni tayyorlab, tezlashtirilgan muddatlarda patent olish imkoniyatiga ega boʻldilar.
Bugungi shiddatli globallashuv sharoitida jahon mamlakatlari oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlar ham jadallashmoqda. Albatta Oʻzbekistonning ham bu munosabatlarda faolligi yanada oshib bormoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala