Jamiyat

Mirziyoyev nasos stantsiyalarini modernizatsiya qilish boʻyicha topshiriqlar berdi

Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.07.2021
Shavkat Mirziyoyev nasos stantsiyalarini modernizatsiya qilish orqali qishloq xoʻjaligi infratuzilmasini yaxshilash masalalari yuzasidan yigʻilish oʻtkazdi.
TOSHKENT, 19 iyul — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev nasos stantsiyalarini modernizatsiya qilish orqali qishloq xoʻjaligi infratuzilmasini yaxshilash masalalari yuzasidan yigʻilish oʻtkazdi.
Respublikada 1 ming 687 ta nasos stantsiyasi bor. Shundan 299 tasi eskirgan boʻlib, ular bilan sugʻoriladigan yerlarning 80 ming gektari foydalanishdan chiqib ketgan, 607 ming gektarida suv taʼminoti yomonlashgan. Ushbu nasos stantsiyalarini yangilashga jami 700 million yevro mablagʻ talab etiladi.
146 million yevro xorijiy kredit evaziga birinchi navbatda Surxondaryo, Qashqadaryo, Samarqand, Navoiy va Buxoro viloyatlaridagi jami 95 ta nasos stantsiyasini modernizatsiya qilish rejalashtirilgan.
Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.07.2021
Siyosat
Mirziyoyev Markaziy va Janubiy Osiyo forumini har yil oʻtkazishni taklif qildi
Yigʻilishda shu borada bajariladigan ishlar belgilandi.
Suv xoʻjaligi vazirligiga yil yakuniga qadar uskunalar xaridi boʻyicha tenderlarni yakunlab, qurilishni boshlash yuzasidan topshiriq berildi.
Modernizatsiya uchun zarur boʻlgan 86 turdagi nasosdan 15 tasi, 80 turdagi elektr dvigatelidan 20 tasi mamlakat korxonalarida ishlab chiqarilmoqda. Davlat rahbari uskunalar xarid qilishda bundan keng foydalanish zarurligini taʼkidladi.
Loyiha doirasida 40 ming gektar yerni foydalanishga qaytarish va 315 ming gektarda suv taʼminotini yaxshilash maqsad qilingan. Xususan, Buxoro va Navoiy viloyatlarida 3 tadan tumanda, Qashqadaryoda 5 ta, Samarqandda 6 ta va Surxondaryo viloyatida 11 ta, jami 28 ta tumanda sugʻorish imkoniyati oshadi.
Bosh vazir oʻrinbosari va viloyat hokimlariga suv taʼminoti yaxshilanadigan maydonlarda yuqori daromadli mahsulotlar ekish va shu asosda 80 ming nafar aholining doimiy bandligini taʼminlash boʻyicha dastur qabul qilish vazifasi qoʻyildi.
Toktogulskaya GES v Kыrgыstane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.06.2021
Jamiyat
Qirgʻiziston elektr energiya ishlab chiqarish uchun Oʻzbekistonga suv yetkazib bermoqda - video
Prezident loyiha bilan qamrab olinadigan yerlarda suv tejovchi texnologiyalarni joriy etib, suv sarfini 40 foizga qisqartirish va qoʻshimcha 20 ming gektar yerni foydalanishga kiritish mumkinligini taʼkidladi.
Nasos stantsiyalariga texnik xizmat koʻrsatuvchi mutaxassislarning malakasini oshirish, oʻquv kurslari va amaliy seminarlar tashkil etish zarurligi qayd etildi.
Qashqadaryo viloyati Gʻuzor tumanidagi yaqinda yangilangan “Doʻstlik” nasos stantsiyasi bu borada yaxshi namuna boʻladi. Uning modernizatsiya qilinishi natijasida 11 ming gektar yerning suv taʼminoti yaxshilangan, ekspluatatsiya xarajatlari 300 million soʻmdan 100 million soʻmgacha kamaygan, yiliga 8 million kilovatt elektr iqtisod qilinmoqda.
Mutasaddilarga loyiha ustidan tizimli nazorat oʻrnatish, mablagʻlarning natijadorligini taʼminlash boʻyicha topshiriqlar berildi. Yangilanadigan har bir nasos stantsiyasini klasterlarga bogʻlab, loyihalarning boshidan oxirigacha ularning ishtirokini taʼminlash muhimligi taʼkidlandi.
Yigʻilishda mutasaddi vazirlar va viloyat hokimlari bajariladigan ishlar hamda erishiladigan natijalar yuzasidan axborot berdi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala