Murod Xonto‘rayev halok bo‘lgan YTH yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berildi

© Press-slujba UVD Tashkentskoy oblastiAvtomobil, v kotorom naxodilsya boyes MMA Murod Xanturayev
Avtomobil, v kotorom naxodilsya boyes MMA Murod Xanturayev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.07.2021
Obuna bo‘lish
IIV YHXBB axborot xizmati yo‘l-transport hodisasiga oid qo‘shimcha ma’lumot berdi.
TOShKENT, 19-iyul — Sputnik. IIV YHXBB axborot xizmati yo‘l-transport hodisasiga oid qo‘shimcha ma’lumot berdi.
Boyes MMA Murod Xanturayev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.07.2021
O‘zbekistonlik mashhur MMA yulduzi Murod Xonto‘rayev avtohalokatda halok bo‘ldi
19 iyul kuni soat 11:30 larda, Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani hududidan o‘tuvchi 4R-12 avtomobil yo‘lining 68-kilometrida bir yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan "Lacetti" hamda "BMW X5" rusumli avtomobillar ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan. To‘qnashuv oqibatida "BMW X5" rusumli avtomobil yo‘ldan chiqib ketib ag‘darilgan.

Natijada, "BMW X5" rusumli avtomobil haydovchisi, 1987-yilda tug‘ilgan M.X. voqea joyida vafot etgan va ushbu avtomobil yo‘lovchisi tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.

YTH yuzasidan Bo‘stonliq tumani IIB huzuridagi TB tomonidan dastlabki surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0