Sport

Oʻzbekiston Olimpiya jamoasi vakili yaponiyalik qizga jinsiy tajovuz qilganmi? MOQ munosabati

© Sputnik / Yuki Ivamura / Fotobankka oʻtishGoroda mira. Tokio
Goroda mira. Tokio - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.07.2021
Oʻzbekiston Olimpiya jamoasi vakilining yaponiyalik qizga jinsiy tajovuz qilgani haqida ayrim xorijiy nashrlarda chop etildi.
TOSHKENT, 19 iyul — Sputnik. Ayrim xorijiy nashrlar Tokioda boʻlib turgan Oʻzbekiston Olimpiya jamoasi vakilining yaponiyalik qizga jinsiy tajovuz qilgani haqida maqola chop etdi. Bu esa bir qator oʻzbek OAV va blogerlari orasida muhokamaga sabab boʻlmoqda.
Oʻzbekiston MOQ xabarga munosabat bildirdi.
“Boʻlib oʻtgan voqelikka Oʻzbekiston Olimpiya jamoasining hech qanday aloqasi yoʻq. “Japantimes.co.jp” nashri bergan maʼlumotga koʻra, voqea Tokio shahrida boʻlib turgan Oʻzbekiston fuqarosi D.R. bilan sodir boʻlgan. “Kyodo news” esa D.R. va u qizning birgalikda Tokiodagi “Olimpiya” stadionida volontyor boʻlib ishlagani haqida yozmoqda.
Zdaniye Natsionalnogo Olimpiyskogo komiteta - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.07.2021
Oʻzbekiston Tokio Olimpiya oʻyinlarida
Tokio Olimpiadasi ochilish marosimida Oʻzbekiston bayroqdorlarining ismi aniq boʻldi
Hozir MOQ Tezkor shtabining 5 nafar vakili Tokiodagi Olimpiya shaharchasida boʻlib turibdi. Ularning vazifasi asosiy delegatsiya kelguniga qadar tashkiliy masalalarni hal etib turishdir. Tashkiliy qoʻmitaning talablariga koʻra, Olimpiya shaharchasidagi shaxslarning hududdan chiqib ketishi mumkin emas va u joy kuchli nazorat ostida.
Shunday ekan, yuqoridagi voqelikka Oʻzbekiston Olimpiya delegatsiyasining hech qanday aloqasi yoʻq. Shu oʻrinda yurtimizning barcha OAV, bloger va jurnalistlaridan bu kabi asossiz maqolalarga ishonmasliklarini soʻrab qolamiz”, - deyilgan xabarda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala