Hodisalar

Oʻzbekistonlik mashhur MMA yulduzi Murod Xontoʻrayev avtohalokatda halok boʻldi

© Instagram / khanturaev_teamBoyets MMA Murod Xanturayev
Boyets MMA Murod Xanturayev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.07.2021
Oʻzbekistonlik mashhur MMA yulduzi Murod Xontoʻrayev, deb xabar qildi mahalliy OAVlar.
TOSHKENT, 19 iyul — Sputnik. Bugun oʻzbekistonlik mashhur MMA yulduzi Murod Xontoʻrayev YTH oqibatida halok boʻldi.

Toshkent viloyati IIBB matbuot xizmati xabariga koʻra, Oʻzbekiston MMA assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Murod Xontoʻrayev avtohalokatga uchrab, vafot etdi.

Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani Chorvoq yoʻlida “BMW” rusumli avtomobil boshqaruvni yoʻqotish natijasida YTHga uchragan.
© Press-slujba UVD Tashkentskoy oblastiAvtomobil, v kotorom naxodilsya boyets MMA Murod Xanturayev
Avtomobil, v kotorom naxodilsya boyets MMA Murod Xanturayev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.07.2021
Avtomobil, v kotorom naxodilsya boyets MMA Murod Xanturayev
“Osiyo Ayigʻi” nomi bilan mashhur boʻlgan Murod Xontoʻrayev 1987 yil 4 iyulda Toshkent shahrida tugʻilgan. Aralash yakkakurash sportidagi karyerasini 2013 yilda boshlagandi.
2017 yilga qadar Xontoʻrayev 13 ta jang oʻtkazib, ulardan 11 tasini gʻalaba (undan 8 tasi nokaut) va 2 tasini magʻlubiyat bilan yakunlagandi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala