O‘zbekistonlik mashhur MMA yulduzi Murod Xonto‘rayev avtohalokatda halok bo‘ldi

© Instagram / khanturaev_teamBoyes MMA Murod Xanturayev
Boyes MMA Murod Xanturayev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.07.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik mashhur MMA yulduzi Murod Xonto‘rayev, deb xabar qildi mahalliy OAVlar.
TOShKENT, 19-iyul — Sputnik. Bugun o‘zbekistonlik mashhur MMA yulduzi Murod Xonto‘rayev YTH oqibatida halok bo‘ldi.

Toshkent viloyati IIBB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Murod Xonto‘rayev avtohalokatga uchrab, vafot etdi.

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani Chorvoq yo‘lida “BMW” rusumli avtomobil boshqaruvni yo‘qotish natijasida YTHga uchragan.
© Press-slujba UVD Tashkentskoy oblastiAvtomobil, v kotorom naxodilsya boyes MMA Murod Xanturayev
Avtomobil, v kotorom naxodilsya boyes MMA Murod Xanturayev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.07.2021
Avtomobil, v kotorom naxodilsya boyes MMA Murod Xanturayev
“Osiyo Ayig‘i” nomi bilan mashhur bo‘lgan Murod Xonto‘rayev 1987-yil 4-iyulda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Aralash yakkakurash sportidagi karyerasini 2013-yilda boshlagandi.
2017 yilga qadar Xonto‘rayev 13 ta jang o‘tkazib, ulardan 11 tasini g‘alaba (undan 8 tasi nokaut) va 2 tasini mag‘lubiyat bilan yakunlagandi.
Yangiliklar lentasi
0