Qashqadaryoda 60 yashar er shar’iy nikohdagi to‘rtinchi xotinini pichoqlab o‘ldirdi

© GUVD g. TashkentaAvtomobil pravooxranitelnix organov Uzbekistana na meste DTP
Avtomobil pravooxranitelnix organov Uzbekistana na meste DTP - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.07.2021
Obuna bo‘lish
Erkak turmush o‘rtog‘i ishlaydigan shifoxonaga emlanish bahonasida kelib, hamshiralar erkakning shaxsiy kasallik kartasini qidirguncha, u bino ichiga kirib ketgan.
TOShKENT, 19-iyul - Sputnik. Qashqadaryo viloyati Koson tumanida 60 yoshli erkak emlanish bahonasida shifoxonaga kelib, o‘zining shar’iy nikohdagi to‘rtinchi xotinini pichoqlab o‘ldirdi. Bu haqda Qashqadaryo IIB axborot-xizmati xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, hodisa 10-iyul kuni ro‘y bergan.
Erkak turmush o‘rtog‘i ishlaydigan shifoxonaga emlanish bahonasida kelib, hamshiralar erkakning shaxsiy kasallik kartasini qidirguncha, u bino ichiga kirib ketgan.
Kasalxona xodimlari intervyuda erkak o‘zi bilan sovuq qurol olib kelganini hatto xayollariga keltirishmaganini tan olishadi.
Naruchniki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.04.2021
Samarqandda erkak farzandini ko‘rsatmagan qaynonasini o‘roq bilan o‘ldirdi
Ichkariga kirgan er to‘g‘ri ayoli ishlab o‘tirgan xonaga borgan va ko‘p o‘tmay u xonadan to‘polon ovozlari eshitilgan. Ayol eridan duch kelgan xonaga qarab qochgan, biroq erkak uning ortidan quvlab borib, yonidagi pichoq bilan ayolga tan jarohatlari yetkazib, uning umriga zomin bo‘lgan.
Hamshiralar ayol bir necha marta eridan shikoyat qilganini eslashadi.
Ma’lum bo‘lishicha, erkak bunga qadar uch marta uylangan va marhuma uning shar’iy nikohdagi to‘rtinchi xotini bo‘lgan. Erkak ko‘pincha ichib, oilada janjal ko‘tarib kelgan.
Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi ochilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0