Kabul, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
AQSH qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqib ketishini eʼlon qilgach, toliblar mamlakatning deyarli barcha hududlari oʻz xatti-harakatlarini faollashtirdi. Ular kundan-kunga yangi tumanlarni oʻz nazoratiga ostiga olmoqda. Vaziyat Afgʻonistonning Oʻzbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida keskinlashgan.

Rossiya, Oʻzbekiston va Tojikiston afgʻon chegarasi yaqinida harbiy mashq oʻtkazadi

© Sputnik / Alexey Kudenko / Fotobankka oʻtishVoyennoslujaщiye vo vremya sovmestnыx antiterroristicheskix ucheniy kollektivnыx sil bыstrogo reagirovaniya gosudarstv-chlenov ODKB na poligone "Xalkayer" v Tadjikistane
Voyennoslujaщiye vo vremya sovmestnыx antiterroristicheskix ucheniy kollektivnыx sil bыstrogo reagirovaniya gosudarstv-chlenov ODKB na poligone Xalkayer v Tadjikistane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.07.2021
Xatlon viloyatidagi poligonda avgust oyida Rossiya, Oʻzbekiston va Tojikiston qoʻshma harbiy mashgʻulotlari boʻlib oʻtadi.
TOSHKENT, 19 iyul — Sputnik. Avgust oyida Afgʻoniston bilan chegara yaqinidagi Tojikistonning Xatlon viloyati poligonida Rossiya, Oʻzbekiston va Tojikiston qoʻshma harbiy mashgʻulotlari boʻlib oʻtadi.
Harbiylar afgʻon chegarasi yaqinida jangarilarni yoʻq qilish mashqlarini oʻtkazadilar.
Strelki-zenitchiki vo vremya vtorogo etapa Vsearmeyskogo konkursa po polevoy vыuchke sredi podrazdeleniy protivovozdushnoy oboronы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.07.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Rossiya, Oʻzbekiston, Tojikiston va Qirgʻiziston afgʻon chegarasida harbiy mashgʻulotlar oʻtkazadi
Oʻtgan haftada Afgʻoniston chegarasi yaqinida Rossiya, Tojikiston, Oʻzbekiston va Qirgʻiziston harbiylari ishtirokida qoʻshma harbiy mashgʻulotlar oʻtkazilishi haqida xabar berilgandi.
Mashgʻulotlarda Qirgʻizistondagi Rossiya bazalarining havo guruhlari, shuningdek, Tojikistonda joylashgan 201-harbiy baza tarkibidagi S-300 havo hujumidan mudofaa tizimlari jalb qilinadi.
Avgust-sentyabr oylarida keng koʻlamli manevrlar rejalashtirilgan, keyin esa qoʻshinlar “Tinchlik missiyasi 2021” qoʻshma manevrlarida qatnashadilar. Avgustda Surxondaryo viloyatida harbiy mashqlar boshlanadi. Shundan soʻng askarlar Afgʻoniston bilan chegarada joylashgan Termiz poligoniga koʻchib oʻtadi.
Sentyabrda mashgʻulotlar Qirgʻizistondagi “Edelveys” oʻquv markazida boʻlib oʻtadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala