Jamiyat

Sentyabrga qadar kimlar majburiy emlanadi - Nurmat Otabekov javobi

© Vitaliy BelousovMigrantы v punkte vaktsinatsii ot COVID-19 rossiyskim preparatom "Sputnik Layt" na territorii TTS "Sadovod" v Moskve
Migrantы v punkte vaktsinatsii ot COVID-19 rossiyskim preparatom Sputnik Layt na territorii TTS Sadovod v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.07.2021
Otabekov 1 sentyabrga qadar kimlar emlanishi va nega aynan mana shu aholi qatlami vaktsina olishi shart etib belgilangani haqida toʻxtalib oʻtdi.
TOSHKENT, 19 iyul - Sputnik. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbari oʻrinbosari Nurmat Otabekov "Oʻzbekiston 24" telekanali orqali uzatilgan toʻgʻridan-toʻgʻri efirda savollarga javob berdi.
Otabekov 1 sentyabrga qadar kimlar emlanishi va nega aynan mana shu aholi qatlami vaktsina olishi shart etib belgilangani haqida toʻxtalib oʻtdi.
Myunxenskaya konferentsiya po bezopasnosti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.07.2021
Dunyoda
Koronavirus bilan bogʻliq vaziyat vaktsina yetishmovchiligi tufayli yomonlashmoqda – BSST
Otabekovga koʻra, sentyabr boshiga qadar aholi bilan muloqotga kiruvchi barcha turdagi xizmat koʻrsatish obʼyektlari xodimlari: davlat xizmatlari markazlari, pochta boʻlinmalari, banklar, lizing tashkilotlari, notariuslar, sugʻurta kompaniyalari, goʻzallik salonlari, sartaroshxonalar va boshqa obʼyektlar xodimlari emlanadi.
Bundan tashqari barcha turdagi savdo obʼyektlari xodimlari ham emlanishi shart.
Sport maktablari va sport inshootlari xodimlari ham aynan mana shu guruhga kiritilgan.
Madaniy va xizmat koʻrsatish obʼyektlari xodimlari, mehmonxonalar, otellar, yotoqxonalar, xostellar, kempinglar xodimlari ham emlanishi nazarda tutilgan.
Aholiga xizmat koʻrsatish barobarida koʻp muloqotga kirishi mumkin boʻlgan yoʻlovchi tashish bilan shugʻullanadigan davlat va nodavlat tashkilotlari xodimlari, davlat va nodavlat taʼlim muassasalari xodimlari harbiy xizmatchilar, ummiy ovqatlanish korxonalari, toʻyxonalar, kafelar va barlarda xizmat koʻrsatadigan xodimlar, davlat va nodavlat tibbiyot muassasalari xodimlari, komunnal xizmat, aloqa va telekommunikatsiya, davlat boshqaruvi hokimiyat organlari, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari emlanishi nazarda tutilgan.
"Koronavirus kasalligini asosiy yuqish yoʻli - bu muloqot yoʻli hamda havo-tomchi yoʻli orqalidir. Demak, ushbu kasallikni yuqtirib qoʻyish yaʼni, boshqalarga kasallikni yuqtirish ehtimolidan kelib chiqib, aynan mana shu aholi qatlamlari xavf osti guruhiga mansub deb belgilangan", - deya izoh berib oʻtdi Otabekov.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala