Kabul, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
AQSH qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqib ketishini eʼlon qilgach, toliblar mamlakatning deyarli barcha hududlari oʻz xatti-harakatlarini faollashtirdi. Ular kundan-kunga yangi tumanlarni oʻz nazoratiga ostiga oldi. Vaziyat Afgʻonistonning Oʻzbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida keskinlashdi.

Toliblar Afgʻonistonda uzoq muddatli sulhni eʼlon qilishdan bosh tortmoqda

© AP Photo / Rahmat GulVoorujennыe lyudi v Afganistane
Voorujennыe lyudi v Afganistane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.07.2021
Toliblar ilgariroq ilgari surgan talablardan chekinishni mutlaqo rejalashtirmagan
TOSHKENT, 19 iyul — Sputnik. Toliblar Afgʻoniston hukumati bilan muzokaralarda yangi shartlar asnosida uzoq muddatli sulhga rozi boʻlmaydi.
Bu haqda RIA Novosti muxbiriga "Tolibon"* harakati boshqarmasi huzurida Afgʻoniston bosh prokurori Jaloluddin Shinvariy maʼlum qilgan.
Toliblar qoʻyayotgan shartlarga koʻra, 7 ming nafar mahbuslar ozod etilib, BMT sanktsiya roʻyxatidan rahbarlarning ismlari oʻchirilgan taqdirdagina, uzoq muddatli sulhni amalga oshirish mumkin.
Voorujennыe lyudi v Afganistane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.07.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Afgʻon harbiylari va “Tolibon”* oʻrtasida jang aks etgan video paydo boʻldi
"Shu yaqin kunlarda Afgʻonistonning tinchlik masalalari boʻyicha vazir oʻrinbosari 7 ming nafar mahbus toliblarni ozodlikka chiqarish imkoniyati yoʻqligi haqida maʼlum qildi. Agar bu ish amalga oshirilmasa, vaqtinchalik oʻt ochishni toʻxtatish joriy etilishiga shubham bor", - degan Shinvariy.
Toliblar bosh prokurori shu bilan bir vaqtning oʻzida Doxadagi afgʻonlararo muzokaralarni ijobiy baholadi. U muloqot ijobiy natija berishiga umid qilib qolishini qoʻshimcha qildi.
* RFda taʼqiqlangan terroristik uyushma.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala