Usmonxon Alimovning sog‘lig‘i bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi

© muslim.uzUsmanxan Alimov - predsedatel upravleniya musulman Uzbekistana
Usmanxan Alimov - predsedatel upravleniya musulman Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.07.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston musulmonlari idorasi muftiy Usmonxon Alimovning sog‘lig‘i bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi.
TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. O‘zbekiston musulmonlari idorasi muftiy Usmonxon Alimovning sog‘lig‘i bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi.
“Shu kunlarda Internet va ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlarining salomatliklari to‘g‘risida turli asossiz va haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan xabarlar tarqatilayotgani kuzatilmoqda.
Usmonxon Alimov vo vremya vizita v SShA - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.10.2020
Usmonxon Alimov navbatdagi bor dunyoning eng obro‘li musulmonlari ro‘yxatiga kiritildi
Ma’lum qilamizki, muftiy Usmonxon Alimov hazratlarining salomatliklarini yaxshilash uchun navbatdagi davolanish muolajalari amalga oshirilmoqda. Malakali tibbiyot mutaxassislari va shifokorlar tomonidan hazratning sog‘liqlari muntazam kuzatib borilmoqda hamda davolanish bosqichlari o‘tkazilmoqda. Alloh taologa shukrki, ayni paytda muftiy hazratlarining sihatlari barqarordir.
Odamlar orasida har xil asossiz va voqelikka to‘g‘ri kelmaydigan yolg‘on xabarlarni tarqatish muborak Islom dinimizda gunoh sanalishi, qonunchilikda esa javobgarlikka sabab bo‘lishini yana bir bor eslatamiz”, - deyilgan xabarda.
Yangiliklar lentasi
0