Migratsiya

Yil boshidan qancha oʻzbekistonlik ishlash uchun Rossiyaga ketdi?

Stroitelnыe kaski - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.07.2021
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi qancha fuqaro ishlash uchun chet elga ketganini maʼlum qildi.
TOSHKENT, 19 iyul — Sputnik. 2021 yil boshidan buyon 22 mingdan ortiq oʻzbekistonlik tashkillashtirilgan tanlov asosida ishlash uchun Rossiyaga ketdi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar berdi.
"Yanvar-iyun oylarida pandemiya sharoitida ish beruvchilar bilan oʻtkazilgan muzokaralar natijasida 22116 nafar Oʻzbekiston fuqarosi tashkillashtirilgan tanlov asosida Rossiya Federatsiyasiga joʻnatildi", - deyilgan xabarda.
Shuningdek, Qozogʻistonda (3 354), Janubiy Koreyada (826), Turkiyada (1 123) va boshqa davlatlarda (1574) fuqaro ish bilan taʼminlandi.
Soʻnggi olti oy ichida jami 28993 nafar oʻzbekistonlik shartnomalar asosida chet elga ishlash uchun ketgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala