Erdog‘an Turkiya Qobul aeroportini boshqarishga tayyorligini e’lon qildi

© AFP / ADEM ALTANPrezident Tursii Redjep Tayip Erdogan
Prezident Tursii Redjep Tayip Erdogan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.07.2021
Obuna bo‘lish
Toyib Erdog‘anning so‘zlariga ko‘ra, agar Turkiya AQSh bilan shartlar borasida kelisha olsa, rasmiy Anqara Qobul aeroportini boshqarishga tayyorligi haqida bayonot berdi
TOShKENT, 20-iyul – Sputnik. Tursiya AQSh bilan shartlar borasida kelisha olsa, Qobul aeroporti boshqaruvini o‘z zimmasiga olishga tayyor, deb bayonot qildi turk yetakchisi Toyib Erdog‘an. RIA Novosti xabari asosida.
Sal avval Turkiya mudofaa vazirligi rahbari Xulusi Akar AQSh qo‘shinlari Afg‘onistondan chiqarilgach, rasmiy Anqara Qobul aeroporti qo‘rig‘ini ta’minlashni taklif etgani haqida xabar bergan edi. Ammo buni uchun avval Turkiya ilgari surgan qator talablar bajarilishi lozim.
Sal keyin Akar bu borada yakuniy qaror qabul qilinmagani, AQSh va Afg‘oniston bilan muzokaralar olib borilayotgani haqida xabar bergan.
Kabul - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.06.2021
Turkiya Qobul aeroporti xavfsizligini ta’minlaydi
Shu bilan birga, hukumat xavfsizlik va mudofaa kuchlari vakili general Ajmal Shinvari Afg‘onistondan xorijiy qo‘shinlar chiqarilgach, Qobul aeroporti uchun afg‘on kuchlari javobgar bo‘lishini va chet elliklar faqat texnik ishlarni bajarishini aytgan edi.
Bunga qadar "Tolibon"* harakati turk harbiylarining Afg‘oniston hududida joylashtirilishiga qarshi ekanligi haqida bayonot bilan chiqqan edi. Toliblarga ko‘ra, bu mamlakat suverenitetiga raxna soladi.
Toliblar bayonotiga ko‘ra, Anqaraning ushbu qarori Turkiya va Afg‘oniston xalqlari o‘rtasida muammolarni keltirib chiqaradi, shu bois harakat a’zolari agar turk harbiylari Afg‘onistonda qoladigan bo‘lsa, toliblar ularga qarshilik ko‘rsatishini va buning oqibati "ichki ishlarga aralashadiganlar" zimmasiga tushishi haqida ogohlantirdi.
Voorujennie lyudi v Afganistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.07.2021
Toliblar Turkiyaga "so‘nggi afg‘oncha ogohlantirish" e’lon qildi: buyog‘i nima bo‘ladi?
"Hozirda Afg‘onistonda yangi davr kechmoqda - u yerda uchta o‘yinchi bor: NATO, Amerika va Turkiya. Amerika Qo‘shma Shtatlari ketishga qaror qildi va biz shundoq ham 20-yildan beri boshqarib kelayotgan aeroportni boshqarishimizni istadi. Biz bu vaziyatga ijobiy qaraymiz, ammo shu bilan birga shartlarimiz ham bor", - dedi Erdog‘an o‘zini Shimoliy Kipr respublikasiga tashrifi chog‘ida.
Erdog‘an so‘ngra ushbu shartlarni sanab o‘tgan.
"Birinchidan: AQSh diplomatik muzokaralarda biz tomonda bo‘ladi. Ikkinchidan: logistika imkoniyatlari bo‘yicha ular bizlar uchun safarbar bo‘ladi. U yerda mavjud resurslar Turkiyaga berilishi lozim. Bundan tashqari, moliyaviy va ma’muriy muammolar mavjud. AQSh bu masalalarda ham Turkiyani qo‘llab-quvvatlamog‘i kerak. Agar ilgari surayotgan shartlarimizga amal qilinsa, biz Qobuldagi aeroport boshqaruvini o‘z zimmamizga olish to‘g‘risida o‘ylab ko‘ramiz", - deb ta’kidlagan Turkiya prezidenti.
Voorujennie lyudi v Afganistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.07.2021
Afg‘oniston. Hatto urush ham jaholat bilan olib borilmasligi kerak
Iyun oyida AQSh prezidentining Milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan AQSh Afg‘onistonni tark etganidan keyin Turkiya Qobul aeroporti xavfsizligini ta’minlashni rejalashtirayotganini ma’lum qilgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ikki mamlakat prezidentlari Jo Bayden va Toyib Erdog‘an aynan shu haqda muloqot qilishgan. Rossiya Federatsiyasining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zamir Kabulov Turkiyaning tegishli rejalari toliblar bilan bo‘lgan kelishuvlarni buzayotganini ma’lum qildi.
AQSh ma’muriyati ittifoqdoshlar bilan to‘liq muvofiqlashgan holda Afg‘onistondan qo‘shinlarni 1-may sanasidan boshlab chiqara boshladi va bu jarayonni 11-sentabrga qadar yakuniga yetkazishga va’da bermoqda.
* Rossiya Federatsiyasi hududida ta’qiqlangan terroristik tashkilot.
Yangiliklar lentasi
0