Dunyoda

Isroil “Pfizer” vaktsinasining delta-shtammga qarshi samarasiz ekanini maʼlum qildi

© AP Photo / Francois MoriFlakon s vaktsinoy Pfizer/BioNTech
Flakon s vaktsinoy Pfizer/BioNTech - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.07.2021
Aksariyat aholisi “Pfizer” bilan emlangan Britaniya va AQShda ham xuddi shunday vaziyat kuzatilmoqda - u yerda kuniga 50 ming kishi kasallikka chalinmoqda.
TOSHKENT, 20 iyul – Sputnik. Isroil Sogʻliqni saqlash vazirligi “BioNTech” va “Pfizer” kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan vaktsina koronavirusning “Delta” (hind) shtammiga qarshi samarasiz ekanini aniqladi.
Oʻtgan oy statistik maʼlumotlariga koʻra, “Pfizer” vaktsinasining 2ta dozasi bilan toʻliq vaktsinalargan kishlar koronavirusning delta shtammidan himoyalanish darajasi 64%ni tashkil qilgan.
Isroil bosh vaziri Naftali Bennett mamlakatla kasallanganlar soni oshishini “Pfizer” vaktsinasining “Delta” (hind) shtammiga qarshi kuchsizligi bilan bogʻladi. Oʻz bayonotida Bennett xuddi shunday vaziyat aksariyat aholisi “Pfizer” bilan emlangan Britaniya va AQShda ham kuzatilayotganini taʼkidlab oʻtdi. Ushbu mamlakatlarda kunida 50 ming kishi kasallikka chalinmoqda.
Ayni damda ushbu maʼlumotlarni “BioNTech” kompaniyasi ham tasdiqlagan. Kompaniya xabarida aytilishiga koʻra, vaktsinaning 2-dozasi olinganidan 6 oy oʻtib “delta” shtamiiga qarshi samaradorligi susayishi kuzatilgan. Ayni damda “BioNTech” oʻz vaktsinasining 3-dozasini ishlab chiqarish ustida ishlamoqda. Uning tarkibida delta-shtammga qarshi himoya ham boʻladi, deyilgan kompaniya xabarida.
Eslatib oʻtamiz, Isroil dunyoda birinchilardan boʻlib oʻz aholisining katta qismini koronavirusga qarshi emlashga ulgurgan edi. 18 iyul kunida Isroilda aholining 66 % vaktsinaning birinchi komponentini 60,4 % - ikkala komponentini ham olishga ulgurgan. Isroilda aholi asosan Pfizer va AstraZeneca vaktsinalari bilan emlangan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala