Kabul, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
AQSH qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqib ketishini eʼlon qilgach, toliblar mamlakatning deyarli barcha hududlari oʻz xatti-harakatlarini faollashtirdi. Ular kundan-kunga yangi tumanlarni oʻz nazoratiga ostiga olmoqda. Vaziyat Afgʻonistonning Oʻzbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida keskinlashgan.

Jirinovskiy: Rossiya vatandoshlarga Markaziy Osiyodan ketishga yordamlashishi kerak

© Press-slujba Gosdumы RF / Fotobankka oʻtishRukovoditel fraktsii "Liberalno-demokraticheskaya partiya Rossii" (LDPR) v Gosudarstvennoy Dume RF Vladimir Jirinovskiy
Rukovoditel fraktsii Liberalno-demokraticheskaya partiya Rossii (LDPR) v Gosudarstvennoy Dume RF Vladimir Jirinovskiy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.07.2021
Siyosatchi vatandoshlarning Markaziy Osiyo mamlakatlaridan evakuatsiya qilinishi zarurati sababi sifatida Afgʻonistondagi vaziyatning keskinlashuvini keltirib oʻtdi
TOSHKENT, 20 iyul — Sputnik. LDPR fraktsiyasi rahbari, deputat Vladimir Jirinovskiy Markaziy Osiyo mamlakatlarida istiqomat qiluvchi rossiyaliklarga eʼtibor qaratishga chaqirdi.
Siyosatchi oʻzining Telegram-kanalida Afgʻonistonda vaziyat ziddiylashgani va Markaziy Osiyo mamlakatlariga ekstremistik uyushmalarning oʻtib ketishi xatari oshgani munosabati bilan Rossiyaga koʻchib oʻtishni xohlovchilarga yordam berish zarurligi toʻgʻrisida yozib qoldirgan.
Voorujennыe lyudi v Afganistane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.07.2021
Analitika
Toliblar muvaffaqiyatiga qoʻshnilar qanday munosabatda?
"Buning uchun Rossiya TIV Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi elchixonalarimizga koʻchishni istovchilarga 2 hafta ichida Rossiya Federatsiyasi pasportlarini rasmiylashtirish haqida topshiriq berishi mumkin", - degan Jirinovskiy.
Deputat ilgariroq ham Afgʻoniston va Markaziy Osiyodagi vaziyat rivoji haqida oʻz fikrlarini bildirgan.
Jumladan, Jirinovskiy Tojikistondagi Rossiyaning 201-harbiy baza - Afgʻonistondan terrorchilar hujumini tiyib turgan yagona sabab ekanligi haqida gapirgan. Shuningdek, siyosatchi, toliblar mamlakat uchun kurashda ustun kelishlarini prognoz qilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala