Jamiyat

Oʻzbekiston va Rossiya harbiylari Termizda mashqlar oʻtkazadi

© Sputnik / Semiryaga / Fotobankka oʻtishPogranichniki
Pogranichniki - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.07.2021
Afgʻoniston chegarasi yaqinda boʻlib oʻtishi kutilayotgan oʻquv-mashqlarda Rossiya Markaziy harbiy okrugining maxsus boʻlinmalari ishtirok etadi.
TOSHKENT, 20 iyul — Sputnik. Mingdan orqiqi Oʻzbekiston va Rossiya harbiylari avgust oyining boshida Afgʻoniston chegarasi yaqinida birgalikda oʻquv-mashqlar oʻtkazadi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
“Rossiya va Oʻzbekistonning 1,5 mingga yaqin harbiy xizmatchilari 30 iyul – 10 avgust orasida Surxondaryo viloyati hududida boʻlib oʻtadigan qoʻshma oʻquv mashqlarida ishtirok etishadi”, - deyilgan Rossiya Markaziy harbiy okrugi (MHO) bayonotida.
Amaliy mashgʻulotlar “Termiz” poligonida boʻlib oʻtadi. Mashgʻulotlarga 200ta harbiy texnika, jumladan aviatsiya ham jalb qilinadi. Rossiya harbiylari oʻzbekistonlik hamkasabalari bilan chegarani himoya qilish sirlarini oʻrganishadi. Rossiyalik harbiylar negizida MHO maxsus boʻlinmalari ishtirok etadi, - deyilgan xabarda.
Eslatib oʻtamiz, 5-10 avgust kunlari Oʻzbekiston, Tojikiston va Rossiya ishtirokida Tojikiston janubidagi Xatlon viloyatidagi "Xarb-Maydon" poligonida harbiy mashgʻulotlar boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan. U yerda 201 harbiy baza askarlari ishtirok etadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala