Iqtisod

Rosselxoznadzor yana Oʻzbekistondan olib kelingan pomidorlarda virus aniqladi

Tomatы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.07.2021
Rosselxoznadzor Oʻzbekistonning yana bir viloyatidan pomidor yetkazib berishni chekladi.
TOSHKENT, 20 iyul — Sputnik. Rosselxoznadzor Toshkent viloyatidan Rossiyaga pomidor va qalampir olib kelish boʻyicha vaqtinchalik cheklov joriy qildi. Choralar 22 iyuldan kuchga kiradi.
Cheklovning sababi – bu viloyatdan olib kelingan pomidorlarda jigarrang burushiqlik (ToBRFV) va (Pepino mosaic virus) viruslari aniqlandi.
Oʻtgan hafta 15 iyuldan boshlab RF nazorat idorasi Buxoro viloyatidan pomidor va qalampir olib kelish boʻyicha cheklov kiritgandi.
Hozir sabzavotlarni bir qator viloyatlardan yetkazib berishda cheklovlar mavjud - choralar tobamovirus tufayli qoʻllanildi.
Pomidorы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.06.2021
Jamiyat
Rossiya Oʻzbekistonning 15ta korxonasiga pomidor va qalampir importiga ruxsat berdi
Har bir holat boʻyicha oʻsimliklar karantini va himoya qilish respublika idorasi tomonidan tekshiruv oʻtkaziladi.
Bundan tashqari, Oʻzbekiston tomoni YEOIIga aʼzo davlatlar uchun karantin obʼyektlari, shu jumladan pomidor mevalarida jigarrang burushiqlik (ToBRFV) va (Pepino mosaic virus) viruslari yoʻqligiga kafolat beradigan korxonalar roʻyxatini taqdim etishi zarur. Shundan keyingina Oʻzbekiston sabzavotlarining Rossiya bozoriga kirish masalasi koʻrib chiqiladi.
Eslatib oʻtamiz, Rosselxoznadzor 2020 yil noyabr - dekabr oylarida Oʻzbekistonning Fargʻona, Qashqadaryo va Navoiy viloyatlaridan, Rossiyada karantin roʻyxatiga kiritilgan obʼyektlar aniqlangani tufayli, pomidor va qalampir olib kirishni taʼqiqlab qoʻygan edi. Keyinchalik ayrim korxonalarga ruxsat berilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala