XOQ 127-yilda ilk bor Olimpiya o‘yinlari shiorini o‘zgartirdi

© REUTERS / Kim Kyung-Hoon/PoolTalisman Letney Olimpiadi v Tokio Miraitowa poziruyet szadi Olimpiyskix koles posle meropriyatiya po sluchayu 100 dney do Oliypiskix igr v Tokio
Talisman Letney Olimpiadi v Tokio Miraitowa poziruyet szadi Olimpiyskix koles posle meropriyatiya po sluchayu 100 dney do Oliypiskix igr v Tokio  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.07.2021
Obuna bo‘lish
Tokioda bo‘lib o‘tgan Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi kengashida yangi shior bir ovozdan tasdiqlandi.
TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi 127-yil oldin tasdiqlangan Olimpiya o‘rinlari shiori “Tezroq, yuqoriroq va kuchliroq” shiorini o‘zgartirdi.
Olimpiya o‘yinlari asoschisi Pyer de Kuberten tomonidan 1894-yilda joriy etilgan Olimpiya o‘yinlari shiori bundan buyon “Tezroq, yuqoriroq va kuchliroq - birgalikda” deb ataladi.
Yangi shiorni qabul qilish tashabbur XOQ raisi Tomas Baxga tegishli bo‘lgan. Bax ushbu hodisani – asrga tatigulik deb atadi.
Eslatib o‘tamiz, Tokioda 2020-yilda bo‘lib o‘tishi belgilangan Yozgi Olimpiya o‘yinlari koronavirus pandemiyasi oqibatdia 2021-yilning 23-iyul – 8-avgust kunlariga ko‘chirilgan edi. Olimpiada o‘yinlarida xorijdan 19 mingga yaqin sportchilar ishtirok etadi.
XXXII Yozgi Olimpiada o‘yinlarining ochilish marosimi 23-iyul kuni Tokiodagi “OLimpiya” stadionida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Marosim translyatsiyasi Toshkent vaqti bilan soat 16:00 da boshlanadi.
Yangiliklar lentasi
0