Jamiyat

Yurtimiz tinch, xalqimiz omon boʻlsin! Prezident Qurbon hayit bilan tabrikladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev prinyal chlena Gosudarstvennogo soveta, ministra inostrannыx del Kitayskoy Narodnoy Respubliki Van I
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev prinyal chlena Gosudarstvennogo soveta, ministra inostrannыx del Kitayskoy Narodnoy Respubliki Van I - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.07.2021
Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston xalqini Qurbon hayit bilan tabriklab, Yer yuzidagi barcha musulmonlarga oʻzbek xalqi nomidan salom yoʻlladi.
TOSHKENT, 20 iyul – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev oʻzbekistonliklarni Qurbon hayit bilan tabrikladi.
“Qalblarimiz fayzu ilohiy shukuhga toʻlib turgan ushbu ulugʻ kunda yurtimizdagi barcha moʻmin-musulmonlarni, butun xalqimizni tinchlik, shukronalik, mehr-oqibat va saxovat ramzi boʻlgan muborak Qurbon hayiti bilan chin qalbimdan tabriklab, oʻzimning chuqur hurmatim va ezgu tilaklarimni bildirishdan gʻoyat mamnunman.
Fursatdan foydalanib, mana shu tabarruk ayyomni bayram qilayotgan yer yuzidagi barcha musulmon ummatiga, xorijiy doʻstlarimiz va hamkorlarimizga xalqimiz nomidan samimiy salom va tabriklarimizni yoʻllaymiz”, - deyilgan Prezident tabrik soʻzida.
Shuningdek Shavkat Mirziyoyev oʻz tabrigida soʻnggi yilllarda Oʻzbekistonda islom maʼnaviyatini rivojlantirishga katta eʼtibor qaratilayotganini alohida taʼkidlab oʻtdi. Xususan, Xalqaro islom akademiyasi, Islom tsivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari, Hadis ilmi maktabi va Mir Arab oliy madrasasi kabi yangi muassasalarning tashkil etilgani qayd etilgan.
Undan tashqari Prezident soʻnggi oyda qabul qilingan “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi Qonun ham fuqarolarning diniy erkinliklarini toʻliq taʼminlashiga xizmat qilishi aytib oʻtildi.
Tabrik soʻzida Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston diniy ulamolarining hayit namozini oʻz uyida ado etish taklifini - pandemiya sharoitiga muvofiq ekanini va u aholi salomatligini asrashga qaratilganini aytib oʻtdi.
“Siz, azizlarni muborak Qurbon hayiti bilan yana bir bor chin dildan qutlab, barchangizga Alloh taolodan sihat-salomatlik, baxtu saodat, oilalaringizga tinchlik-xotirjamlik va fayzu baraka tilayman”, - deyilgan tabrik soʻzida.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala