Dunyoda

BSST koronavirusning yanada xavfliroq shtammi paydo boʻlishini bashorat qildi

Maket koronavirusa - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.07.2021
Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkilotining ogohlantirishicha, virusning yangi mutatsiyasi "delta" variantidan ham qoʻrqinchliroq boʻladi
TOSHKENT, 21 iyul — Sputnik. Dunyoda koronavirusning yanada xavfliroq shtammi paydo boʻlishi mumkin, deb bayonot berdi BSST bosh direktori Tedros Gebreyesus xalqaro olimpiya qoʻmitasining 138-sessiyasi davomida.
Tashkilot rahbarining aniqlik kiritishicha, yangi mutatsiya "delta" variantidan ham qoʻrqinchliroq boʻlishi mumkin.
Tedros Gebreyesusning soʻzlariga koʻra, infektsiya tarqalishining davom etaverishi yangi shtamm paydo boʻlishiga sabab boʻlishi mumkin.
Flakon s vaktsinoy Pfizer/BioNTech - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.07.2021
Dunyoda
Isroil “Pfizer” vaktsinasining delta-shtammga qarshi samarasiz ekanini maʼlum qildi
"Virus qanchalik keng tarqalsa, uning variantlari ham shunchalik koʻpayadi, ular orasida hatto hozirda eng koʻp ziyon yetkazayotgan "delta" variantdan ham xavfliroqlari paydo boʻlishi mumkin", - dedi Gebreyesus.
BSST vakilining taʼkidiga koʻra, bunday tendentsiyada virusning hatto vaktsinalar himoyasini ham chetlab oʻtadigan shtammi paydo boʻlishi ehtimoli bor.
Medik gotovit shprits s vaktsinoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.07.2021
Jamiyat
Oʻzbek-xitoy vaktsinasi: Otabekov internetda tarqalgan mish-mishlarga munosabat bildirdi
Ayni vaqtda "misli koʻrilmagan choralarni talab etuvchi" "misli koʻrilmagan inqiroz" kuzatilmoqda, deya qayd etdi u.
BSST Favqulodda holatlar qoʻmitasi koronavirusning yangi shtammlari xavfi haqida oldin ham koʻplab marotaba ogohlantirgan, jumladan, oʻshanda virusning yangi turlari yanada xavfli va yuqumli boʻlishi hamda bu shtammlarni boshqarish hozirgiga qaraganda ancha qiyin boʻlishi haqida gap borgandi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala