Murod Xonto‘rayev bilan birga avariyaga uchragan sportchi komadan chiqdi

© Press-slujba UVD Tashkentskoy oblastiAvtomobil, v kotorom naxodilsya boyes MMA Murod Xanturayev
Avtomobil, v kotorom naxodilsya boyes MMA Murod Xanturayev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.07.2021
Obuna bo‘lish
Murod Xonto‘rayev bilan birga avariyaga uchragan sportchi "koma" holatidan chiqdi.
TOShKENT, 21-iyul — Sputnik. Murod Xonto‘rayev bilan birga avtohalokatga uchragan Jasur Anarboyev "koma" holatidan chiqdi. Olamsport.com xabariga asosan.
"BMW X5 rusumli mashinasida harakatlanib ketayotgan Murod Xonto‘rayevning yonida shogirdi, MMA jangchisi Jasur Anarboyev ham bo‘lgan.
Avtohalokat sabab og‘ir ahvolda shifoxonaga yetkazilgan Jasur Anarboyev "koma" holatida ekanligi xabar qilingandi", - deyilgan xabarda.
Boyes MMA Murod Xanturayev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.07.2021
O‘zbekistonlik mashhur MMA yulduzi Murod Xonto‘rayev avtohalokatda halok bo‘ldi
19 iyul kuni O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Murod Xonto‘rayev YTH oqibatida halok bo‘ldi.
Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani hududidan o‘tuvchi 4R-12 avtomobil yo‘lining 68-kilometrida bir yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan "Lacetti" hamda "BMW X5" rusumli avtomobillar ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘ldi. Buning oqibatida "BMW X5" rusumli avtomobil yo‘ldan chiqib ketib ag‘darildi.
Avtomobil yo‘lovchisi tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgandi.
Yangiliklar lentasi
0