Kolumnistlar

Oʻzbekiston rus tilini esga olmoqda va rus AESi qurishga tayyorlanmoqda

© Sputnik / Ulyana Solovyeva / Fotobankka oʻtishNovovoronejskaya AES
Novovoronejskaya AES - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.07.2021
Yaqin yillar ichida Oʻzbekiston nafaqat oʻzining elektr enregiyasiga boʻlgan ehtiyojini qondiradi, balkim uni qoʻshni davlatlarga, masalan Afgʻonistonga eksport qilish imkoniga ega boʻladi.
Yaqindagina MAGATE mutaxassislarning Oʻzbekistonga uyushtirilgan 12 kunlik ishchi safari yakunlandi. Tashrif davomida xorijiy mutaxassislar nafaqat loyiha hujjatlarning tayyorligini, balkim boʻlajak atom obʼyektining xavfsizligi, jumladan atom quroli tarqalishini oldini olish nuqtai nazaridan ham, uni qoʻriqlash ishlari qanday tashkil qilinayotgani bilan tanishishdi. Turli rasmiy iboralarni chetga surib, komissiya yakuniy xulosasini bir soʻz bilan aytganda – Oʻzbekiston oʻz tarixida birinchi atom elektr stantsiyasi qurilishiga toʻliq tayyor.
Rossiya jamiyatida Oʻzbekiston haqida unchalik boy boʻlmagan, koʻplab erkak va ayollari Rossiyaga ishlash uchun keladigan davlat degan tushuncha mavjud. Lekin bu qisman toʻgʻri xolos.
Soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda iqtisodiy koʻrsatgichlarning barqaror oʻsishi kuzatilmoqda. Masalan 2019 yilda ichki yalpi mahsulot oldingi yilga nisbatan 5,6%ga oʻsib 57,9 mlrd. dollarga yetgan. Jahon banki xulosasiga koʻra, YAIMning aholi jon boshiga boʻlgan miqdori ham 3,6 %ga oshib 1724 dollarni tashkil qilgan. Ha bu unchalik katta raqamlar emas, lekin soʻnggi oddiy boʻlmagan 3 yilda oʻsish toʻxtovsiz davom etayotganini hisobga olganda, dinamika - yomon emas.
Maket AES  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.07.2021
Jamiyat
Oʻzbekiston oʻzining birinchi AESini qurishga tayyor - MAGATE
Oʻzbekiston qazilma boyliklariga boy mamlakat. Ular orasida asosiysi - gaz va koʻmir. Gaz qazib olish boʻyicha Respublika dunyoda 11 oʻrinda va yiliga 60 mlrd. m3 gaz qazib oladi. Undan tashqari Oʻzbekistonda uran zahiralari ham koʻp. MAGATE, baho berishiga koʻra, Respublika hududida 230 ming tonnaga yaqin uran zahiralari bor. Undan tashqari Oʻzbekiston oltin, mis, fosforit va molibden rudalarini sanoat uslubida qazib olish bilan shugʻullanadi. .
Shunday boyliklarga ega boʻla turib, Oʻzbekistonda doimiy ravishda elektr energiyasi taqchilligi kuzatiladi. Aksariyat hollarda bu ayrim hududlarni elektrdan uzilishiga olib keladi.
Oʻzbkistonda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasi tarkibiga koʻz yugurtirilganda, yillik elektr ishlab chiqarish hajmi 61,6 terravat soatni tashkil qilishi va undan 85 % tabiiy gaz turbinalari orqali ishlab chiqarilishini koʻrish mumkin. Koʻmirda esa yana 10% elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Lekin bularning barchasi yetarli emas.
Energetika vazirligi sanoatni taʼminlash maqsadida aholiga energiya tarqatuvchi past voltli elektr tarmoqlarini vaqti-vaqti bilan oʻchirib turishga majbur boʻlmoqda. Tojikiston, Qozogʻiston va Qirgʻizistondan sotib olinayotgan energiya ham yetarli emas. Shu sababli ham Oʻzbekiston rahbariyati “Tuzkan” AESi loyihasini ildam olgʻa surmoqda. Jizzax viloyatida qurilishi rejalashtirilgan AESda ikkita III+ avlod VVER-1200 atom reaktorlari oʻrnatish rejalashtirilgan. Ularning umumiy quvvati 2,4 gigavatni ashkil qiladi.
Maket AES  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.12.2020
Jamiyat
Oʻzbekistonda AES qurilishi: shartnoma qaysi bosqichda
Ushbu yoʻnalishda Toshkent birinchi navbatda Rossiya bilan ilmiy hamkorlikdan boshladi. 2019 yilning sentyabrida Toshkentda Rossiya Milliy Yadroviy universitetining filiali ochildi va u yerda yadrochi-fiziklar oʻqitila boshlandi. Oʻquv tili – rus tili boʻldi.
Aytish joizki, yarim yil oldin Oʻzbekiston hukumati Rossiyalik homiylar yordamida maktab va OTMlarda rus tilini oʻrganish sifatini oshirish boʻyicha yirik davlat dasturini boshlagan edi. Ayni damda Oʻzbekistonda Gertsen nomidagi Rossiya pedagogika universitetining yuzdan ortiq oʻqituvchilari mehnat qilmoqda. Ularning oldida yaqin vaqt ichida 30 mingta mahalliy rus tili oʻqituvchilarini tayyorlash, oʻquv dasturlari va ilmiy ishlarda rus tili ulushini oshirish vazifasi turibdi.
Oʻzbekiston oʻz kelajagini aqlli yoshlar bilan bogʻlagan va shu sababli bu yerda Limonosov nomli MDU, Plexanov nomidagi Iqtisodiyot universiteti, Milliy texnologik izlanishlar universiteti (MISiS), Mendeleyev nomidagi Kimyo-texnologik universitet, Gubkin nomidagi Davlat neft va gaz universitetleri filiallari ochilgan.
2020 yilning iyun oyida Shavkat Mirziyoyev topshirigʻiga binoan Oʻzbekistonda geologiya fanlari instituti ochilgan edi. Ushbu sohada mahalliy kadrlar yetishmasligini hisobga olganda, bu yerga ham rossiyalik mutaxassislar taklif qilinishiga shubha qilmasa ham boʻladi. Demak milliy taʼlim tizimida rus tili ahamiyati yanada ortadi.
Energetika sohasida ham Oʻzbekistonning “oʻsishi” hurmatga sazovor desa boʻladi. Rejalashtirilgan AES ishga tushishi bilan, Toshkent nafaqat ichki energetika defitsitini qoplashi, balkim import qilinayotgan elektr energiyasi hajmini kamaytirishi va TUTAP (Turkmaniston – Oʻzbekiston – Tojikiston – Afgʻoniston – Pokiston) energiya loyihasiga qoʻshilishi va elektr energiyasini eksport qilish imkoniga ega boʻladi.
Maket AES na stende Rostexa v ramkax vыstavki INNOPROM - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.04.2021
Dunyoda
Rossiya Qozogʻistonda AES qurishga tayyor
Lekin Toshkentning umidlari faqat AESdan emas. Ayni damda Oʻzbekistonda mavjud boʻlgan 8ta elektr stantsiyasiga qoʻshimcha ravishda yana 8ta ES qurilmoqda. Tojikiston bilan birgalikda Zarafshon daryosida umumiy qiymati 550 mln. Dollar boʻlgan “Yevon” va “Fandare” GESlari qurilishi, Qorqalpogʻistonda 1500 megavatt quvvatga ega boʻlgan MOda eng yirik shamol elektr startsiyasi qurilishi rejalashtirilgan.
Soʻnggi yilda koʻrilgan choralar sezilarni natijalar berdi desak xato boʻlmaydi. Agar 2013 yildda Oʻzbekiston 7,23 teravatt-soat energiya import qilgan boʻlsa, 2018 yilga kelib ushbu koʻrsatgich 2,23 teravatt-soatgacha tushib ketdi.
Energetik mustaqillikka erishishda Toshkent, albatta, faqat Rossiya bilan hamkorlik qilish bilan cheklanayotgani yoʻq. Qoraqalpogʻistondagi shamol elektr stantsiyasini Saudiyaning ACWA Power kompaniyasi bilan, Toshkent va Buxoroda yangi qurilayotgan IESlarni Turkiyaning Aksa Enerji Uretim A.5 kompaniyasi bilan amalga oshirmoqda. Lekin eng muhim loyihalar, soʻzsiz Rossiya bilan birgalikda amalga oshirilmoqda.
Toshkent xom-ashyo eksportidan voz kechishga jiddiy kirishgan. Yaʼni xorijga faqat gaz sotishni toʻxtatmoqda. Bugungi kunda qazib olinayotgan 60 mlrd. m3 gazning faqat 8 milliardi Xitoyga, 4,5 milliardi Rossiyaga va 2,5 milliardi Qozogʻistonga joʻnatilmoqda. Oʻzbekiston 2025 yilga qadar gaz eksportidan toʻliq voz kechishga qaror qilgan. Gaz oʻrniga undan ishlab chiqarildigan yuqori qoʻshimcha qiymatga ega boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqariladi. Bunda ham Rossiya yordam beradi.
Peterburgda boʻlib oʻtgan XXIV xalqaro iqtisodiy forum doirasida Oʻzbekiston bir necha Rossiya kompaniyalari bilan MDHda eng yirik gaz-kimyo majmuasi qurish toʻgʻrisida shartnoma imzoladi. Buxoro viloyatida qurilishi rejalashtirilgan korxonada yangi MTO – metanoldan olefinlar ishlab chiqarish texnologiyasi asosida yiliga 720 ming tonna zamonaviy polimerlar ishlab chiqariladi.
Maket AES  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.01.2021
Jamiyat
Shavkat Abdukamilov: Oʻzbekiston boʻlajak AES ishonchliligiga shubha qilmaydi
Shuningdek “Gazprom” Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasini modernizatsiya qilish uchun Oʻzbekistonga 300 million dollarlik kredit ajaratishini eʼlon qilgan edi. Ushbu korxona Shoʻrtan gaz-kondensat koni asosida ishlaydi va modernizatsiyadan soʻng 430 tыsyach ming tonna polietilen va 280 ming tonna polipropilen ishlab chiqaradi.
SSSR tarqalib ketganidan soʻng Oʻzbekistonni va sobiq Ittifoqning boshqa respublikalarni rus tilida soʻzlashadigan millatlar tark eta boshladi. Mahalliy elitalar oʻz davlatlarida turli darajada millatchilikni targʻib qila boshlashdi. Lekin biroz oʻtib, rus tili unutilgan davlatlarda barcha sohalarda susayish va degradatsiya kuzatila boshladi. Bunga yaqqol misol Ukraina boʻlishi mumkin. Ushbu davlatda yovvoyi millatchilik va rus tiliga nafrat – raketasozlik, okeanografiya ekspeditsyailari va koʻmirni gazifikatsiya qilish sohalarida ilmiy ishlarning toʻxtatilishiga olib keldi.
Bugungi Oʻzbekiston esa – Rossiya bilan hamkorlikdan samarali foydalanishning yaqqol misoli boʻlishi mumkin. Buning uchun oldingi “millatlar qardoshligi” ham kerak emas ekan, oʻz vataniga muhabbat va rus tilini esga olsa bas.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala