Iqtisod

Yarim yilda Oʻzbekiston YAIMi 6,2%ga oʻsdi

Konteynerы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.07.2021
Joriy yilning birinchi yarmida Oʻzbekiston yalpi ichki mahsuloti hajmi 6,2%ga, tashqi savdo aylanmasi – 13,6 %ga oʻsdi.
TOSHKENT, 21 iyul — Sputnik. 2021 yilning yanvar - may oylarida Oʻzbekiston Yalpi ichki mahsuloti hajmi 2020 yilning ushbu davriga nisbatan 6,2 %ga oʻsdi, deb deb xabar qilmoqda Davlat Statistika qoʻmitasi.
Asosiy oʻsish - xizmatlar (+18%), yuk tashish (+14%), chakana savdo (+9%), sanoat (+8,5%), investitsiyalar (+5,9%) va yoʻlovchi tashish (+4,1%) sohalarida sodir boʻlgan.
Davlat Statistika qoʻmitasi, ushbu davr mobaynida, Oʻzbekiston tashqi savdo aylanmasi hajmi ham oshganini xabar qilmoqda.
“2021 yilning yanvar-iyun oylarida tashqi savdo aylanmasi hajmi 18 013 mlrd. dollarni tashkil qildi va 2020 yilning birinchi yarmiga nisbatan 13,6 %ga oʻsdi”, - deyilgan xabarda.
Oʻzbekiston tashqi savdo aylanmasida eksport hajmi 12,3 % oshib $7 mlrd., import hajmi esa 13,4 %ga oshib $10,9 mlrd.ni tashkil qilgan.
Tashqi savdo hamkorlari orasida eng yirik hamkorlar – Xitoy (18,2%), Rossiya (17%), Qozogʻiston (10,4%), Turkiya (8,7%), Janubiy Koreya(4,6%), Qirgʻiziston (2,4%) va Afgʻoniston (2%).
Eslatib oʻtamiz, Jahon banki yil boshida Oʻzbekiston YAIMi 2021 yilda 4,3% 2020 yilda esa 4,5%ga oʻsishini bashorat qilgan edi. Umuman Markaziy Osiyo hududi boʻyicha iqtisodiy rivojlanish surʼati oʻrtacha 3%ni tashkil qiladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala