Kolumnistlar

Rossiyaning maxfiy quroli Yevropa markazida AQShga zarba berdi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Fotobankka oʻtishJeneva v preddverii sammita prezidenta Rossii V. Putina i prezidenta SSHA Dj. Baydena
Jeneva v preddverii sammita prezidenta Rossii V. Putina i prezidenta SSHA Dj. Baydena - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.07.2021
Amerikalik sheriklarniki navbatdagi bor qoʻzidi, ular yana rus xavfini aniqladilar - bu safar Venada. Avstriya poytaxtidagi AQSH elchixonasining bir necha xodimlari muntazam bosh ogʻrigʻi, koʻngil aynishi, bosh aylanishi va vahima xurujlaridan shikoyat qildilar.
Bir qarashda, buning qanday gʻalati joyi bor, deysan kishi. Diplomatik xizmat xavfli va murakkab, qayerga borma turli xildagi – rasmiy va norasmiy, boʻyinbogʻsiz va hokazo kayfu-safolarni oʻz ichiga oladi. Tabiiyki, ertalablari bunday tadbirlardan keyin mazang qochadi. Biroq uzoq yillar davomida amerikalik diplomatlar noxush alomatlardan aspirin va sodali eritma yordamida muvaffaqiyatli qutilib kelganlar.
Ammo dunyo endi oʻzgargan. Diplomatlarning bosh ogʻriqlari "Gavana sindromi" deya rasman eʼlon qilindi. Taxminlarga koʻra, ichkilik karaxtidan bosh ogʻrishi… tfu, jin ursin… "gavana sindromi" ajal nurlari qabilidagi fantastik qurol yordamida hosil boʻlar, va bu qurolni Venada rus maxsus xizmatlari oʻtaketgan beboshlik bilan qoʻllashar emish.
Sergey Lavrov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.07.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Markaziy Osiyoda hech kim oʻz hududida AQSH harbiy bazalarini joylashtirmoqchi emas – RF TIV
Bu yerda qurol aniq amerikaga qarshi ishlashi juda qiziq. Millionlab venaliklar va ular oralaridagi muhojirlar hech qanday bunday narsani sezmayaptilar. Yoki aspirin bilan jon saqlashayotgandir balki.
Bugun "gavana sindromi" haqida eng obroʻli amerika nashrlari yozishmoqda. Bosh aylanishi va koʻngil aynishi bilan bogʻliq hodisalar jiddiy tarzda Vashingtonda tekshirilmoqda. Davlat departamenti olimlardan ekspertizani soʻrab olmoqda. TSRU direktori Uilyam Berns "sogʻliqlariga putur yetkazgan nomaʼlum hodisadan jabrlangan" personal bilan shaxsan suhbatlashmoqda.
Yoʻq, albatta, biz uchun bu hayratlanarli holat emas, koʻnikib ketganmiz. Axir sal oldin amerikalik sheriklar jahon hamjamiyatini ruslar ularning havo maydoniga nomaʼlum uchar jismlarni qoʻyib yuborishayotganini aytib, ishontirishga urinishgan edi. Ammo nega sindromga "gavana" nomi berildi va bunda Venaning nima aloqasi bor?
Voyennoslujaщiye NATO osuщestvlyayut posadku v vertolet - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.07.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
AQSH oʻz qoʻshinlarining 95 foizini Afgʻonistondan chiqardi
Gap shundaki, Davlat departamentining stsenariynavislari bir xil, boz ustiga siyqasi chiqib ketgan trafaret boʻyicha ishlashadi.
Xuddi shunday voqealarni ular 2016 yilda ham axborot maydoniga tarqatib yuborishgan edi. Faqat oʻshanda harakat joyi sifatida Gavana tanlab olingan edi.
Oʻsha voqeadan birmuncha oldin, prezident Obama Kubaga qarshi sanktsiyalarni sezilarli darajada yumshatdi va hattoki tashrif bilan Gavanaga borgan edi. "Moxito diplomatiyasi" ning gʻalabasi yarim asrlik tanaffusdan soʻng AQSH elchixonasi faoliyatining qayta tiklangani boʻldi. Tashrif buyurgan diplomatlarni Xemingueyning sevimli barida kokteyllar bilan rosa siylashdi.
Ammo AQShning keyingi prezidenti Donald Tramp Obamaning barcha buyruqlarini va shu bilan birga Kuba bilan endigina boshlangan doʻstlikni bekor qildi. Elchixona personali sonining qisqartirilishi munosabatlarning muzlatilishi ramzi boʻlishi kerak edi.
Nyu-Yorkskaya fondovaya birja, raspolojennaya na ulitse Uoll-Strit. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.07.2021
Analitika
Qaytmas nuqtaga yetishdi: tahlilchilarning AQSH iqtisodiyotidan hafsalasi pir boʻldi
Va shu vaqtning oʻzida xuddi buyurtma boʻlgandek Gavanadagi amerika diplomatlari va TSRU xodimlari xuddi oʻsha simptomlar – yaʼni, bosh ogʻrigʻi, eshitish qobiliyatining yomonlashuvi, vahimali xurujlardan shikoyat qila boshladilar.
Bundan tashqari ular muntazam ravishda allaqanday gʻalati tovushlarni eshitardilar. Davlat departamenti olimlarga tadqiqotlarga buyurtma berdi. Amerika rasmiylari diplomatlarga "mikrotoʻlqinli" yoki boʻlmasam "tovushli" qurol yordamida hujum qilingan, degan taxminga kelgan edilar.
Aqli raso odam mikrotoʻlqinli qurol qanday koʻrinishga egaligini tasavvur qilishi qiyin. Ehtimol, gʻoya mualliflarining koʻziga zanglagan mashinada amerikalik diplomatlar uylariga borgan Petrov va Bashirov koʻringandir, ehtimol. Mashina oynasini tushirib, ular oʻzlari bilan olib kelgan mikrotoʻlqinli qurollarni tashqariga chiqarishadi va qoʻrqitgan kishi boʻlib ularni derazalarga toʻgʻirlashadi.
Zdaniye Ministerstva inostrannыx del RF - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.07.2021
Dunyoda
Rossiya TIV Afgʻonistondan AQSH qoʻshinlari olib chiqilishi yuzasidan bayonot berdi
"Tovush quroli" haqidagi mish-mishlar ham gʻalatilikda mikrotoʻlqinli qurol haqidagisidan qolishmadi. Harbiylarda akustik taʼsir oʻtkazish vositalari haqiqatan mavjud. Ular shunchaki baland tovush bilan olomonni kar qilishi mumkin. Yaʼni agar hiylagar ruslar amerikalik diplomatlar miyasiga tovush toʻlqinlari bilan taʼsir oʻtkazmoqchi boʻlganida, butun Gavana buni eshitgan boʻlardi. Ammo yoʻq, xomxayolning qiziq joyi - u eshitilmaydigan tovush quroli boʻlgan emish.
Davlat departamentining ushbu boʻlmagʻur xom-xayollari ustidan hatto amerika matbuoti rosa kulgan edi. Vanity Fair jurnali ekspertlar YouTube*ga chiqarilgan "tovush hujumlari" haqidagi roliklarni qanday tadqiq qilishgani haqida batafsil yoritdi.
Uzoq oʻylashlardan keyin ular audiolardan eshitilgan tovushlarni "qushlar chiriqlashi", deya baholadilar. Zoologlar, ornitologlar, biologlar, nevrologlar va psixiatrlar bilan boʻlgan maslahatlashuvlardan soʻng ilmiy asoslangan xulosa taqdim etildi: gʻalati tovushlar manbai kuba chigirtkalari ekanligi aniqlanibdi.
Amerikanskiye soldatы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.06.2021
Dunyoda
AQSH harbiylarning bir qismini Afgʻonistonda qoldiradi
"Ha, xuddi chigirtkalar, — ironiya qilardi maqola muallifi. — Ayrim olimlar, bular tsikadalar degan qarorga kelishgan edi… Ammo biologiya fani professori Allen Sanbornning maxsus tushuntirishiga qaraganda, tsikada insonning eshitish qobiliyatini faqat uning eshitish kanaliga kirib qolgandagina buzishi mumkin ekan".
Biroq, kulgi oʻz yoʻliga, ammo ushbu media hujum koʻzlangan maqsadga erishdi - Amerikaning Kubadagi elchixonasi keskin qisqartirildi, diplomatik xodimlar maqomi pasaytirildi. Mamlakat yana sanktsiyalar ostida qoldi. Kubaliklar amerikaliklarga hujum qilganlikda ayblandi. Shu bilan birga - ikki marta ovora boʻlmaslik uchun - ular rus izini ham aniqladilar. The New York Times gazetasi ruslar uzoq vaqtdan beri "mikrotoʻlqinli texnologiyalar" ustida ish olib borishganini alohida taʼkidlab oʻtdi.
Baʼzan ushbu stsenariylarning mualliflari anchayin keksayib qolishgan, degan oʻyga borasan, kishi. Ilk mikrotoʻlqinli qurol oldida qoʻrquv haqiqatan ham qachonlardir omma orasida mavjud boʻlgan, ammo bu haqda hozir kim eslaydi deysiz? Yoki ular 80-yillarning unutilib ketgan bestsellerlarini oʻqisharmikin?
Pojarnaya mashina na meste vozgoraniya. Illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.06.2021
Dunyoda
AQSH yirik kimyo zavodida yongʻin yuz berdi, aholi evakuatsiya qilinmoqda - video
"Gavana sindromi"ga keladigan boʻlsak, ham kubalik, ham amerikalik olimlar yagona xulosaga kelishdi – amerika diplomatlari qandaydir dardga chalingani rost boʻlgan taqdirda ham, u ommaviy jazavadan boshqasi emas.
Ammo oradan besh yil oʻtmay "sogʻliqqa nomaʼlum xurujlar" yana yuzaga qalqdi. Venada, Amerika matbuoti fikricha, bugun yashash juda qoʻrqinchli. "Bayden maʼmuriyatining ish gipotezasi shundan iboratki, rus razvedka bosh boshqarmasi oʻzlarining mikrotoʻlqinli moslamalarini amerikalik xodimlarga yoʻnaltirishmoqda va shu yoʻl bilan ularning noutbuklari va smartfonlaridagi maʼlumotlarni oʻgʻirlashmoqda va qolaversa ular sogʻligʻiga katta zarar yetkazishmoqda", - deya oʻz obunachilariga sovuqqonlik bilan xabar yetkazadi hurmatli New Yorker jurnali.
Xoʻsh, haqiqatan ham. Kuppa-kunduzi tinch va gullab-yashnayotgan Ringshtrasseda toʻsatdan oldida razvedka bosh boshqarmasi xodimi paydo boʻlib, kutilmaganda qoʻynidan "mikrotoʻlqinli devaysini" chiqarib, unga toʻgʻirlaganda amerikalik diplomat qanchalik dahshatga tushganini bir tasavvur qiling, axir.
Vstrecha prezidentov Rossii i SSHA V. Putina i Dj. Baydena v Jeneve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.07.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Putin va Bayden RFning Markaziy Osiyodagi harbiy bazalarini muhokama qilgan - OAV
Amerikalik xodimlarning asosiy abyuzerlari Rossiya maxsus xizmatlari boʻlishi oldindan ravshan edi. The New York Times bu haqda olti oy oldin yozgandi – ammo Venadagi diplomatlar oʻshanda sogʻligʻi yomonlashgani va vahima hurujlari haqida shikoyat qilishga ham ulgurishmagan edi.
Gavana stsenariysidan koʻrinib turibdiki, amerika axborot hujumlarining bosh nishoni Rossiya emas, balki Avstriyadir. Biz qoʻlimizda mavjud boʻlgan mikrotoʻlqinli qurol bilan amallaymiz, ammo Vena uchun – bu Vashingtonning noroziligidan darak beruvchi jiddiy signaldir.
Avstriya hukumati amerika rejimini oʻzining nisbatan mustaqilligi va Rossiya bilan munosabatlarni qura olish koʻnikmalari bilan sezilarli achchiqlantirmoqda.
Mamlakatning bosh neft-gaz kompaniyasi OMV Groupbizning davlat bilan sovet davridan buyon biznesni rivojlantirib kelgan va "Shimoliy oqim – 2" qurilishida ishtirok etgan.
Prezident RF Vladimir Putin i prezident SSHA Djo Bayden vo vremya vstrechi v Jeneve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.07.2021
Siyosat
Putin Baydenga Afgʻonistondagi harakatlarni muvofiqlashtrishni taklif qilgan - OAV
Avstriya kantsleri Sebastyan Kurts vaqti-vaqti bilan, Vashingtondan boʻlgan dagʻdagʻalarga qaramay, qoʻrqmas ohangdagi gaplarni aytib keladi – Vashington uni muntazam ravishda nartsissizm, opportunizm va Moskva bilan boʻlgan oʻta yaqin munosabatlar uchun urishib keladi.
Koʻrib turganimizdek, Vashingtonning maqsadlari aniq – u Venani qoʻrqitishga, "josuslar uyasi" nomi bilan uni obroʻsizlantirishga va uning Moskva bilan mustaqil aloqalarini bloklab qoʻyishga intilmoqda. Ammo butun boshli provokatsiya shunchalik ahmoqona ishlanganki, uning mualliflari bundan hech narsa chiqmasligini oldindan bilishgandek goʻyo.
Baʼzan amerikalik strateglar oʻzlarining imijiga qanchalik ziyon yetkazishayotganini baholay olishmayotgandek tuyuladi. Bir vaqtlar, Vashingtonning jozibasiga, shu jumladan intellektual jozibasiga maftun boʻlish mumkin edi, ehtimol. Bugungi kunda butun boshli yumshoq kuchdan faqat oʻta ahmoqona, kim uchun moʻljallangani aniq boʻlmagan axborot sizdirishlar qolgan, xolos – goh NUJlar haqida, goh mikrotoʻlqinli qurollar. Bu ketishda yangi ittifoqdoshlarni jalb qilish nari tursin – eskilarini ham ushlab qolishning imkoni yoʻq axir. Dementsiya jarayoni boshlangan davlat kimga kerak?
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala