Rossiyaning maxfiy quroli Yevropa markazida AQShga zarba berdi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishJeneva v preddverii sammita prezidenta Rossii V. Putina i prezidenta SShA Dj. Baydena
Jeneva v preddverii sammita prezidenta Rossii V. Putina i prezidenta SShA Dj. Baydena - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.07.2021
Obuna bo‘lish
Amerikalik sheriklarniki navbatdagi bor qo‘zidi, ular yana rus xavfini aniqladilar - bu safar Venada. Avstriya poytaxtidagi AQSh elchixonasining bir necha xodimlari muntazam bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, bosh aylanishi va vahima xurujlaridan shikoyat qildilar.
Bir qarashda, buning qanday g‘alati joyi bor, deysan kishi. Diplomatik xizmat xavfli va murakkab, qayerga borma turli xildagi – rasmiy va norasmiy, bo‘yinbog‘siz va hokazo kayfu-safolarni o‘z ichiga oladi. Tabiiyki, ertalablari bunday tadbirlardan keyin mazang qochadi. Biroq uzoq yillar davomida amerikalik diplomatlar noxush alomatlardan aspirin va sodali eritma yordamida muvaffaqiyatli qutilib kelganlar.
Ammo dunyo endi o‘zgargan. Diplomatlarning bosh og‘riqlari "Gavana sindromi" deya rasman e’lon qilindi. Taxminlarga ko‘ra, ichkilik karaxtidan bosh og‘rishi… tfu, jin ursin… "gavana sindromi" ajal nurlari qabilidagi fantastik qurol yordamida hosil bo‘lar, va bu qurolni Venada rus maxsus xizmatlari o‘taketgan beboshlik bilan qo‘llashar emish.
Sergey Lavrov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.07.2021
Markaziy Osiyoda hech kim o‘z hududida AQSh harbiy bazalarini joylashtirmoqchi emas – RF TIV
Bu yerda qurol aniq amerikaga qarshi ishlashi juda qiziq. Millionlab venaliklar va ular oralaridagi muhojirlar hech qanday bunday narsani sezmayaptilar. Yoki aspirin bilan jon saqlashayotgandir balki.
Bugun "gavana sindromi" haqida eng obro‘li amerika nashrlari yozishmoqda. Bosh aylanishi va ko‘ngil aynishi bilan bog‘liq hodisalar jiddiy tarzda Vashingtonda tekshirilmoqda. Davlat departamenti olimlardan ekspertizani so‘rab olmoqda. SRU direktori Uilyam Berns "sog‘liqlariga putur yetkazgan noma’lum hodisadan jabrlangan" personal bilan shaxsan suhbatlashmoqda.
Yo‘q, albatta, biz uchun bu hayratlanarli holat emas, ko‘nikib ketganmiz. Axir sal oldin amerikalik sheriklar jahon hamjamiyatini ruslar ularning havo maydoniga noma’lum uchar jismlarni qo‘yib yuborishayotganini aytib, ishontirishga urinishgan edi. Ammo nega sindromga "gavana" nomi berildi va bunda Venaning nima aloqasi bor?
Voyennoslujashie NATO osushestvlyayut posadku v vertolet - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.07.2021
AQSh o‘z qo‘shinlarining 95 foizini Afg‘onistondan chiqardi
Gap shundaki, Davlat departamentining ssenariynavislari bir xil, boz ustiga siyqasi chiqib ketgan trafaret bo‘yicha ishlashadi.
Xuddi shunday voqealarni ular 2016-yilda ham axborot maydoniga tarqatib yuborishgan edi. Faqat o‘shanda harakat joyi sifatida Gavana tanlab olingan edi.
O‘sha voqeadan birmuncha oldin, prezident Obama Kubaga qarshi sanksiyalarni sezilarli darajada yumshatdi va hattoki tashrif bilan Gavanaga borgan edi. "Moxito diplomatiyasi" ning g‘alabasi yarim asrlik tanaffusdan so‘ng AQSh elchixonasi faoliyatining qayta tiklangani bo‘ldi. Tashrif buyurgan diplomatlarni Xemingueyning sevimli barida kokteyllar bilan rosa siylashdi.
Ammo AQShning keyingi prezidenti Donald Tramp Obamaning barcha buyruqlarini va shu bilan birga Kuba bilan endigina boshlangan do‘stlikni bekor qildi. Elchixona personali sonining qisqartirilishi munosabatlarning muzlatilishi ramzi bo‘lishi kerak edi.
Nyu-Yorkskaya fondovaya birja, raspolojennaya na ulitse Uoll-Strit. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.07.2021
Qaytmas nuqtaga yetishdi: tahlilchilarning AQSh iqtisodiyotidan hafsalasi pir bo‘ldi
Va shu vaqtning o‘zida xuddi buyurtma bo‘lgandek Gavanadagi amerika diplomatlari va SRU xodimlari xuddi o‘sha simptomlar – ya’ni, bosh og‘rig‘i, eshitish qobiliyatining yomonlashuvi, vahimali xurujlardan shikoyat qila boshladilar.
Bundan tashqari ular muntazam ravishda allaqanday g‘alati tovushlarni eshitardilar. Davlat departamenti olimlarga tadqiqotlarga buyurtma berdi. Amerika rasmiylari diplomatlarga "mikroto‘lqinli" yoki bo‘lmasam "tovushli" qurol yordamida hujum qilingan, degan taxminga kelgan edilar.
Aqli raso odam mikroto‘lqinli qurol qanday ko‘rinishga egaligini tasavvur qilishi qiyin. Ehtimol, g‘oya mualliflarining ko‘ziga zanglagan mashinada amerikalik diplomatlar uylariga borgan Petrov va Bashirov ko‘ringandir, ehtimol. Mashina oynasini tushirib, ular o‘zlari bilan olib kelgan mikroto‘lqinli qurollarni tashqariga chiqarishadi va qo‘rqitgan kishi bo‘lib ularni derazalarga to‘g‘irlashadi.
Zdanie Ministerstva inostrannix del RF - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.07.2021
Rossiya TIV Afg‘onistondan AQSh qo‘shinlari olib chiqilishi yuzasidan bayonot berdi
"Tovush quroli" haqidagi mish-mishlar ham g‘alatilikda mikroto‘lqinli qurol haqidagisidan qolishmadi. Harbiylarda akustik ta’sir o‘tkazish vositalari haqiqatan mavjud. Ular shunchaki baland tovush bilan olomonni kar qilishi mumkin. Ya’ni agar hiylagar ruslar amerikalik diplomatlar miyasiga tovush to‘lqinlari bilan ta’sir o‘tkazmoqchi bo‘lganida, butun Gavana buni eshitgan bo‘lardi. Ammo yo‘q, xomxayolning qiziq joyi - u eshitilmaydigan tovush quroli bo‘lgan emish.
Davlat departamentining ushbu bo‘lmag‘ur xom-xayollari ustidan hatto amerika matbuoti rosa kulgan edi. Vanity Fair jurnali ekspertlar YouTube*ga chiqarilgan "tovush hujumlari" haqidagi roliklarni qanday tadqiq qilishgani haqida batafsil yoritdi.
Uzoq o‘ylashlardan keyin ular audiolardan eshitilgan tovushlarni "qushlar chiriqlashi", deya baholadilar. Zoologlar, ornitologlar, biologlar, nevrologlar va psixiatrlar bilan bo‘lgan maslahatlashuvlardan so‘ng ilmiy asoslangan xulosa taqdim etildi: g‘alati tovushlar manbai kuba chigirtkalari ekanligi aniqlanibdi.
Amerikanskie soldati - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.06.2021
AQSh harbiylarning bir qismini Afg‘onistonda qoldiradi
"Ha, xuddi chigirtkalar, — ironiya qilardi maqola muallifi. — Ayrim olimlar, bular sikadalar degan qarorga kelishgan edi… Ammo biologiya fani professori Allen Sanbornning maxsus tushuntirishiga qaraganda, sikada insonning eshitish qobiliyatini faqat uning eshitish kanaliga kirib qolgandagina buzishi mumkin ekan".
Biroq, kulgi o‘z yo‘liga, ammo ushbu media hujum ko‘zlangan maqsadga erishdi - Amerikaning Kubadagi elchixonasi keskin qisqartirildi, diplomatik xodimlar maqomi pasaytirildi. Mamlakat yana sanksiyalar ostida qoldi. Kubaliklar amerikaliklarga hujum qilganlikda ayblandi. Shu bilan birga - ikki marta ovora bo‘lmaslik uchun - ular rus izini ham aniqladilar. The New York Times gazetasi ruslar uzoq vaqtdan beri "mikroto‘lqinli texnologiyalar" ustida ish olib borishganini alohida ta’kidlab o‘tdi.
Ba’zan ushbu ssenariylarning mualliflari anchayin keksayib qolishgan, degan o‘yga borasan, kishi. Ilk mikroto‘lqinli qurol oldida qo‘rquv haqiqatan ham qachonlardir omma orasida mavjud bo‘lgan, ammo bu haqda hozir kim eslaydi deysiz? Yoki ular 80-yillarning unutilib ketgan bestsellerlarini o‘qisharmikin?
Pojarnaya mashina na meste vozgoraniya. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.06.2021
AQSh yirik kimyo zavodida yong‘in yuz berdi, aholi evakuatsiya qilinmoqda - video
"Gavana sindromi"ga keladigan bo‘lsak, ham kubalik, ham amerikalik olimlar yagona xulosaga kelishdi – amerika diplomatlari qandaydir dardga chalingani rost bo‘lgan taqdirda ham, u ommaviy jazavadan boshqasi emas.
Ammo oradan besh yil o‘tmay "sog‘liqqa noma’lum xurujlar" yana yuzaga qalqdi. Venada, Amerika matbuoti fikricha, bugun yashash juda qo‘rqinchli. "Bayden ma’muriyatining ish gipotezasi shundan iboratki, rus razvedka bosh boshqarmasi o‘zlarining mikroto‘lqinli moslamalarini amerikalik xodimlarga yo‘naltirishmoqda va shu yo‘l bilan ularning noutbuklari va smartfonlaridagi ma’lumotlarni o‘g‘irlashmoqda va qolaversa ular sog‘lig‘iga katta zarar yetkazishmoqda", - deya o‘z obunachilariga sovuqqonlik bilan xabar yetkazadi hurmatli New Yorker jurnali.
Xo‘sh, haqiqatan ham. Kuppa-kunduzi tinch va gullab-yashnayotgan Ringshtrasseda to‘satdan oldida razvedka bosh boshqarmasi xodimi paydo bo‘lib, kutilmaganda qo‘ynidan "mikroto‘lqinli devaysini" chiqarib, unga to‘g‘irlaganda amerikalik diplomat qanchalik dahshatga tushganini bir tasavvur qiling, axir.
Vstrecha prezidentov Rossii i SShA V. Putina i Dj. Baydena v Jeneve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.07.2021
Putin va Bayden RFning Markaziy Osiyodagi harbiy bazalarini muhokama qilgan - OAV
Amerikalik xodimlarning asosiy abyuzerlari Rossiya maxsus xizmatlari bo‘lishi oldindan ravshan edi. The New York Times bu haqda olti oy oldin yozgandi – ammo Venadagi diplomatlar o‘shanda sog‘lig‘i yomonlashgani va vahima hurujlari haqida shikoyat qilishga ham ulgurishmagan edi.
Gavana ssenariysidan ko‘rinib turibdiki, amerika axborot hujumlarining bosh nishoni Rossiya emas, balki Avstriyadir. Biz qo‘limizda mavjud bo‘lgan mikroto‘lqinli qurol bilan amallaymiz, ammo Vena uchun – bu Vashingtonning noroziligidan darak beruvchi jiddiy signaldir.
Avstriya hukumati amerika rejimini o‘zining nisbatan mustaqilligi va Rossiya bilan munosabatlarni qura olish ko‘nikmalari bilan sezilarli achchiqlantirmoqda.
Mamlakatning bosh neft-gaz kompaniyasi OMV Groupbizning davlat bilan sovet davridan buyon biznesni rivojlantirib kelgan va "Shimoliy oqim – 2" qurilishida ishtirok etgan.
Prezident RF Vladimir Putin i prezident SShA Djo Bayden vo vremya vstrechi v Jeneve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.07.2021
Putin Baydenga Afg‘onistondagi harakatlarni muvofiqlashtrishni taklif qilgan - OAV
Avstriya kansleri Sebastyan Kurs vaqti-vaqti bilan, Vashingtondan bo‘lgan dag‘dag‘alarga qaramay, qo‘rqmas ohangdagi gaplarni aytib keladi – Vashington uni muntazam ravishda narsissizm, opportunizm va Moskva bilan bo‘lgan o‘ta yaqin munosabatlar uchun urishib keladi.
Ko‘rib turganimizdek, Vashingtonning maqsadlari aniq – u Venani qo‘rqitishga, "josuslar uyasi" nomi bilan uni obro‘sizlantirishga va uning Moskva bilan mustaqil aloqalarini bloklab qo‘yishga intilmoqda. Ammo butun boshli provokatsiya shunchalik ahmoqona ishlanganki, uning mualliflari bundan hech narsa chiqmasligini oldindan bilishgandek go‘yo.
Ba’zan amerikalik strateglar o‘zlarining imijiga qanchalik ziyon yetkazishayotganini baholay olishmayotgandek tuyuladi. Bir vaqtlar, Vashingtonning jozibasiga, shu jumladan intellektual jozibasiga maftun bo‘lish mumkin edi, ehtimol. Bugungi kunda butun boshli yumshoq kuchdan faqat o‘ta ahmoqona, kim uchun mo‘ljallangani aniq bo‘lmagan axborot sizdirishlar qolgan, xolos – goh NUJlar haqida, goh mikroto‘lqinli qurollar. Bu ketishda yangi ittifoqdoshlarni jalb qilish nari tursin – eskilarini ham ushlab qolishning imkoni yo‘q axir. Demensiya jarayoni boshlangan davlat kimga kerak?
Yangiliklar lentasi
0