Samarqandda shifokorlarni kaltaklagan fuqaro qamoqqa olindi

© Sputnik / Vladimir Pesnya / Mediabankka o‘tishSledstvenniy izolyator, arxivnoe foto
Sledstvenniy izolyator, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.07.2021
Obuna bo‘lish
Ma’lumot uchun, mart oyida Jizzax viloyatida "Tez yordam" shifokoriga qilingan mushtumzo‘rlik uchun fuqaroga 5-yil qamoq jazosi berilgan edi.
TOShKENT, 21-iyul – Sputnik. Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida shifkorlarni kaltaklagan fuqaroga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanildi, deb xabar qilmoqda SSV matbuot xizmati.
“Tibbiyot xodimlariga tajovuz qilgan fuqaro X.M. ga nisbatan esa qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanildi va hozirda mazkur holat yuzasidan tuman huquq tartibot idoralari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda”, - deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, aslida voqea quyidagicha bo‘lgan edi: 15-iyul, tungi soat 22:30da Pastdarg‘om tumani “Zarbdor” oilaviy shifokorlik punktida joylashgan tez tibbiy yordam bo‘limiga tumanning “Qo‘shquduq” mahallasida yashovchi fuqaro X.M. mast holda keladi va 22 yoshli o‘g‘li M.J. betob ekanligini aytib, navbatchi shifokor va feldsherni tezda uning uyiga borishi kerakligini aytadi.
Shu vaqt tez yordam bo‘limiga telefon orqali boshqa chaqiruv bo‘ladi va navbatchi feldsher N.I. uni rasmiylashtirish vaqtida fuqaro X.M. betoqatlik bilan feldsher N.Ini haqoratlab, uni kalatklaydi. Shundan so‘ng, fuqaro X.M. kaltaklangan feldsherni ish joyida qoldirib, shifokor T.F.ni majburlab mashinasiga o‘tirg‘izib yashash manziliga olib boradi. U yerda ham arzimagan bahonalar bilan shifokorni haqorat qilib ayovsiz kaltaklaydi.
Shundan so‘ng shifokor T.F. zudlik bilan Pastdarg‘om tuman tibbiyot birlashmasining travmatologiya bo‘limiga olib kelingan. Tibbiy tekshiruv davomida 1988-yilda tug‘ilgan shifokor T.F.ga bosh miya jarohati, jumladan, bosh miya chayqalishi, pastki lab ichki yuzasida urib yirtilishi hamda ko‘krak qafasi yumshoq to‘qmalarining lat yeyishi tashxisi qo‘yilgan.
Shuningdek, 1978-yilda tug‘ilgan navbatchi feldsher N.I.ga burun suyagining yopiq sinishi kabi jarohatlar bilan tuman tibbiyot birlashmasida tibbiy yordam ko‘rsatildi.
Aytish joizki, so‘nggi 3-4 yilda O‘zbekistonda shifokorlarga hujum qilish holatlari soni ko‘payib bormoqda. Aksariyat hollarda bundan “Tez yordam” xizmati xodimlari aziyat chekmoqda.
Ana shunday voqealardan biri ushbu yilning 1-mart kuni Jizzax viloyatida sodir bo‘lgan edi. Tez tibbiy yordam shifokori X.Mga xizmat vaqtida fuqaro D.O tomonidan qilingan tajovuz uchun 2021-yil 16-martdagi sud hukmiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasining tegishli qismi bilan 5-yil ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangan va ayni damda D.O. jazo muddatini o‘tamoqda.
Yangiliklar lentasi
0