Tseremoniya otkrыtiya XXXII letnix Olimpiyskix igr - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston Tokio Olimpiya oʻyinlarida
23 iyuldan 8 avgustga qadar Tokioda Olimpiada oʻyinlari boʻlib oʻtadi. Unda 71 sportchidan iborat Oʻzbekiston Olimpiya terma jamoasi ishtirok etadi.

Tokio Olimpiadasi soʻnggi damda ham bekor qilinishi mumkin – tashkiliy qoʻmita

© REUTERS / Eugene Hoshiko/Pool Mer Tokio Yuriko Koike na meropriyatii po sluchayu 100 dney do Oliypiskix igr v Tokio
Mer Tokio Yuriko Koike na meropriyatii po sluchayu 100 dney do Oliypiskix igr v Tokio  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.07.2021
Ayni damda Olimpiada ishtirokchilari va delegatsiyalari aʼzolari orasida aniqlangan jami koronavirus holatlari 81 kishiga yetgan.
TOSHKENT, 21 iyul - Sputnik. Tokio Olimpiadasi ishtirokchilari orasida COVID-19 keskin avj olgan taqdirda Oʻyinlar soʻnggi damda ham bekor qilinishi mumkin deb xabar qilmoqda mahalliy tashkiliy qoʻmita rahbari Toshiro Muto, Sky News xabariga asosan.
“Koronavirusga chalinganlar soni necha kishiga yetishini biz bilmaymiz. Lekin vaziyat keskinlashsa biz biror chora koʻrishimiz kerak boʻladi”, - dedi qoʻmita rahbari.
Agar Tokioda kasallik holatlari keskin oshishi kuzatilsa, tashkiliy qoʻmita ushbu masalani muhokama qiladi va kerakli maslahatlashuvlar oʻtkazadi, deb qoʻshimcha qildi amaldor.
Maʼlum boʻlishicha, ayni damda Oolimpiada ishtirok etishi rejalashtirilgan sportchilar orasida COVID-19ga chalinganlar soni 68 kishiga yetgan. Jami delegatsiya aʼzolari orasida esa 81 kishini tashkil qilgan.
Undan tashqari bir qator Olimpiada oʻyinlari homiylari Tokio-2020 ochilish marosimida ishtirok etishdan voz kechishgani ham xabar qilinmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala