Kolumnistlar

Toliblar “amirlik” vatanparvarlari emas, Pokiston yollanma jangarilaridir

© AP Photo / Mirwais KhanVoorujennыe lyudi v Afganistane
Voorujennыe lyudi v Afganistane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.07.2021
Afgʻonistonda bugun sodir boʻlayotgan jangovar harakatlar zamirida Pokistonning buzgʻunchi roli oʻzini tobora kuchliroq namoyon etmoqda.
Afgʻonistondan AQSH va NATO qoʻshinlarining toʻliq chiqarilishi ortidan toliblar va hukumat qoʻshinlari oʻrtasida oʻta shafqatsiz qurollangan janglar roʻy bera boshladi.
Shu bilan birga terroristik harakat davlat hokimiyatini toʻliq qoʻlga olishga ochiqchasiga daʼvogarlik qilmoqda, opponentlar bilan kelishishni hatto xohlamayapti va tashqi tomonga tobeligini deyarli yashirmayapti.
20 iyulda boʻlib oʻtgan Musulmonlarning muqaddas Qurbon Hayit bayrami kunida Qobulda uchta raketa zarbasi yuz berdi – namoz ado etilayetgan vaqtda prezident saroyida uchta raketa portladi. Bir kun oldin toliblar sulh hamda Afgʻonistondagi asirlarni ozodlikka chiqarish haqidagi kelishuv barbod boʻlgani toʻgʻrisida maʼlum qilishgan edi
Jangovar harakatlar zamirida Pokistonning destruktiv (buzgʻunchi) roli tobora oʻzini namoyon etmoqda.
Ashraf Gani - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.07.2021
Siyosat
Ashraf Gʻani ayrim qoʻshni davlatlardan Afgʻoniston ishlariga aralashmaslikni soʻradi
Ilgariroq Toshkentda boʻlib oʻtgan xalqaro anjumanda Afgʻoniston prezidenti Muhammad Ashraf Gʻani Pokistonning afgʻon yoʻnalishidagi faoliyatini qoralagan va Pokistondagi “Tolibon”* tarafdorlari afgʻon xalqiga yetkazilayotgan ziyonlarni koʻrib ochiqchasiga “bayram qilishayotgani” haqida gapirgan edi.
Razvedka maʼlumotlariga koʻra, oxirgi oy davomida Pokistondan Afgʻonistonga oʻn mingdan ziyod jangarilar kirib kelishgan.
Shu bilan birga, “Tolibon”* xalqaro terroristik tashkilotlar bilan aloqalarni davom ettirmoqda, garchi AQSH bilan Doxada tuzilgan kelishuvga binoan u “Al-Qoida” va boshqa terroristik tashkilotlar (Afgʻoniston hududida 30ga yaqin terroristik tashkilotlar faoliyat yuritib keladi) bilan aloqalarni uzishi kerak edi.
Pokiston “Tolibon”* harakatini qoʻllab-quvvatlayapti va Hindiston bilan mojarolarni davom ettirmoqda. Ushbu raqobat Afgʻoniston va chegaradosh boʻlgan Markaziy Osiyo mamlakatlariga ziyon yetkizadi. Toliblar Pokiston madrasalarida “jihod”ga oʻqitilgan. Mintaqa aholisi bir qismining boshqariladigan, sal oldinroq esa tashqi tomondan moliyalashtirilgan Tolibon*ning diniy-vatanparvarlik ritorikasiga boʻlgan hayrixohligi oʻzini oqlanmaydi. Qoʻshni davlatlarning Diniy davlat mafkuralari yoki manfaatlari Afgʻonistonda koʻp yillik urush davomida vatandoshlarning ommaviy qatl etishiga oqlov sifatida xizmat qila olmaydi.
Imran Xan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.07.2021
Siyosat
Afgʻonistonning barcha qoʻshnilari u yerda tinchlik boʻlishini istaydi - Imran Xan
AQShning Afgʻonistonda yarashuv boʻyicha maxsus vakili Zalmay Xalilzod 20 iyul kuni Islomobodda mamlakat Bosh vazir Imron Xon va Pokiston armiyasi rahbari general Qamar Javod Bajvay bilan muzokaralar oʻtkazdi. Tomonlar, aslida faol ravishda toliblar tomonidan faol sabotaj qilinayotgan, afgʻonlararo tinch muzokaralarning muhimligini qayd etishdi.
Dushmanlikning yana bir misoli. Afgʻoniston va Pokiston tashqi ishlar vazirlari Muhammad Xanif Atmar va Shoh Mahmud Qurayshiy 19 iyul kuni Islomobodda Afgʻoniston elchisi qizining oʻgʻirlab ketilishi masalasini muhokama qildilar. Asirlikdan chiqqanidan keyin qiz shifoxonada yotibdi. Ushbu tasodifan roʻy bermagan hodisa fonida Kobul Pokistondan elchisini va baʼzi diplomatlarni chaqirib oldi.

Qochoqlar hozircha qaytib kelishmoqda

Shimoliy viloyatlardagi shiddatli janglar va Afgʻonistonning chegaraoldi hududlari ustidan toliblar* nazorati qochqinlar oqimini keltirib chiqaradi. Misol uchun, Badaxshon provintsiyasi Vaxon uyezdi Andemin afgʻon qishlogʻi (etnik qirgʻizlar) aholisining kattagina guruhi 14 iyul kuni oʻzlarini va oʻz mulklarini qutqaraman deb, Tojikiston hududiga oʻtdi. Avvalroq, Qirgʻiziston hukumati afgʻon qirgʻizlarini oʻz hududlariga joylashtirishga tayyorligini eʼlon qilgan edi. Biroq, toʻrt kun oʻtgach, barcha 345 Afgʻoniston fuqarolari transport vositalari va 4000 bosh chorva mollari bilan Tojikiston hukumati tomonidan oʻz vataniga qaytarildi.
Uzbekistan, SSHA, Pakistan i Afganistan sozdali novuyu ploщadku konsultatsiy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.07.2021
Siyosat
“AQSH-Oʻzbekiston-Afgʻoniston-Pokiston” - yangi maslahatlashuvlar platformasi
Avvalroq Afgʻonistonning yuzlab harbiy xizmatchilari va tinch aholisi tolibondan qochib Tojikiston va Oʻzbekiston chegaralarini kesib oʻtdilar. Qochqinlar vaqtincha boshpana, oziq-ovqat va tibbiy yordam bilan (BMT konventsiyasiga muvofiq) taʼminlangan, soʻngra afgʻon hududiga qaytarilgan. Agar jangovar harakatlar bosimi ostida migratsiya oqimi oʻnlab va yuz minglab odamlarni tashkil qila boshlasa, ularni operativ tarzda Afgʻonistonga qaytarishning iloji boʻlmaydi. Shunda Markaziy Osiyo mamlakatlari, hattoki, toliblar Afgʻoniston chegaralarini kesib oʻtmagan taqdirda ham afgʻon turbulentligi zonasiga tushib qoladilar.
Turkiyaga (Eron orqali) qochqinlar oqimi tobora oʻsib bormoqda – kuniga 1000 nafargacha afgʻonlarni tashkil etmoqda. Migrantlarning aytishlaricha, ular toliblar oʻz hayotiga tahdid solayotgani tufayli qochmoqdalar va ular moddiy yordam soʻrashmoqda. Turkiya rasmiylari uchun bu oqim kritik nuqtaga yetmagan, ammo koʻplab qochqinlarning hujjatlari yoʻq. Bu holat tolibon yoki giyohvand moddalar savdosini barcha joʻgʻrofiy yoʻnalishlarda kengaytirish uchun ideal niqob. Tolibonning tahdidlariga qaramay, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻan yana 20 iyul kuni yana bir bor Anqara-Kobul xalqaro aeroporti xavfsizligini – Vashingtonning maʼmuriy-moliyaviy koʻmagi yordamida taʼminlashga tayyorligini eʼlon qildi.
Yoʻl-yoʻlakay turk ommaviy axborot vositalari Afgʻonistonda Turkiyani juda yaxshi koʻrishlarini aholi ongiga singdirishmoqda. Matbuotdagi xabarlarga koʻra, musulmonlargacha boʻlgan tarixda Afgʻoniston koʻp sonli turk qabilalari uchun vatan boʻlgan, islom qabul qilingandan keyin Saljuqiylar davlati tarkibiga oʻtib qolgan. Goʻyoki, turklarning borligi (hukmronligi) keyinchalik ham saqlanib qolgan. Afgʻoniston 1921 yil 1 martda “yangi” Turkiyani tan olgan birinchi mamlakat boʻlgan va Turkiyaga birinchi xorijiy tashrifni Afgʻoniston qiroli amalga oshirgan. Bundan kelib chiqadiki, turk qoʻshinlariga Kobuldan ketish aslo mumkin emas.
Erdoʻgʻanning muammosi bitta – murosasiz “qardosh” Tolibonni ushbu gumanitar missiya yoki Anqaraning harbiy avantyurasiga ishontirish. Anqara toliblarni Kobul chegarasida oʻzining dronlari va “subpudratchilari” – toliblar bilan oʻz hisob kitobiga ega boʻlgan islomiy uyuushmalar yordamida “tiyib turish”ni rejalashtirgan. Moskva nima boʻlgan taqdirda ham turklarning ushbu optimizmiga qoʻshilmaydi.

Rossiya va KXSHT pozitsiyalari

Rossiya RF Mudofaa vazirligi Afgʻoniston chegarasida qator yirik kontrterror manevrlarini tayyorlamoqda. Masalan, 30 iyul kuni Surxondaryo viloyatida Rossiya-Oʻzbekiston mashgʻulotlari start oladi. Bunga parrallel ravishda Oʻzbekiston Tojikistonga oʻz aviatsiya va spetsnaslarini tashlamoqda – maqsad chegaradosh Xatlon viloyati Harb-Maydon harbiy poligonida Rossiya-Tojikiston-Oʻzbekiston qoʻshma mashgʻulotlarini oʻtkazishni amalga oshirishdir. Rossiyalik tankchilar 20 iyul kuni u yerdga Tojikistonning Lyaur poligonidan 200 km lik marshni amalga oshirishadi.
Voyennoslujaщiye vo vremya sovmestnыx antiterroristicheskix ucheniy kollektivnыx sil bыstrogo reagirovaniya gosudarstv-chlenov ODKB na poligone Xalkayer v Tadjikistane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.07.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Rossiya, Oʻzbekiston va Tojikiston afgʻon chegarasi yaqinida harbiy mashq oʻtkazadi
Afgʻon chegarasida KXSHT operativ guruhi faoliyat yuritmoqda. Tojikistonda 201-Rossiya harbiy bazasi, Qirgʻisistonda esa “Kant” Rossiya aviabazasi janubiy sarhadlarda kollektiv xavfsizlikni kafolatlaydi.
Masalan, yangilangan Mi-8 vertolyotlarining ekipajlari 22 iyulga qadar Issiqkoʻl viloyatidagi Tyan-Shan togʻlarida joylashgan Edelveys havo zonasida uch kunlik uchish-taktik mashqlari davomida desant tushirishni mashq qiladilar.
Ekstremistlar Markaziy Osiyoga kirib kelgan taqdirda, Moskva KXSHT linyasi boʻyicha va ikki tomonlama asosda oʻz mintaqaviy ittifoqchilariga yordam berishga tayyor – bu printsipial pozitsiyani kecha Rossiyaning Tojikistondagi elchisi Igor Lyakin-Frolov tasdiqladi. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov esa Markaziy Osiyo mamlakatlari oʻz hududlarida Amerika harbiy bazalarini joylashtirish niyatida emasligini eslatib oʻtdi va bu bilan KXSHT mustahkamligi zaxirasini alohida taʼkidladi.
*Tolibon – Rossiya Federatsiyasida taqiqlangan terroristik tashkilot.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala