Toliblar “amirlik” vatanparvarlari emas, Pokiston yollanma jangarilaridir

© AP Photo / Mirwais KhanVoorujennie lyudi v Afganistane
Voorujennie lyudi v Afganistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.07.2021
Obuna bo‘lish
Afg‘onistonda bugun sodir bo‘layotgan jangovar harakatlar zamirida Pokistonning buzg‘unchi roli o‘zini tobora kuchliroq namoyon etmoqda.
Afg‘onistondan AQSh va NATO qo‘shinlarining to‘liq chiqarilishi ortidan toliblar va hukumat qo‘shinlari o‘rtasida o‘ta shafqatsiz qurollangan janglar ro‘y bera boshladi.
Shu bilan birga terroristik harakat davlat hokimiyatini to‘liq qo‘lga olishga ochiqchasiga da’vogarlik qilmoqda, opponentlar bilan kelishishni hatto xohlamayapti va tashqi tomonga tobeligini deyarli yashirmayapti.
20 iyulda bo‘lib o‘tgan Musulmonlarning muqaddas Qurbon Hayit bayrami kunida Qobulda uchta raketa zarbasi yuz berdi – namoz ado etilayetgan vaqtda prezident saroyida uchta raketa portladi. Bir kun oldin toliblar sulh hamda Afg‘onistondagi asirlarni ozodlikka chiqarish haqidagi kelishuv barbod bo‘lgani to‘g‘risida ma’lum qilishgan edi
Jangovar harakatlar zamirida Pokistonning destruktiv (buzg‘unchi) roli tobora o‘zini namoyon etmoqda.
Ashraf Gani - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.07.2021
Ashraf G‘ani ayrim qo‘shni davlatlardan Afg‘oniston ishlariga aralashmaslikni so‘radi
Ilgariroq Toshkentda bo‘lib o‘tgan xalqaro anjumanda Afg‘oniston prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani Pokistonning afg‘on yo‘nalishidagi faoliyatini qoralagan va Pokistondagi “Tolibon”* tarafdorlari afg‘on xalqiga yetkazilayotgan ziyonlarni ko‘rib ochiqchasiga “bayram qilishayotgani” haqida gapirgan edi.
Razvedka ma’lumotlariga ko‘ra, oxirgi oy davomida Pokistondan Afg‘onistonga o‘n mingdan ziyod jangarilar kirib kelishgan.
Shu bilan birga, “Tolibon”* xalqaro terroristik tashkilotlar bilan aloqalarni davom ettirmoqda, garchi AQSh bilan Doxada tuzilgan kelishuvga binoan u “Al-Qoida” va boshqa terroristik tashkilotlar (Afg‘oniston hududida 30ga yaqin terroristik tashkilotlar faoliyat yuritib keladi) bilan aloqalarni uzishi kerak edi.
Pokiston “Tolibon”* harakatini qo‘llab-quvvatlayapti va Hindiston bilan mojarolarni davom ettirmoqda. Ushbu raqobat Afg‘oniston va chegaradosh bo‘lgan Markaziy Osiyo mamlakatlariga ziyon yetkizadi. Toliblar Pokiston madrasalarida “jihod”ga o‘qitilgan. Mintaqa aholisi bir qismining boshqariladigan, sal oldinroq esa tashqi tomondan moliyalashtirilgan Tolibon*ning diniy-vatanparvarlik ritorikasiga bo‘lgan hayrixohligi o‘zini oqlanmaydi. Qo‘shni davlatlarning Diniy davlat mafkuralari yoki manfaatlari Afg‘onistonda ko‘p yillik urush davomida vatandoshlarning ommaviy qatl etishiga oqlov sifatida xizmat qila olmaydi.
Imran Xan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.07.2021
Afg‘onistonning barcha qo‘shnilari u yerda tinchlik bo‘lishini istaydi - Imran Xan
AQShning Afg‘onistonda yarashuv bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Xalilzod 20-iyul kuni Islomobodda mamlakat Bosh vazir Imron Xon va Pokiston armiyasi rahbari general Qamar Javod Bajvay bilan muzokaralar o‘tkazdi. Tomonlar, aslida faol ravishda toliblar tomonidan faol sabotaj qilinayotgan, afg‘onlararo tinch muzokaralarning muhimligini qayd etishdi.
Dushmanlikning yana bir misoli. Afg‘oniston va Pokiston tashqi ishlar vazirlari Muhammad Xanif Atmar va Shoh Mahmud Qurayshiy 19-iyul kuni Islomobodda Afg‘oniston elchisi qizining o‘g‘irlab ketilishi masalasini muhokama qildilar. Asirlikdan chiqqanidan keyin qiz shifoxonada yotibdi. Ushbu tasodifan ro‘y bermagan hodisa fonida Kobul Pokistondan elchisini va ba’zi diplomatlarni chaqirib oldi.

Qochoqlar hozircha qaytib kelishmoqda

Shimoliy viloyatlardagi shiddatli janglar va Afg‘onistonning chegaraoldi hududlari ustidan toliblar* nazorati qochqinlar oqimini keltirib chiqaradi. Misol uchun, Badaxshon provinsiyasi Vaxon uyezdi Andemin afg‘on qishlog‘i (etnik qirg‘izlar) aholisining kattagina guruhi 14-iyul kuni o‘zlarini va o‘z mulklarini qutqaraman deb, Tojikiston hududiga o‘tdi. Avvalroq, Qirg‘iziston hukumati afg‘on qirg‘izlarini o‘z hududlariga joylashtirishga tayyorligini e’lon qilgan edi. Biroq, to‘rt kun o‘tgach, barcha 345 Afg‘oniston fuqarolari transport vositalari va 4000 bosh chorva mollari bilan Tojikiston hukumati tomonidan o‘z vataniga qaytarildi.
Uzbekistan, SShA, Pakistan i Afganistan sozdali novuyu ploshadku konsultatsiy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.07.2021
“AQSh-O‘zbekiston-Afg‘oniston-Pokiston” - yangi maslahatlashuvlar platformasi
Avvalroq Afg‘onistonning yuzlab harbiy xizmatchilari va tinch aholisi tolibondan qochib Tojikiston va O‘zbekiston chegaralarini kesib o‘tdilar. Qochqinlar vaqtincha boshpana, oziq-ovqat va tibbiy yordam bilan (BMT konvensiyasiga muvofiq) ta’minlangan, so‘ngra afg‘on hududiga qaytarilgan. Agar jangovar harakatlar bosimi ostida migratsiya oqimi o‘nlab va yuz minglab odamlarni tashkil qila boshlasa, ularni operativ tarzda Afg‘onistonga qaytarishning iloji bo‘lmaydi. Shunda Markaziy Osiyo mamlakatlari, hattoki, toliblar Afg‘oniston chegaralarini kesib o‘tmagan taqdirda ham afg‘on turbulentligi zonasiga tushib qoladilar.
Turkiyaga (Eron orqali) qochqinlar oqimi tobora o‘sib bormoqda – kuniga 1000 nafargacha afg‘onlarni tashkil etmoqda. Migrantlarning aytishlaricha, ular toliblar o‘z hayotiga tahdid solayotgani tufayli qochmoqdalar va ular moddiy yordam so‘rashmoqda. Turkiya rasmiylari uchun bu oqim kritik nuqtaga yetmagan, ammo ko‘plab qochqinlarning hujjatlari yo‘q. Bu holat tolibon yoki giyohvand moddalar savdosini barcha jo‘g‘rofiy yo‘nalishlarda kengaytirish uchun ideal niqob. Tolibonning tahdidlariga qaramay, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an yana 20-iyul kuni yana bir bor Anqara-Kobul xalqaro aeroporti xavfsizligini – Vashingtonning ma’muriy-moliyaviy ko‘magi yordamida ta’minlashga tayyorligini e’lon qildi.
Yo‘l-yo‘lakay turk ommaviy axborot vositalari Afg‘onistonda Turkiyani juda yaxshi ko‘rishlarini aholi ongiga singdirishmoqda. Matbuotdagi xabarlarga ko‘ra, musulmonlargacha bo‘lgan tarixda Afg‘oniston ko‘p sonli turk qabilalari uchun vatan bo‘lgan, islom qabul qilingandan keyin Saljuqiylar davlati tarkibiga o‘tib qolgan. Go‘yoki, turklarning borligi (hukmronligi) keyinchalik ham saqlanib qolgan. Afg‘oniston 1921-yil 1-martda “yangi” Turkiyani tan olgan birinchi mamlakat bo‘lgan va Turkiyaga birinchi xorijiy tashrifni Afg‘oniston qiroli amalga oshirgan. Bundan kelib chiqadiki, turk qo‘shinlariga Kobuldan ketish aslo mumkin emas.
Erdo‘g‘anning muammosi bitta – murosasiz “qardosh” Tolibonni ushbu gumanitar missiya yoki Anqaraning harbiy avanturasiga ishontirish. Anqara toliblarni Kobul chegarasida o‘zining dronlari va “subpudratchilari” – toliblar bilan o‘z hisob kitobiga ega bo‘lgan islomiy uyuushmalar yordamida “tiyib turish”ni rejalashtirgan. Moskva nima bo‘lgan taqdirda ham turklarning ushbu optimizmiga qo‘shilmaydi.

Rossiya va KXShT pozitsiyalari

Rossiya RF Mudofaa vazirligi Afg‘oniston chegarasida qator yirik kontrterror manevrlarini tayyorlamoqda. Masalan, 30-iyul kuni Surxondaryo viloyatida Rossiya-O‘zbekiston mashg‘ulotlari start oladi. Bunga parrallel ravishda O‘zbekiston Tojikistonga o‘z aviatsiya va spesnaslarini tashlamoqda – maqsad chegaradosh Xatlon viloyati Harb-Maydon harbiy poligonida Rossiya-Tojikiston-O‘zbekiston qo‘shma mashg‘ulotlarini o‘tkazishni amalga oshirishdir. Rossiyalik tankchilar 20-iyul kuni u yerdga Tojikistonning Lyaur poligonidan 200 km lik marshni amalga oshirishadi.
Voyennoslujashie vo vremya sovmestnix antiterroristicheskix ucheniy kollektivnix sil bistrogo reagirovaniya gosudarstv-chlenov ODKB na poligone Xalkayer v Tadjikistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.07.2021
Rossiya, O‘zbekiston va Tojikiston afg‘on chegarasi yaqinida harbiy mashq o‘tkazadi
Afg‘on chegarasida KXShT operativ guruhi faoliyat yuritmoqda. Tojikistonda 201-Rossiya harbiy bazasi, Qirg‘isistonda esa “Kant” Rossiya aviabazasi janubiy sarhadlarda kollektiv xavfsizlikni kafolatlaydi.
Masalan, yangilangan Mi-8 vertolotlarining ekipajlari 22-iyulga qadar Issiqko‘l viloyatidagi Tan-Shan tog‘larida joylashgan Edelveys havo zonasida uch kunlik uchish-taktik mashqlari davomida desant tushirishni mashq qiladilar.
Ekstremistlar Markaziy Osiyoga kirib kelgan taqdirda, Moskva KXShT linyasi bo‘yicha va ikki tomonlama asosda o‘z mintaqaviy ittifoqchilariga yordam berishga tayyor – bu prinsipial pozitsiyani kecha Rossiyaning Tojikistondagi elchisi Igor Lyakin-Frolov tasdiqladi. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov esa Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘z hududlarida Amerika harbiy bazalarini joylashtirish niyatida emasligini eslatib o‘tdi va bu bilan KXShT mustahkamligi zaxirasini alohida ta’kidladi.
*Tolibon – Rossiya Federatsiyasida taqiqlangan terroristik tashkilot.
Yangiliklar lentasi
0