Botir Qurbonov: O‘zbekistonda koronavirusning "uxan" shtammi keng tarqalgan

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaBotir Kurbonov
Botir Kurbonov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.07.2021
Obuna bo‘lish
Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti shu kunlarda yaqin istiqbolda koronavirusning "delta" shtammi butun dunyoda dominant (yetakchi) shtammga aylanishidan ogohlantirdi
TOShKENT, 22-iyul - Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i boshlig‘i o‘rinbosari, tibbiyot fanlari nomzodi Botir Qurbonov Sputnik O‘zbekiston muxbiri bilan suhbatda bugungi kunda O‘zbekistonda koronavirusning qaysi shtammi keng tarqalgani haqida aytib o‘tdi.
Qurbonovning aytishicha, Respublikada koronavirusning birinchilardan bo‘lib aniqlangan "Uxan" shtammi bugungi kunda eng keng tarqalgan shtamm maqomini saqlab qolmoqda.
Gospital dlya bolnix COVID-19 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.06.2021
BSST: "delta" shtammi dastlabki koronavirusdan ikki barobar yuqumliroq
"Bugungi kunda dunyoning 130dan ortiq davlatida, jumladan O‘zbekistonda ham hindcha yoxud “delta” shtamm, shu bilan birga janubiy afrikacha, brazilcha va boshqa shtammlar ham aniqlangan. Ammo O‘zbekiston Respublikasida birinchilardan bo‘lib aniqlangan "Uxan" shtammi Respublikada dominantlikni saqlab kelmoqda", - deya aniqlik kiritdi epidemiolog.

Uxan virusi

Koronavirusning Uxan shtammi rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyning Uxan shahridagi bozorlarning birida bo‘lgan odamlarda aniqlangan.
Povsednevnaya jizn v Pekine - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.06.2020
Pekinda topilgan virus Uxandagidan ko‘ra yuqumliroq - mutaxassis
Uxan virusi — o‘tkir respiratorli virus infeksiyasi bo‘lib, ORVI belgilariga o‘xshash belgilar bilan namoyon bo‘ladi. Koronavirus inson organizmiga burun va og‘iz bo‘shlig‘i, ko‘z shilliq pardasi orqali kirib, o‘pkaga yetib boradi va ko‘pchilik insonlarda keng qamrovli yallig‘lanish jarayonini avj oldiradi.
Uxan kovidining simptomlari: temperatura ko‘tarilishi, quruq yo‘tal, toliqishdir. Shuningdek, bemorda hid va ta’m sezish yo‘qoladi, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi holatlari kuzatilishi mumkin.

O‘ta xavfli shtamm paydo bo‘lishi mumkin

Dunyoda koronavirusning yanada xavfliroq shtammi paydo bo‘lishi mumkin, deb bayonot berdi shu kunlarda Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Gebreyesus.
Tashkilot rahbarining aniqlik kiritishicha, yangi mutatsiya "delta" variantidan ham qo‘rqinchliroq bo‘lishi mumkin.
Proizvodstvo vaksini Sputnik V - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.07.2021
"Sputnik V"ning koronavirusning yangi shtammlariga qarshi samaradorligi aniqlandi
Tedros Gebreyesusning so‘zlariga ko‘ra, infeksiya tarqalishining davom etaverishi yangi shtamm paydo bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkin.
"Virus qanchalik keng tarqalsa, uning variantlari ham shunchalik ko‘payadi, ular orasida hatto hozirda eng ko‘p ziyon yetkazayotgan "delta" variantdan ham xavfliroqlari paydo bo‘lishi mumkin", - dedi Gebreyesus.
BSST vakilining ta’kidiga ko‘ra, bunday tendensiyada virusning hatto vaksinalar himoyasini ham chetlab o‘tadigan shtammi paydo bo‘lishi ehtimoli bor.
Ayni vaqtda "misli ko‘rilmagan choralarni talab etuvchi" "misli ko‘rilmagan inqiroz" kuzatilmoqda, deya qayd etdi u.
BSST Favqulodda holatlar qo‘mitasi koronavirusning yangi shtammlari xavfi haqida oldin ham ko‘plab marotaba ogohlantirgan, jumladan, o‘shanda virusning yangi turlari yanada xavfli va yuqumli bo‘lishi hamda bu shtammlarni boshqarish hozirgiga qaraganda ancha qiyin bo‘lishi haqida gap borgandi.
Yangiliklar lentasi
0