Jamiyat

Buxoroda Asakabank xodimlari ikki million dollarni "yeb yubordi"

© SS0 / Unsplash / Celyn KangDollarы, illyustrativnoye foto
Dollarы, illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.07.2021
OTBning Meva-sabzavotchilikni rivojlantirish maqsadida ajratgan kreditini buxorolik firibgarlar yeb yubordi.
TOSHKENT, 22 iyul – Sputnik. “Asakabank” xodimi Osiyo Taraqqiyot bankining 2 mln. dollar miqdoridagi kredit mablagʻlarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritib, talon-taroj qilib yubordi, deb xabar qilmlqda Buxoro vloyati IIBB.
Maʼlum boʻlishicha, “Asakabank” Buxoro filiali sobiq mansabdori, “G.B.A.” va “K.s” MCHJlari rahbarlari bilan til biriktirgan holda, hujjatlarni qalbakilashtirish yoʻli bilan, 2 mln AQSH dollari miqdorida kredit mablagʻlarini qoʻlga kiritgan.
Kredit mablagʻlari yetarlicha kafolatlanmagani va oʻz vaqtida qaytarilmagani sababli davlatga jami 1 mln 640 ming AQSH dollaridan (17,3 mlrd. soʻm) ziyod zarar yetkazilgan.
“Osiyo taraqqiyot banki” tomonidan ajratilgan kredit mablagʻlari, aslida, Oʻzbekiston prezidenti qaroriga muvofiq Meva-sabzavotchilik tarmogʻida qoʻshilgan qiymat yaratish zanjirini rivojlantirish maqsadlarida ishlatilishi kerak boʻlgan.
Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh: JKning 168-moddasining 4 – qismi – “Uyushgan guruh tomonidan juda koʻp miqdorda firibgarlik” qilishni nazarda tutadi. Ushbu jinoyat uchun 8 yildan 10 yilgacha qamoq jazosi yoki yetkazilgan zararni toʻliq qoplagan taqdirda – qamoq jazosi qoʻllanmasligini nazxarda tutadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala