Madaniyat

Eksklyuziv: Zarina Nizomiddinova kinodan tashqarida asosiy roli haqida soʻzlab berdi

Zarina Nizomutdinova - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.07.2021
Baʼzi muxlislar “oʻzbek kinosi yulduzi Zarina Nizomiddinova litsenziyadan mahrum etildi" desa, boshqalar esa kinoga tushish taklif qilinmayotganligi tufayli u soyaga ketdi, deb hisoblamoqda.
Biroq, aktrisa hozirgi butun vaqtini nimaga sarflayotgani haqida soʻzlab, turli mish-mishlarni rad etdi.
Rufina Jalyayeva. Mashhur oʻzbek aktrisasi Zarina Nizomiddinova karyerasining eng yuqori choʻqqisida toʻsatdan ekranlardan gʻoyib boʻldi va mamlakatni tark etdi. Ammo muxlislar taniqli shaxsning hayotini Instagram’dagi akkaunti orqali kuzatishni davom etmoqdalar, u yerda aktrisa oilaviy hayoti haqida yorqin surat va videoroliklarni namoyish qilmoqda. Maʼlumki, bir yildan koʻproq vaqt oldin 32 yoshli yulduz turmushga chiqdi va Moskvaga koʻchib oʻtdi, ikkinchi marta farzandli boʻldi va oʻzini oilasiga butunlay bagʻishladi.
Zarina Nizomiddinova Sputnik Oʻzbekistonga bergan intervyusida hozirgi hayoti va kelajakka qanday rejalar tuzgani haqida soʻzlab berdi.
Zarina Nizomutdinova - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.07.2021
Zarina Nizomutdinova
- Rossiya kinosida suratga tushishni rejalashtiryapsizmi? Takliflar boʻldimi?
- Men bu haqda hali oʻylamayapman, hozirda men bola tarbiyasi bilan shugʻullanyapman. Ehtimol, kelajakda harakat qilaman, koʻramiz, qanday boʻlishini.
Zarina Nizomutdinova - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.07.2021
Zarina Nizomutdinova
- Xitoy film yoki seriallarida suratga tushganmisiz?
- Ha, men Xitoyda “Katta oʻzgarish” tarixiy serialida suratga tushganman. Rejissyor Li Vey.
Zarina Nizomutdinova - Sputnik Oʻzbekiston

Serial 2019 yil may oyida Hendyanda suratga olingan. Unda Ikkinchi Jahon urushi davrida Xitoyda sodir boʻlgan voqealar haqida hikoya qilinadi.

Zarina Nizomoddinova filmda agent Anna rolini oʻynagan.

- Aytishlaricha, koʻpincha kinoda muvaffaqiyatga erishish yosh aktrisalar oʻz printsiplaridan voz kechishiga bogʻliq, Siz bunga duch kelganmisiz?
- Men uchun qolganlarga qaraganda omadliroq boʻldi, chunki menda - otamning qoʻllab-quvvatlovi boʻlgan! U har doim hamma narsada meni qoʻllab-quvvatlagan. Uni juda yaxshi koʻrishardi va hurmat qilishardi. U Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan artist, "Yalla" ansamblining asoschisi boʻlgan, uning qoʻshiqlari hali ham zavq bilan tinglashadi.
Shaxboz Nizomutdinov - Sputnik Oʻzbekiston
Shaxboz Nizomiddinov

Afsonaviy "Yalla" ansamblining asoschilaridan biri. U Oʻzbekiston SSR teleradio qoʻmitasida, Oʻzbekiston estrada va simfonik orkestrida ishlagan.

Nizomiddinov 2015 yilda vafot etdi.

- Oila uchun nimadan voz kechishga toʻgʻri keldi?
- Oʻzimning jonajon mamlakatimdan ketish, oilam va doʻstlarimdan uzoqda yashashga toʻgʻri keldi, men ularni juda sogʻinaman, mening uyim - mening oilam boʻlgan joyda!
Zarina Nizomutdinova - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.07.2021
Zarina Nizomutdinova
- Xeyterlaringiz bormi, ularning hujumlari tez-tez boʻlib turadimi, ularning soʻzlariga qanday munosabat bildirasiz?
- Menda juda koʻp xeyterlar bor va nafaqat Instagramda. Ammo ularga umuman ahamiyat bermayman. Ularning sharh va xabarlarini oxirgi marta qachon oʻqiganimni eslolmayman.
Zarina Nizomutdinova - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.07.2021
Zarina Nizomutdinova
- Oilangiz haqida gapirib bering, farzandlaringiz nima bilan shugʻullanishadi, kelajakda kim boʻlishni xohlashadi?
- Toʻngʻich oʻgʻlim Temurxon endi oʻrta maktabda oʻqiydi, koʻchib oʻtgandan soʻng, davomati yaxshilandi, ammo u hali kelajakda kim boʻlishni tanlamadi, kenja farzandim esa atigi bir yoshu 4 oylik - u hozircha deyarli gapirmaydi, shuning uchun uning kelajakdagi rejalari haqida hali bilmaymiz.
- 2012 yilda Volokolamsk xalkaro kinofestivalida siz “Parizod” filmi uchun "eng yaxshi aktrisa" mukofotini oldingiz, bu ijodiy hayotingizni qanday oʻzgartirdi?
- Tabiiyki, har bir mukofot bir qadam, men oʻz yurtimdan tashqarida mukofot olganimdan juda baxtiyor edim. Oʻylaymanki, bu juda yaxshi.
Maʼlumot uchun:

"Parizod" - oʻzbek rejissyori Ayub Shaxobiddinov, film 2012 yilda “Kinoshock” kinofestivali "Oltin tok" gran-pri sohibi boʻlgan.

Film "Oʻzbekkino" Milliy agentligi buyurtmasi bilan "Oʻzbekfilm" kinostudiyasida suratga olingan.

- Oʻzbekistonga qaytish rejangiz bormi?
- Men xohlagan vaqtda oʻz yurtimga kelishim mumkin. Ammo men, ehtimol, Moskvada yashayman, chunki oilam shu yerda.
Zarina Nizomutdinova - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.07.2021
Zarina Nizomutdinova
- Kinodagi ilk qadamlaringiz haqida gapirib bering, eng oʻz ijodiy faoliyatini boshlayotgan aktrisalarga nima maslahat berasiz?
- Kinoga birinchi marta taklif qilinganimda, men 16 yoshda edim. Bu "Yoʻl boʻlsin" filmi edi. Shundan soʻng meni turli xil toʻliq metrajli film, serial va kliplarga taklif qilishni boshlashdi.
"Yoʻl boʻlsin" filmi

"Yoʻl boʻlsin" filmi rejissyori Kamara Kamalova.

Film davlat mukofotiga sazovor boʻlib, turli kinofestivallarda ishtirok etdi.

Agar kasb xudodan belgilab berilgan boʻlsa, deydi Zarina Nizomiddinova, unda muvaffaqiyatga osonlikcha erishiladi. Shu bilan birga, yulduz hech qachon aktrisa boʻlishni orzu qilmaganligini tan oldi, chunki u mashhurlikni hayotga xalaqit beradigan ogʻirlik deb hisoblagan.
Ammo taqdir boshqacha tarzda kechdi: muvaffaqiyatli debyutdan soʻng, respublikaning eng yaxshi rejissyorlari oʻsha paytda hali tegishli sohada maʼlumotga ega boʻlmagan yosh aktrisaga rollarni taklif qila boshladilar.
"Endi tushunmoqdaman, agar hamma narsa osonlikcha va muvaffaqiyatli ketayotgan boʻlsa, demak, bu sizning yoʻlingiz, unda toʻxtab qolmaslikkerak", - deydi Zarina Nizomiddinova.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala