Jamiyat

Epidemiolog Oʻzbekistonda COVID-19 bilan bogʻliq vaziyatga izoh berdi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Fotobankka oʻtishGospital dlya bolnыx COVID-19
Gospital dlya bolnыx COVID-19 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.07.2021
Epidemiologning aytishicha, 2021 yilning 10-12 iyunidan boshlab Respublikada kun sayin kasallik koʻrsatkichi har kuniga bir necha holatga koʻpayib borayotgani rost, biroq bu vaziyat juda ham murakkab, deyishga asos boʻla olmaydi
TOSHKENT, 22 iyul - Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshligʻi boshligʻi oʻrinbosari, tibbiyot fanlari nomzodi Botir Qurbonov Oʻzbekistonda COVID-19 bilan bogʻliq vaziyatga baho berdi.
"Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi boʻyicha epidemik vaziyat murakkabligicha saqlanib qolmoqda. Bu qanchalik xavfli?", - degan savolga javob berar ekan, Qurbonov kasallik koʻrsatkichi 2021 yilning 10-12 iyunidan boshlab har kuniga bir necha holatga koʻpayib borayotganini tasdiqladi, biroq bu respublikadagi vaziyat juda ham murakkab, deyishga asos boʻlolmasligini qoʻshimcha qildi.
Lecheniye bolnыx s COVID-19 v GKB №52 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.07.2021
Jamiyat
Antirekord: Oʻzbekistonda bir sutkada 719 kishida koronavirus aniqlandi
"Vaziyat juda ham murakkab deb ayta olmayman, chunki qoʻshni davlatlar - masalan, Rossiya Federatsiyasi, Qozogʻiston Respublikasi, qoʻshni boshqa respublikalar, jumladan Afgʻonistonda ham epidemik vaziyat Oʻzbekiston Respublikasiga qaraganda bir muncha mushkulligicha saqlanib qolmoqda", - dedi Qurbonov.
SSV xabariga koʻra, 2021 yilning 21 iyul holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 122 048 (+719) nafarni tashkil etmoqda. Shuningdek, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 814 nafarni tashkil qilmoqda.
Qurbonovning izoh berishicha, oʻlim holatlariga asosan kasallanganlarning oʻz vaqtida shifoxonaga murojaat qilmasligi sabab boʻlmoqda. Shuningdek, surunkali kasalligi bor bemorlar va oʻzboshimchalik bilan davolanayotgan bemorlar orasida ham oʻlim holatlari kuzatilmoqda.
V Tashkente nachali vaktsinatsiyu v mestax massovogo skopleniya lyudey - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.07.2021
Jamiyat
SSV aholining aksariyat qatlamini majburiy vaktsinatsiya qilish haqida qaror qabul qildi
Sanitariya va epidemiologik-osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshligʻi oʻrinbosarining soʻzlariga koʻra, kasallikka chalinganlarning asosiy qismi – yirik shaharlarda, aholi zich joylashgan hududlarda qayd etilmoqda.
Xususan, Toshkent shahrida har kuni 100dan ortiq kasallik qayd etilayotgan boʻlsa, poytaxtga chegaradosh boʻlgan Toshkent viloyatida ham kasallikka chalinganlar koʻp qayd etilmoqda.
Kasallik qayd etilishi holatlari boʻyicha Sanepidxizmat tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Surishtiruv xulosalariga koʻra, kasallikning asosiy qismi - 95 %ga yaqini - kasallanganlar bilan muloqotda boʻlganlar, aniqroq qilib aytganda, yaqinlari, qarindoshlari bilan bitta uyda yashovchi shaxslar oʻrtasida, qolaversa, infektsiya oʻchoqlarida - kasallik qayd etilgan hudud (manzil)da fuqarolar orasida qayd etilmoqda.
Chetdan kirganlar orasida infektsiyani yuqtirish har kunlik koʻrsatkichda jami 1-2tagacha holatni tashkil etmoqda, 99% holatda kasallik Oʻzbekistonda istiqomat qilayotgan kasallikka chalingan fuqarolar bilan muloqotda boʻlganlar orasida kuzatilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala