O‘zbekiston vino sanoati: muammo, yechim va istiqbollar – Leonid Xolod bilan suhbat

© SputnikLeonid Xolod
Leonid Xolod - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.07.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston vinosining eksport salohiyati juda yuqori, deydi iqtisod fanlari doktori, Rossiya Qishloq xo‘jalik vazirining sobiq o‘rinbosari Leonid Xolod.
TOShKENT, 22-iyul — Sputnik. Bugungi kunda O‘zbekistonda uzumning 37ta turi yetishtiriladi, respublikada 40dan ortiq vino zavodlari faoliyat yuritmoqda.
Jahon bozorida uzumga bo‘lgan talab yil sayin oshib bormoqda. O‘zbekistonda uzumning ho‘l meva va quritilgan ko‘rinishda (mayiz) eksport qilish imkoniyatlari juda keng. O‘zbekiston hududida uzumchilik sanoatini rivojlantirish uchun Buxoro viloyatining Qorovulbozor tumani, Samarqand, Toshkent va Farg‘ona viloyatlari iqlimi juda qulay hisoblanadi.
2021 yilda O‘zbekiston uzum eksportini 200 mln dollarga, tabiiy vinolar eksportini esa - $50 mln dollargacha yetkazishni niyat qilgan.
Bokali s vinom vo vremya provedeniya degustatsii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.03.2018
Vinochilik sohasidagi islohotlar: yangi qonun va sharob festivali
O‘zbekistonda vinochilik sanoatining ham istiqbollari porloq bo‘lishi mumkin, buning uchun respublikada asosiy xom-ashyo – ya’ni uzum yetarli. Lekin aynan vinochilikni samarali rivojlantirish uchnu bir qator muammolar majud bo‘lib qolmoqda, deydiy Xolod.
Birinchidan, bu O‘zbekiston uzumining o‘ta shirinligi, quyoshli kunlar ko‘pligi sababli O‘zbekistonda yetishtirilgan uzumlarda shakar miqdori juda yuqori bo‘ladi. Bunday uzumdan esa spirtsiz vino (suxoe vino) ishlab chiqarish mushkul. Shuning uchun O‘zbekistonda asosan muskat, kagor va portveyn kabi shirin va desert vinolar ko‘proq ishlab chiqariladi. Bunday vinolarga esa jahon bozorida talab kamroq, deydi ekspert.
So‘nggi vaqtlarda quruq vino ishlab chiqarish uchun O‘zbekistonda boshqalarnikiga o‘xshamagan texnologiya qo‘llanilmoqda. Bunda uzumlar hali pishmasdan terib olish yoki uzumzorlarni tog‘ oldi hududlarida tashkil qilish, mevalarni qo‘yoshdan himoya qiladi va shakar miqdori oshib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Otabek Mustafayev - direktor Agentstva po razvitiyu vinogradstva i vinodeliya pri Ministerstve selskogo xozaystva Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.02.2020
O‘zbekistondan Rossiyaga vino va konyak eksportiga nimalar to‘sqin bo‘lmoqda?
Ushbu yo‘nalishda O‘zbekiston hatto Rossiyaning Kurchatov nomidagi o‘simliklar genetikasi ilmiy instituti bilan ham hamkorlik qilmoqda. Yaqinda ushbu institut direktori Mixail Kovalchuk Toshkentda bo‘lib ikki tomonlama hamkorlik istiqbollarini muhokama qilgan edi.
Ikkinchi katta muammo, bu O‘zbekiston vinosi haqida jahon bozorida ma’lumot juda kamligi va o‘zbek brendlarini hech kim bilmasligi. Shuning uchun ham sifatli vinolarni targ‘ib qilish kerak, mutaxassislarni va xaridorlarni jalb qilish kerak, jumladan o‘zbek taomlari restoranlari orqali ham. Davlat bu sohada vinochilarga yordam berishi kerak, deb hisoblaydi ekspert.
Yana bir muammo bu – O‘zbekiston ichida iste’mol qilinayotgan spirtli ichimliklar orasida vino ulushi atigi 2%ni tashkil qiladi. Ushbu fakt ham soha rivojlanishiga xizmat qilmaydi, albatta.
“Uzumchilik – bu O‘zbekiston raqobatbardosh bo‘lgan sohalardan biridir, deydi Leonid Xolod. Ushbu so Hukumat tomonidan qo‘lab quvvatlanayotgani – bu juda yaxshi. Kelajakda bu sohani rivojlantirishga xizmat qiladi”.
Yana bir soha, bu distillyatlar ishlab chiqarish va ularni eksport qilish. Qozog‘istonda bug‘doy ko‘p yetishtiriladi, shu sababli ushbu mahsulot bo‘yicha hozircha u yetakchilik qilmoqda. Lekin uzum distillyatlari ishlab chiqish bo‘yicha O‘zbekiston ham yetakchi bo‘lishi mumkin, deb hisoblaydi ekspert.
“O‘zbekiston o‘z hududiga xos bo‘lgan uzum sortlari bilan ishlaydi, shu sababli ham mahalliy vinochilar mahsuloti xorijiy vino mahsulotlaridan farq qiladi. Vino ishlab chiqarishda mahalliy uzum sharbati, uzum turpi (jom), uzum donachalari va uzum boshlaridan foydalaniladi”, - dedi ekspert.
Festival Zolotaya grozd vinograda v Krimu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.04.2019
Uzum yetishtiruvchilar va vino tayyorlovchilarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etildi
Ma’lumot uchun, Markaziy Osiyo hududida uzum yetishtira boshlanganiga 6 ming yil, vinochilik bilan shug‘ullanish boshlanganiga ham taxminan shuncha vaqt bo‘lgan. Faqatgina VII asrda musulmon dini kirib kelishi bilan vinochilik sanoati inqirozga uchragan, lekin vino ishlab chiqarish butunlay yo‘q bo‘lib ketmagan.
Rossiya Imperiyasi 19-asrda Markaziy Osiyoga kirib kelganidan so‘ng Toshkentda Ivan Pevushin va Samarqandda Dmitriy Filatov ismli savdogarlar tomonidan vino zavodlari qurilgan. Ushbu zavodlar vino mahsuloti Rossiyada katta shuhrat qozongan va Parij ko‘rgazmalarida sovrinlarga ega bo‘lgan.
Sovet Ittifoqi davrida ham O‘zbekistonda vinochilik sanoati rivojlanshiga alohida e’tibor qaratilgan. Respublikada 13,6 mln dekaltir vino ishlab chiqarilgan va ushbu ko‘rsatgich bo‘yicha O‘zbekiston Moldova, Armaniston va Gruziya bilan raqobat qilgan. O‘zbekiston vinolari Ittifoq va xorijiy ko‘rgazmalarda sovrinlar olgan.
Yangiliklar lentasi
0