Kolumnistlar

Ukraina endi jim boʻladi. Bayden va Merkel “Shimoliy oqim” haqida kelishib olishdi

Rossiya “Shimoliy oqim-2” bilan Ukrainani shantaj qilish niyati yoʻq, u Kiyevga bosim oʻtkazish dastagi ham emas, shunchaki tijoriy loyihadir - demoqda Kreml.
TOSHKENT, 22 iyul — Sputnik. AQSH va Germaniya orasida imzolangan kelishuv tafsilotlari aniq boʻlmasdan turib Kiyev Vashingtonni “aql bilan ish qilishga” chaqira boshlagan edi. Ukraina xulosasiga koʻra, “Shimoliy oqim-2” nafaqat Ukrainaga balkim butun dunyoga xavf solmoqda.
“Rossiya har doim energiya manbaalaridan siyosiy bosim oʻtkazish vositasi sifatida foydalanish niyati yoʻqligini taʼkidlab kelgan. Bu hech qachon boʻlmagan va boʻlmaydi ham. Barcha kelishuvlar tijoriy maqsadga asoslangan”, - deb tushuntiradi Dmitriy Peskov qayta-qayta.
Vashington va Berlin orasida imzolangan yangi shartnomaning mohiyati – Rossiya energiya manbaalaridan siyosiy qurol sifatida foydalanishga yoʻq qoʻymaslik. Bu borada Vashington Ukraina va Polsha bilan maslahatlashgani ham maʼlum.
Davlat Departamenti xulosasiga koʻra, nemislar murosaga kelish uchun idrokli takliflar bildirishgan va natijada Vashington 98%ga yakunlangan gaz quvuri ishga tushishiga toʻsqinlik qilmaydigan boʻlgan.
Agar Rossiya gaz quvuridan suisteʼmol qilish niyatlari aniqlangan holda, Germaniya bunga qarshi chora koʻradi. Oldin Germaniya Moskvaga qarshi bir tomonlama choralar koʻrishga qarshi edi. Aftidan hozir ham bundan xursand emasga oʻxshaydi.
Flagi Rossii, YES, Frantsii i gerb Nitstsы na naberejnoy Nitstsы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.06.2021
Kolumnistlar
"Shimoliy oqim— 2"ga qarshi soʻnggi jang boshlandi
Shuningdek, Berlin “Yashil fond”ga investitsiyalar kiritishga tayyor. Ushbu fond Ukrainaga ekologik toza energiya manbaalariga oʻtishga yordam berishi kerak. Gap kamida bir milliard dollar haqida ketmoqda. Germaniya uning birinchi toʻlovi – 175 mln dollarini toʻlashgan rozi boʻlgan. Yana Berlin Kiyevga energetika manbaalari boʻyicha maxsus vakilini yuboradi va unga 70 mln dollar ham berib yuboradi.
Undan tashqari, Berlindan Rossiya va Ukraina orasida gaz tranziti boʻyicha shartnomani kamida yana 10 yilga choʻzishda yordam koʻrsatishni talab qilishmoqda. Uning muddati 2024 yilda tugaydi. Bu mavzuda Merkel Putin bilan 21 iyul kuni kechqurun telefon orqali muloqot qildi.
Rossiya prezidenti “Shimoliy oqim-2” loyihasini ishga tushirishda Germaniyaning harakatlarining qatʼiy va ketma-ketligini yuqori baholadi va loyiha “faqat tijoriy xarakterga” ega ekanini taʼkidladi. Suhbat yakunida Moskva ham Berlin ham “oqim”ning qurib bitkazilishiga yaqin vaqt qolganidan mamnunliklarini bildirishdi.

Kim qarshi

Ukraina “Shimoliy oqim-2”ga qarshi soʻnggi damga qadar kurash olib bordi. Vladimir Zelenskiy SHO-2ning taqdiri AQSH qoʻlida ekanini va YEI ularga ergashishi kerakligini taʼkidlab keldi. U Merkel bilan 12 iyul kuni Berlinda uchrashib loyihani bekor qilishni soʻradi, lekin rad javobini oldi.
Shundan soʻng Kiyev Merkelni “Ukraina manfaatlarini sotganini” eʼlon qildi. Politico, nashri yozishiga koʻra, Vashington Kiyevdan oʻzini bosib olishni soʻragan. Omma oldida hamkorlar rejasiga qarshi chiqish amerika-ukraina munosabatlariga zarar yetkazishi mumkin.
Annalena Berbok - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.07.2021
Kolumnistlar
“Shimoliy oqim-2” dushmani Germaniyada shitob bilan yutqazmoqda
AQSH va Germaniyaning Shimoliy Oqim boʻyicha kelishuvi bir qator amerikalik senatorlarga ham maʼqul kelmagan. Texaslik respublikachi Ted Kruz ushbu kelishuvni "AQSH uchun halokat va Putinning bulajak avlodlar uchun siyosiy gʻalabasi" deb atadi.
“Ukraina va Yevropa siyosatini Putinga topshirishdi” dedi yana bir respublikachi Stiv Uomak. Uchinchi respublikachi Jim Rish aytishiga koʻra, 11 avgust kuni Yevropa energetika xavfsizligini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun chiqali (PEESA), oʻshanda Oq uy – sanktsiyalardan nima maqsadda voz kechganini yozma ravishda tushintirib berishga majbur boʻladi.
Amerika hukumati PEESAdoirasida sanktsiyalar kiritish huquqini saqlab qolishgan.
Befoyda qarshilik
Ukrainalik iqtisodchi Aleksandr Oxrimenko aytishiga koʻra, kiyev yirik sarmoyalar kutishi kerak emas. Rossiyaga taʼsir oʻtkazishning yoʻli yoʻq.
“Shartnoma shunchaki rasmiyatchilik uchun boʻladi. U yerda energetik shantajga yoʻl qoʻymaslik uchun umumiy iboralar boʻladi xolos, Ukraina nomi esga olinmasligi ham mumkin”, - dedi RIA Novosti bilan boʻlgan suhbatda iqtisodchi.
Germaniyalik siyosatchi Aleksandr Rar ham xuddi shunday fikrda. “Kiyev bayonoiga ыaraganda, ular pul kutayapti. Lekin hozir vaziyat boshqacha. Ukrainaga hech kim shunchaki Rossiyaga qarshilik koʻrsatgani uchun pul sovgʻa qilmaydi, - deydi u. Muqobil uslub – nemis kompaniyalarini Ukrainada biznes qilishga jalb etish. Lekin buning uchun sharoit yetishmaydi: huquqiy tizimga oʻzgartirish kiritish kerak, xususiy mulk borasida”.
Sudno-truboukladchik Fortuna - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.01.2021
Dunyoda
AQSH “Shimoliy oqim-2”ga qarshi yangi sanktsiyalar joriy etdi
Bu narsa amerikaliklarga ham taaluqli. Ular oʻz suyultirilgan gazni Germaniyaga sotishdan manfaatdor emas (chunki Osiyo bozorida u 2 baravar qimmat turadi) va shu bilan birga Ukraina rivojlanpishi uchun poʻl toʻlashni ham istamaydi, - deydi Rar.
“Bu koʻproq transalantik munosabatlar muammosi, Moskva va Vashington muammosi emas. Buni Amerika siyosatining magʻlubiyati yoki sogʻlom fikr gʻalabasi deyish mumkin. Bayden katta yoki kichik xato orasida birni tanlash kerak edi. U AQShning asosiy hamkorlaridan biri bilan munosabatlarni buzishni istamadi”, - deydi Rossiya xalqar ishlar boʻyicha kengashi direktori Andrey Kortunov.
Buni koʻproq Germaniya gʻalabasi deyish mumkin.
“Merkel boʻsh kelmadi, natijada amerikaliklar oʻz rejelaridan voz kechishga majbur boʻlishdi”, - deydi Kortunov.
“Bu bosqichda ushbu loyihaning amalga oshirilishiga qarshilik qilish befoyda edi, - deydi Iqtisodiyot oliy maktabi xalqaro munosabatlar boʻlimi dotsenti Tatyana Romanova. Lekin kelajakda yangi xavflar paydo boʻlishi mumkin. 2030-2035 yillarda muqobil energetika manbaalari rivojlanishi bilan muammo AQSH bosimida emas Yevropada energetika balansi oʻzgarishiga koʻproq bogʻliq boʻladi”.
Uzoq vaqt davomi etgan kurash va tortishuvlardan soʻng “Shimoliy oqim-2” loyihasi yakuniga yetmoqda. Germaniya ushbu quvur uchun uzoq vaqt kurashdi. Angela Merkel hukumatni tark etganidan soʻng ham Germaniya ushbu loyihadan voz kechmaydi. Yashil energetika ham oʻz yoʻliga, gazning baribir oʻz oʻrni bor. Demak juda qimmat va uzoq kutilgan loyiha oʻzini oqlaydi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala