Jamiyat

Avtomobilda kelgan xorijlikda COVID aniqlansa – u Oʻzbekistonga kiritilmaydi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovSituatsiya v Termeze i na granitse s Afganistanom
Situatsiya v Termeze i na granitse s Afganistanom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.07.2021
Chegarada koronavirus aniqlangan xorijiy davlat fuqarolari Oʻzbekiston hududiga kiritilmaydi - maxsus shtab.
TOSHKENT, 23 iyul – Sputnik. Oʻzbekistondan chegarasidan avtoyoʻl orqali kirib kelayotganlar chet elliklarda COVID-19 aniqlansa respublika hududiga kiritilmaydi, deb xabar qildi Koronavirusga qarshi kurash shtabi aʼzosi Botir Qurbonov AOKAda oʻtkazilgan brifingda. "Rasmiy xabarlar"ga asosan.

Oʻzbekistonning avtoyoʻl chegaralarida ekspress-test tahlilida musbat natija qayd etiladigan taqdirda, chet el fuqarolari, Oʻzbekistonda doimiy yashashga ruxsatnomasi boʻlmagan shaxslar Respublika hududiga kiritilmaydi, - deyilgan xabarda.

Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan va Oʻzbekiston Respublikasida doimiy istiqomat qilayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar bundan mustasno sanaladi.
Eslatib oʻtamiz, 20 iyuldan boshlab Oʻzbekiston chegara nazorat punktlarida barcha kirib kelayotgan shaxslarni oʻz mablagʻlari hisobidan ekspress antigen tahlil topshirishlari va manfiy natija qayd etilgan holdagina Respublika hududiga kiritilishiga ruxsat berilgan edi.
Politseyskiye v maskax na ulitsax Tashkenta - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.06.2021
Jamiyat
Oʻzbekistonda yangi karantin cheklovlari kiritildi
Ekspress-test davomida Oʻzbekiston fuqarolari va Respublikada yashashga ruxsat berilgan fuqarolarda koronavirus infektsiyasi aniqlanganda – ular maxsus shifoxonalar yoki kasallik darajasiga yengil boʻlganda - uy sharoitida davolanishga yoʻnaltiriladi.
Shuningdek, Soʻx, Shohimardon, Choʻnqara, Toshtepa aholi punktlarida ashovchi Oʻzbekiston fuqarolaridan test tahlillarini topshirish talab etilmaydi.
Mazkur tartib alohida hududlarga kirib-chiqayotgan Qirgʻiziston Respublikasi fuqarolariga tadbiq etiladi.
Har kuni ishga qatnayotgan Oʻzbekiston va Qirgʻiziston davlatlari oʻrtasida kunlik qatnab, faoliyat amalga oshirayotgan shaxslarga alohida imtiyoz berildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala