Sport

“Jenoa” bosh murabbiyi Eldor Shomurodovni sotishga veto qoʻydi

Eldor Shomurodov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.07.2021
Italiyaning "Yuventus", "Inter" va "Roma" kabi yetakchi jamoalari Shomurodovga qiziqish bildirmoqda, lekin "Jenoa" bosh murabbiyi uni sotishni taʼqiqlab qoʻydi.
TOSHKENT, 23 iyul – Sputnik. “Jenoa” bosh treneri Davide Ballardini hujumchi Eldor Shomurodovni sotishni taʼqiqlab qoʻydi, deb xabar qilmoqda “Match TV”.
Xabarda aytilishiga koʻra, ushbu yilning yoz mavsumida “Jenoa” Eldor Shomurodovni sotishni rejalashtirayotgani yoʻq. Undan tashqari klub oʻzbekistonlik hujumchiga mos keladigan yana bir hujumchini izlamoqda.
Eslatib oʻtamiz, 2021 yilda OAVlar Italiyaning A seriyasida bir necha jamoalar Eldorga qiziqish bildirayotganini xabar qilgan edi.
Xususan, “Roma” bosh treneri Joze Mourinyu shaxsan oʻzi Shomurodovni jamoada koʻrishni istayotganini Calciomercato nashri xabar qilgan edi.
Shuningdek “Yuventus” jamoasi ham Eldor Shomurodovga qiziqish bildirmoqda, deb xaabar qilgan edi yanvar oyida Tuttosport;
Eldor Shomurodov posle zabitogo myacha v vorota Latsio - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.06.2021
Analitika
Eldor Shomurodov jamoasini oʻzgartirishi mumkin: “Yuventus”, “Roma” yoki “Milan”
Undan tashqari Milanning “Inter” jamoasi ham Shomurodovni Romelu Lukakuga hamkor sifatida taklif qilishi muminligi xabar qilingan edi.
Shomurodovning oʻzi esa, Ballardinining fikriga qoʻshilgan holda, boshqa klubga oʻtishga hozircha katta qiziqish bildirayotgani yoʻq. Eldor oʻz oilasini yaqindagina Genuyaga olib kelgan va endigina u yerda joylashishni boshlagan.
Oʻtgan mavsumda Eldor “Jenoa” tarkibida 9ta gol urib yuqori natija koʻrsatdi va jamoani A-seriyadan chiqib ketishiga yoʻl qoʻymadi. Shomurodov 2020 yilda “Rostov”dan Jenoaga 7 mln yevro egaziga oʻtgan edi. Uning shartnomasi 2024 yil iyuniga qadar amal qiladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala