“Jenoa” bosh murabbiyi Eldor Shomurodovni sotishga veto qo‘ydi

© Jenoa CFC / Instagram Eldor Shomurodov
Eldor Shomurodov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.07.2021
Obuna bo‘lish
Italiyaning "Yuventus", "Inter" va "Roma" kabi yetakchi jamoalari Shomurodovga qiziqish bildirmoqda, lekin "Jenoa" bosh murabbiyi uni sotishni ta’qiqlab qo‘ydi.
TOShKENT, 23-iyul – Sputnik. “Jenoa” bosh treneri Davide Ballardini hujumchi Eldor Shomurodovni sotishni ta’qiqlab qo‘ydi, deb xabar qilmoqda “Match TV”.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, ushbu yilning yoz mavsumida “Jenoa” Eldor Shomurodovni sotishni rejalashtirayotgani yo‘q. Undan tashqari klub o‘zbekistonlik hujumchiga mos keladigan yana bir hujumchini izlamoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2021-yilda OAVlar Italiyaning A seriyasida bir necha jamoalar Eldorga qiziqish bildirayotganini xabar qilgan edi.
Xususan, “Roma” bosh treneri Joze Mourinyu shaxsan o‘zi Shomurodovni jamoada ko‘rishni istayotganini Calciomercato nashri xabar qilgan edi.
Shuningdek “Yuventus” jamoasi ham Eldor Shomurodovga qiziqish bildirmoqda, deb xaabar qilgan edi yanvar oyida Tuttosport;
Eldor Shomurodov posle zabitogo macha v vorota Latsio - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.06.2021
Eldor Shomurodov jamoasini o‘zgartirishi mumkin: “Yuventus”, “Roma” yoki “Milan”
Undan tashqari Milanning “Inter” jamoasi ham Shomurodovni Romelu Lukakuga hamkor sifatida taklif qilishi muminligi xabar qilingan edi.
Shomurodovning o‘zi esa, Ballardinining fikriga qo‘shilgan holda, boshqa klubga o‘tishga hozircha katta qiziqish bildirayotgani yo‘q. Eldor o‘z oilasini yaqindagina Genuyaga olib kelgan va endigina u yerda joylashishni boshlagan.
O‘tgan mavsumda Eldor “Jenoa” tarkibida 9ta gol urib yuqori natija ko‘rsatdi va jamoani A-seriyadan chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymadi. Shomurodov 2020-yilda “Rostov”dan Jenoaga 7 mln yevro egaziga o‘tgan edi. Uning shartnomasi 2024-yil iyuniga qadar amal qiladi.
Yangiliklar lentasi
0