Siyosat

Lavrov Gʻarb Rossiya atrofida “notinchlik belbogʻi” yaratishga urinayotganini taʼkidladi

© Press-slujba MID RF / Fotobankka oʻtishMinistr inostrannыx del RF Sergey Lavrov
Ministr inostrannыx del RF Sergey Lavrov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.07.2021
Gʻarb Rossiyani qandaydir sanitar kordon bilan oʻrab olib, qoʻshni davlatlarga taʼsir oʻtkazgan holda, bunday qandaydir daromad oligna urinmoqda.
TOSHKENT, 23 iyul — Sputnik. Gʻarb Rossiya atrofidagi hududlarda vaziyatni notinch qilishga urinmoqda, dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov.

“AQSH va YEI bizning yaqin qoʻshni va qardosh xalqlarimizni Gʻarb yoki Rossiya orasida tanlov qilishga majburlash yoʻli bilan, bizning atrofimizda notinchlik belbogʻi yaratishga urinmoqda”, - dedi Sergey Lavrov Duma deputatlarining “Tashqi siyosiy sharoitlar” mavzusida boʻlib oʻtgan vebinarida.

Rossiya va uning atrofidagi hududlarni ham harbiy ham iqtisodiy yoʻllar bilan oʻzlashtirishga urinishlar boʻlmoqda, deb qoʻshimcha qildi diplomat.
“Ular bizni qandaydir sanitar kordoni bilan oʻrab olib, qoʻshni davlatlar rivojlanishiga taʼsir oʻtkazgan holda, bundan hatto qandaydir daromad olishga ham urinishmoqda”, - deydi Lavrov.
Gʻarbning asl maqsadi Ukrainada yaqol namoyon boʻlmoqda. Soʻnggi oylarda esa rangli inqilob uslublari hatto Belarusda ham qoʻllashda urinib koʻrishmoqda. AQSH va YEI saylovoldi kampaniyasiga aralashgan holda, Molodova uchun ham keskin kurash boshlagan.
Vstrecha prezidentov Rossii i SSHA V. Putina i Dj. Baydena v Jeneve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.07.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Putin va Bayden RFning Markaziy Osiyodagi harbiy bazalarini muhokama qilgan - OAV
“Endi boʻlsa, bizning gʻarbiy hamkasabalarimiz oʻz harbiy ishtirokini Markaziy Osiyo va Kavkaz Orti hududlariga ham koʻchirishga urinib koʻrishmoqda”, - deydi TIV rahbari.
Eslatib oʻtamiz, AQSH qoʻshinlarini olib chiqib ketganidan soʻng Afgʻonistonda vaziyat keskin yomonlashdi. U yerda Tolibon* mamlakatning deyarli yarmini egallab olgan va hukumat qoʻshinlari bilan jang olib bormoqda. An shunday vaziyatda AQSH Markaziy Osiyo davlatlaridan Afgʻonistonda ularga xizmat qilgan 10 ming nafar afgʻonlarni qabul qilishni soʻramoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala