MOQ O‘zbekiston bayroqdori o‘zgargani yuzasidan rasmiy bayonot berdi

© NOKZdanie Natsionalnogo Olimpiyskogo komiteta
Zdanie Natsionalnogo Olimpiyskogo komiteta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.07.2021
Obuna bo‘lish
Oksana Chusovitina musobaqaga erta kirishishi munosabati bilan bayroqdorlikdan olindi - MOQ.
TAShKENT, 23-iyul — Sputnik. Milliy Olimpiya qo‘mitasi Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari ochilish marosimida O‘zbekiston jamoasining bayroqdori o‘zgarganiga rasmiy izoh berdi.
Unda aytilishiga ko‘ra MOQ sportchilarni musobaqa oldidan ortiqcha toliqtirmaslik maqsadida ushbu qarorga kelgan.
"Reglamentga ko‘ra, sport gimnastikasi va boks bahslari 24-iyuldan boshlanadi. Oksana Chusovitina esa 25-iyul kuni saralash bosqichida qatnashadi. Shu boisdan Tokio-2020 shtabi va federatsiya rahbarlari bilan maslahatlashgan holda hamurtlarimiz Oksana Chusovitina hamda Bobousmon Baturovni ortiqcha toliqtirmaslik maqsadida starti keyinroqqa to‘g‘ri keladigan boshqa nomdor vakillarimiz, bokschimiz Bahodir Jalolov va taekvondochi Nigora Tursunqulova delegatsiyamiz bayroqdori bo‘ladigan bo‘ldi. Bu bo‘yicha yakuniy qaror 21-iyul kuni qabul qilindi", - deyilgan xabarda.
Shuningdek, bayonotda ochilish marosimida ishtirok etish ko‘p vaqt olishi va uzoq muddat oyoqda tik turishni talab etishi hamda shaharchaga kech qaytilishi ham aytib o‘tilgan.
Nigora Tursunqulova 26-iyul kuni bahslarga kirishishi va Bahodir Jalolov 29-iyuldan o‘z ishtirokini boshlashi aytib o‘tilgan.
Oksana Chusovitina - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.07.2021
Oksana Chusovitina O‘zbekiston bayrog‘ini ko‘tarib chiqmaydigan bo‘ldi
Eslatib o‘tamiz, biroz oldin Oksana Chusovitini nima sabablan uni bayroqdorlikdan oloishganini tushunmaganini va musobaqa oldidan biroz xafa bo‘lganini ma’lum qilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0