Jamiyat

Oʻzbekiston prezidenti saylov kampaniyasiga rasman start berildi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaPredvыbornaya kampaniya prezidenta Uzbekistana nachalas
Predvыbornaya kampaniya prezidenta Uzbekistana nachalas - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.07.2021
Markaziy saylov komissiyasi 2021 yil 24 oktyabrni Oʻzbekiston prezidenti saylovi kuni deb rasman eʼlon qildi.
TOSHKENT, 23 iyul – Sputnik. Bugun Oʻzbekistonda prezident saylov kampaniyasi rasman boshlandi. Bu haqida Markaziy saylov komissiyasining Simpoziumlar saroyida boʻlib oʻtgan majlisida xabar qilindi, Sputnik muxbiriga asosan.
“2021 yil 23 iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda yirik siyosiy jarayon Oʻzbekiston prezidenti sayloviga start berildi”, - deyilgan xabarda.
Bu safargi prezident saylovlari, umumjahon miqyosida qabul qilingan xalqaro standartlarga mos keluvchi, yangi milliy saylov qonunchiligi hamda demokratiya va ochiqlik tamoyillari asosida boʻlib oʻtadi, dedi MSK raisi Zayniddik Nizamxodjayev.
Prezident saylovlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish jarayonini siyosiy partiya vakillari, fuqarolar oʻz-oʻzini boshqarish organlari, xalqaro tashkiloat va xorijiy davlat vakillari hamda mahalliy va xorijiy jurnalistlar kuzatib borishadi.
Majlisda, shuningdek, Markaziy saylov komissiyasining matbuot markazi hamda hududiy boʻlinmalari tashkil qilinishi eʼlon qilindi hamda mazkur Markazning nizomi tasdiqlandi.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaPredvыbornaya kampaniya prezidenta Uzbekistana nachalas
Predvыbornaya kampaniya prezidenta Uzbekistana nachalas - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.07.2021
Predvыbornaya kampaniya prezidenta Uzbekistana nachalas
Matbuot markazi Toshkent shahar Navoiy koʻchasi 1-uyda Maʼrifat markazi va Simpoziumlar binosida joylashadi. Bu yerda jurnalistlar, huquqshunoslar, tarjimonlar, ekspertlar va boshqa mutaxassislardan iborat 7ta guruh faoliyat olib boradi. Shuningdek, markaz “Saylov 2021” veb saytini yuritilishini taʼminlaydi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 117-moddasiga kiritilgan oʻzgarishga muvofiq prezidenti saylovi 2021 yilning 24 oktyabida boʻlib oʻtadi. Oʻzbekistonda oldingi prezident saylovi 2016 yilning 4 dekabrida boʻlib oʻtgan edi.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaDvorets Simpoziumov
Dvorets Simpoziumov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.07.2021
Dvorets Simpoziumov
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala