“Roma” o‘zbek talanti uchun 15 million taklif qilishga tayyor - OAV

© Ofitsialnaya stranitsa FK "Djenoa" v FacebookEldor Shomurodov posle zabitogo macha v vorota "Latsio"
Eldor Shomurodov posle zabitogo macha v vorota Latsio - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.07.2021
Obuna bo‘lish
"Roma" Shomurodovni "Jenoa"dan ikki baravar qimmatga - 15 milliona yevro evaziga sotib olishi mumkin.
TOShKENT, 23-iyul — Sputnik. “Roma” tarkibida yaqin vaqt ichida yangi ism paydo bo‘lishi mumkin – u o‘zbekistonlik Eldor Shomurodov”, - deb yozmoqda Italiyaning Il Tempo nashri.
“U O‘zbekistondan kelib qisqa vaqt ichida Jenoa tarkibida ko‘rsatgan qahramonligi uchun Italiyada yuqori bahoga ega bo‘lgan 26 yoshli ikkinchi hujumchi, hujum qiluvchi yarim himoyachi, kerak bo‘lsa u markaziy hujumchi bo‘lishi ham mumkin”, - deb yozadi Shomurodov haqida nashr.
“Roma” bosh menedjeri Tiagu Pintu “Jenoa” rahbariyati bilan Shomurodov borasida allaqachon muloqot qilgan. O‘zbekistonlik talantning bahosi o‘rtacha 15 million yevroni tashkil qiladi. Bu genuyaliklar 2020-yil oktabrda uning uchun “Rostov”ga to‘lagan narxdan 2 baravar qimmat.
Undan tashqari agar “Roma” Shomurodovning kelajakda yana birovga sotishga qaror qilsa Jenoa undan ham foiz oladi.
Eldor Shomurodov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.07.2021
“Jenoa” bosh murabbiyi Eldor Shomurodovni sotishga veto qo‘ydi
Shu bilan birga “Roma” Shomurodov bilan ham kelishishi mumkin, chunki Mourinyu 2019-yilning fevralida u bilan uchrashgan edi. Uchrashuv Shomurodovning agenti tomonidan tashkil qilingan bo‘lib Shomurodov o‘shanda “Roma” tarkibida to‘p surishda qarshi bo‘lmagan.
Bugun esa Eldor jurnalistlarning boshqa jamoalar taklifi borasidagi savollariga, o‘ziga xos, kamtarin uslubda javob berdi.
“Rostini aytsam men “Roma”ning menga qiziqishi haqida hech narsa bilmayman. “Yuventus” ham meni taklif qilmoqchimi? Men uchun buni eshitish quvonarli, karyeramda navbatdagi qadamni ushbu jamoada qo‘ysam yomon bo‘lmasdi. Hozircha esa, men ushbu yil 10ta gol ursam xursand bo‘lardim”, - dedi Shomurodov.
OAV xabariga ko‘ra, bugungi kunda Italiyaning uchta yetakchi futbol klublari - "Yuventus", "Inter" va "Roma" Shomurodovga qiziqish bildirmoqda. Jenoa rahbariyati esa ushbu mavsumda Eldorni sotishga "veto" qo‘ygan. Ehtimol ular "Jenoa"ni A-seriyada yuqoriroq ko‘tarmoqchi, yoki futbolchining narxini oshirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda “Jenoa” tarkibida Eldor Shomurodov 8ta gol va bitta golli uzatma berishga muvaffaq bo‘lgan edi. Aytish joizki Italiyaga ko‘chib o‘tgan dastlabki kunlarida Eldonga moslashish uchun biroz vaqt kerak bo‘lgan va dastlabki o‘yinlarda to‘liq imkon bilan o‘ynay olmagan edi. Undan tashqari jamoa rahbariyati uni 31ta o‘yinlardan 16tasiga start tarkibga ham kirtgan xolos.
Yangiliklar lentasi
0