Kabul, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
AQSH qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqib ketishini eʼlon qilgach, toliblar mamlakatning deyarli barcha hududlari oʻz xatti-harakatlarini faollashtirdi. Ular kundan-kunga yangi tumanlarni oʻz nazoratiga ostiga oldi. Vaziyat Afgʻonistonning Oʻzbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida keskinlashdi.

Tojikiston Afgʻonistondan 100 ming qochoqni qabul qilishga tayyor

© Sputnik / Andrey SolomonovAfganskiye bejentsы
Afganskiye bejentsы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.07.2021
Tojikiston Afgʻonistondan yuz ming va undan ortiq qochoqlarni qabul qilishi mumkin. Ayni damda xalqaro tashkilot vakillari bilan ularni joyylashtirish imkoniyatlari oʻrganilmoqda.
TOSHKENT, 23 iyul – Sputnik, Lidiya Isamova. Tojikiston Afgʻonistondan 100 minggacha qochoqlarni qabul qilishga tayyor, Dushanbe xalqaro tashkilotlar bilan birgalikda ularni joylashtirish imkoniyatini oʻrganmoqda, dedi Tojikiston Favqulodda vaziyatlar Qoʻmitasi rahbari oʻrinbosari Emomali Ibroximzoda. RIA Novosti xabariga asosan.
“Afgʻoniston chegarasi yaqinida joylashgan Tojikiston mudofaa vazirligi poligonlarida bugungi kunda Afgʻonistondan 100 minggacha qochqinlarni qabul qilish va joylashtirish mumkin”, - dedi Ibrohimzoda.
FVQ raisi oʻrinbosari aytishiga koʻra, Tojikiston bundan ham koʻproq qochqinlarni qabul qilishi mumkin. Respublika ayni damda xalqaro tashkilotlar bilan birgalikda afgʻon qochqinlarini qabul qilish imkonyatlarini oʻrganmoqda.
Ibrohimzoda aytishiga koʻra, yaqin vaqt ichida Tojikiston janubidagi Xatlon viloyati Kushoniyon tumani hududida va Togʻli-Badaxshon maʼmuriy markazi Xorog shahrida ikkita maxsus omborxona foydalanishga topshiriladi. U yerda afgʻon qochqinlari uchun chodirlar, koʻrpa-toʻshak, gigiyena vositalari va oziq-ovqatlar saqlanadi.
Afganskiy voyennыy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.07.2021
Dunyoda
Tojikiston, Qozogʻiston va Oʻzbekiston: AQSH 9 ming afgʻonni vaqtincha joylashtirishni soʻramoqda
Tojik amaldorining soʻzlariga koʻra, iyul oyida Tojikiston Afgʻonistondan 1500 nafar qochqinlarni qabul qilgan va ularni tibbiy yordam, chodirlar, koʻrpa-toʻshak va uch mahal issiq ovqat bilan taʼminlagan edi.
“Ularning barchasi oʻz vataniga Qobul va Mozori Sharif shaharlariga 11ta charter parvozlari bilan qaytarildi”, - dedi Ibrohgʻimzoda.
Eslatib oʻtamiz, AQSH qoʻshinlari Afgʻonistonni tark etganidan soʻng, Tolibon harakati mamlakatda yirik hududlarni egallab oldi, hukumat qoʻshinlari bilan janglar qizib ketdi. AQSH maʼmuriyati Markaziy Osiyo respublikalariga ularga xizmat qilgan 10 mingga yaqin afgʻonistonliklarni qabul qilishni soʻragan edi. Yil oxirigacha qochqinlar soni 70 yoki 100 mingga yetishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala