Jamiyat

Avgust boshida Amerikadan yana 3 mln doza vaktsina olib kelinadi - prezident

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.07.2021
Pandemiya ogʻir keldi, shifoxonalarimiz toʻlib ketgan. Bir vaqtlar ularni yopgan edik, dedi Shavkat Mirziyoyev.
TOSHKENT, 24 iyul – Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev aholini befarq boʻlmaslika va emlanishga jiddiy munosabat bilan yondashishga chaqirdi.
"Fursatdan foydalanib xalqimizga murojaat qilmoqchiman. Nuroniylarimizga, farzandlarimizga, hammaga. Pandemiya oʻzining nimalarga qodir ekanini koʻrsatmoqda. Bu koʻrinmas dushman biz bilan juda qattiq kurash olib bormoqda. Shuning uchun vaktsinatsiya, vaktsinatsiya va yana bir marta vaktsinatsiya. Biz juda katta mashaqqatlar bilan bu vaktsialarni olib kelmoqdamiz.

4 avgust kuni yana 3 mln doza Amerikadan keladigan boʻldi. Bugun Respublikada 2,5 mln doza vaktsina bor, lekin odamlarimiz bu vaktsinaga ishonmayapti. Bu esa oramizda juda katta yoʻqotishlarga olib kelmoqda.

Befarq boʻlmaylik, intizomli boʻlaylik. Oramizda koʻrinmas dushman yuribdi. Bu yil pandemiya ogʻir keldi. Bir vaqtlar ularni yopgan shifoxonalarimiz yana toʻlib ketgan. Uni qachon tugashini ham hech kim bilmaydi", - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistondan 1 apreldan ommaviy vaktsinatsiya boshlangan. Fuqarolar Xitoying Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceutica, Rossiyaning "Sputnik V" yoki AstraZeneca vaktsinalari yordamida emlanmoqda.Birinchi navbatda kasallik xavfli boʻlgan keksa yoshli fuqarolar emlangan boʻlsa, hozir 18 yoshdan yuqori boʻlgan barcha fuqarolar yoppasiga emlanmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala