Jamiyat

Maktab oʻquvchilari nufuzli xalqaro olimpiadada 6ta medal qoʻlga kiritishdi

© MNOPobediteli mejdunarodnoy olimpiadы sredi shkolnikov
Pobediteli mejdunarodnoy olimpiadы sredi shkolnikov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.07.2021
Oʻzbekistonlik maktab oʻquvchilari matematika, biologiya va fizika boʻyicha xalqaro olimpiadada oltin, kumun va bronza medallar sohibi boʻlishdi.
TOSHKENT, 24 iyul – Sputnik. Oʻzbekistonlik maktab oʻquvchilari matematika, biologiya va fizika fanlari boʻyicha nufuzli xalqaro olimpiadada 2 ta oltin, 2 ta kumush va 2ta bronza medallarni qoʻlga kiritishdi, deb xabar qilmoqda Xalq taʼlimi vazirligi.
62-Xalqaro matematika olimpiadasi
Dunyoning 110 davlatidan 623 nafar oʻquvchi ishtirok etgan olimpiadasida Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari 1 ta kumush va 1 ta bronza medallarini koʻlga kiritdilar.
Diyorbek Tolipov — Buxoro viloyati Gʻijduvon tumani 5-ixtisoslashgan matematika maktabi oʻquvchisi kumush medal;
Olimjon Olimov — Buxoro viloyati Xalqaro matematika maktabi oʻquvchisi bronza medal.
Shuni alohida qayd etish joizki, yurtimiz oʻquvchilari soʻnggi bor 2017 yilda kumush medalni qoʻlga kiritgan.
© MNOPobediteli mejdunarodnoy olimpiadы sredi shkolnikov
Pobediteli mejdunarodnoy olimpiadы sredi shkolnikov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.07.2021
Pobediteli mejdunarodnoy olimpiadы sredi shkolnikov
32-Xalqaro biologiya olimpiadasi
Dunyoning 76 davlatidan 304 nafar oʻquvchi ishtirok etgan biologiya olimiadasida Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari 2 ta oltin va 1 ta kumush medallarini koʻlga kiritdilar.
Norbekov Xumoyun — Jizzax davlat pedagoga universiteti qoshidagi akademik litsey oʻquvchisi oltin medal;
Abduvaliyeva Aziza — Toshkent pediatriya tibbiyot instituti qoshidagi akademik litsey oʻquvchisi oltin medal;
Turdiboyev Yorqinbek — Navoiy viloyati Navoiy shahri 11-ixtisoslashgan kimyo-biologiya maktabi oʻquvchisi kumush medal.
© MNOPobediteli mejdunarodnoy olimpiadы po biologii sredi shkolnikov
Pobediteli mejdunarodnoy olimpiadы po biologii sredi shkolnikov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.07.2021
Pobediteli mejdunarodnoy olimpiadы po biologii sredi shkolnikov
51- Xalqaro fizika olimpiadasi
Dunyoning 73 davlatidan 365 nafar oʻquvchi ishtirok etgan 51-Xalqaro fizika olimpiadasida Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi 1 ta bronza medalini koʻlga kiritdi.
Rail Xashayev — Toshkent shahri 71-maktab oʻquvchisi bronza medal. Oʻzbekiston tarixida fizika xalqaro olimpiadasidagi ikkinchi medal, maktab oʻquvchisining ilk medali.
Belgilangan qonunchilikka koʻra, medal sohiblari oliy taʼlim muassasalariga davlat granti asosida qabul qilinadi. Undan tashqari gʻoliblar pul mukofoti bilan taqdirlanadi:
oltin medal sohibiga 122 mln. soʻm, oʻqituvchisiga 110 mln. soʻm;
kumush medal sohibiga 73 mln. soʻm, oʻqituvchisiga 61 mln. soʻm;
bronza medal sohibiga 49 mln. soʻm, oʻqituvchisiga 36 mln. soʻm.
Eslatib oʻtamiz, ushbu yilning aprel oyida boʻlib oʻtgan Mendeleyev nomidagi xalqaro kimyo olimpiadasida oʻzbekistonlik maktab oʻquvchilari 7ta medal qoʻlga kiritishgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala