Markaziy Osiyo davlat rahbarlari sammiti avgustda Turkmanistonda bo‘lib o‘tadi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaFlagi sentralnoaziatskix gosudarstv
Flagi sentralnoaziatskix gosudarstv - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.07.2021
Obuna bo‘lish
Dastlab MO davlat rahbarlari uchrashuvi 2020-yilning avgustida Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tishi kerak edi, lekin pandemiya tufayli 2021-yilga qoldirildi.
TOShKENT, 24-iyul – Sputnik. Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining sammiti 6-avgust kuni Turkmanistonda bo‘lib o‘tadi. Bu haqida 24-iyul kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston va Turkmaniston davlat rahbarlari suhbatida ma’lum bo‘ldi.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, MO davlat rahbarlari uchrashuvi Kaspiy dengizining sharqiy qirg‘og‘ida joylashgan “Avaza” - milliy sayyohlik hududida 6-avgust kuni bo‘lib o‘tadi.
Dastlab, MO davlatlariing oliy darajadagi uchrashuvi o‘tgan yilning avgust oyida Bishkekda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan edi, lekin pandemiya tufayli ushbu uchrashuv 2020-yilning kuz mavsumiga. Keyin esa 2021-yilga ko‘chirildi.
Toshkentda 16-iyul kuni bo‘lib o‘tgan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdid va imkoniyatlar” mavzusida bo‘lib o‘tgan xalqaro anjumanda ushbu sammitni avgust oyida Turkmanistonda o‘tkazishga kelishib olingan edi. Sammitning aniq sanasi esa bugun ma’lum bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, MO davlat rahbarlari uchrashuvlarini o‘tkazish O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga tegishli bo‘lib, ilk bor ushbu tashabbus BMTning 72-sessiyasi davomida e’lon qilingan edi. Shundan so‘ng ilk uchrashuv 2018-yilning mart oyida Qozog‘istonda va 2019-yilda TOshkentda bo‘lib o‘tgan edi. Uchrashuvlarni bir yilda bir marotaba o‘tkazishga kelishib olingan.
Yangiliklar lentasi
0