Olimpiadaning birinchi kuni muvaffaqiyatsiz o‘tdi...

© AFP 2023 / PHILIP FONGOlimpiyskie kolsa, Tokio
Olimpiyskie kolsa, Tokio - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.07.2021
Obuna bo‘lish
XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlarining birinchi kunida sportning 11 turida bellashuvlarda ishtirok etgan o‘zbkistonlik sportchilar muvaffaqiyatli natijalarga erisha olmadilar.
TOShKENT, 24-iyul - Sputnik. O‘zbekiston Olimpiya jamoasi uchun Tokio-2020 Olimpiadasining birinsi kuni, afsuski kutilgan natijalarni keltirmadi.
Milliy Olimpiada qo‘mitasi xabar qilishiga ko‘ra, natijalar quyidagicha:
O‘q otish: 10 metrdan miltiqdan o‘q otish dasturida ishtirok etgan Muxtasar Tohirova saralashda 622.2 ochko to‘play oldi. Bu bilan vakilamiz 33-ko‘rsatkichni qayd etdi.
Qilichbozlik: sablya yo‘nalishida 19 yoshli hamurtimiz Sherzod Mamutov ruminiyalik Yulian Teodosiuga qarshi jang olib bordi va 11:15 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Akademik eshkak eshish: Biroz avval akademik eshkak eshish bo‘yicha vakillarimiz Sobir Safaraliyev va Shahboz Xolmirzayev Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlaridagi birinchi chiqishlarini yakunlashdi. Yengil qayiqdagi juftlik bahslarida ishtirok etgan vakillarimiz 2000 metr masofaga kechgan dasturda 6:44.98 daqiqa natija qayd etishdi. Bu bilan ular o‘z guruhlarida to‘rtinchi o‘rinni band etishdi.
© NOK UzbekistanaBoksor Shaxnoza Yunusova
Boksor Shaxnoza Yunusova - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.07.2021
Boksor Shaxnoza Yunusova
Tennis: Denis Istomin – Sumit Nagal (Hindiston). Hindistonlik Sumit Nagalga qarshi kechgan murosasiz bellashuvda vakilimiz 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Vakilimiz ikkinchi setda g‘alaba qozonib, uchrashuvda biroz burilish yasagandek bo‘ldi, biroq hal qiluvchi setda hindistonlik raketka ustasiga omad kulib boqdi.
Velosport: Murodjon Xolmurodov shossedagi guruh poygasida 234 km masofada bahs olib boradi. 130 nafarga yaqin sportchi startga chiqqan bellashuvda vakilimiz 64-bo‘lib marraga yetib keldi. Qayd etish joiz, ishtirokchilarning yarmi ushbu poygada finishga yetib kela olmadi.
Qilichbozlik: Malika Hakimova – Yiven Sun (Xitoy). Shpaga qurolida jang olib borgan Malika Hakimova xitoylik Yiven Sunga qarshi bahs olib bordi. Bellashuvda xitoylik qilichboz 15:10 hisobida g‘alaba qozondi.
Boks: Shahnoza Yunusova – Karolina Kosevska (Polsha). Bokschimiz Shahnoza Yunusovaga polshalik Karolina Kosevska raqiblik qildi. Yosh vakilamiz tajribali bokschiga qarshi munosib jang qildi, biroq g‘alaba polshalik bokschiga nasib etdi.
© NOK UzbekistanaBoksor Sanjar Tursunov
Boksor Sanjar Tursunov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.07.2021
Boksor Sanjar Tursunov
Boks: Sanjar Tursunov – Abdulxafid Benchabla (Jazoir). Jazoirlik Abdulxafid Benchablaga qarshi ringga ko‘tarilgan vakilimiz teng kurashlar ostida kechgan jangda kichik farq bilan mag‘lubiyatga uchradi. Ikkinchi raundni o‘z ustunligida o‘tkaza olgan Tursunov qolgan raundlarda tashabbusni boy berib qo‘ydi.
Dzudo: Sharofiddin Lutfillayev – Artom Lesiuk (Ukraina) / Xose Ramos (Gvatemala). Biroz avval dzudo bellashuvlarining -60 kg vazn toifasida Sharofiddin Lutfillayev ukrainalik Artom Lesiukka qarshi kurashdi. Murosasiz kechgan bellashuvda Sharofiddin Lutfillayev kutilmaganda vazari bahosi bilan imkoniyatni boy berib qo‘ydi va Olimpiadani tark etdi.
© NOK Uzbekistana Dzudoist Sharofiddin Lutfullayev
Dzudoist Sharofiddin Lutfullayev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.07.2021
Dzudoist Sharofiddin Lutfullayev
Sport gimnastikasi: Rasuljon Abdurahimov ko‘pkurash dasturida 79.064 ochko jamg‘ardi, lekin bu Olimpiadani davom ettirish uchun yetarli bo‘lmadi. Gimnastikachi musobaqani 49-natija bilan tugatdi.
O‘zbekistonlik sportchilarga muxlislik qilishda davom etamiz va bo‘lajak musobaqalarda g‘alaba tilab qolamiz.
Eslatib o‘tamiz, XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlarida 68 nafar o‘zbekistonlik sportchilar sportning 17ta turi bo‘yicha ishtirok etishmoqda.
Yangiliklar lentasi
0