Iqtisod

Oʻzbekistonga olib kelinayotgan elektromobillar soni keskin oshdi

© electromobili.ruElektromobil Baic Senova
Elektromobil Baic Senova - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.07.2021
Maʼlumot uchun, 2020 yilda Oʻzbekistonga jami 130ta elektromobil import qilingan edi.
TOSHKENT, 24 iyul - Sputnik. Oʻzbekistonga olib kelinayotgan elektromobillar soni keskin oshdi, deb xabar qilmoqda Davlat Statistika qoʻmitasi.
Xususan iyun oyining oʻzida 63ta elektromobil olib kelingan. 2021- yilning yanvar-iyun oylarida esa xorijdan jami 268 ta elektromobil import qilingan. Bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 230 taga koʻp.
2021 yilda elektromobillar asosan Xitoydan olib kelingan.
Xitoy – 228 ta
Turkiya – 24 ta
Koreya – 5 ta
AQSH – 5 ta
Germaniya – 4 ta
Litva – 1 ta
Ispaniya – 1 ta
Eslatib oʻtamiz, bugungi kunda dunyoning yetakchi elektromobil ishlab chiqaruvchilari Tesla, SAIC, Toyota, Nissan, Reno va Folksvagen kompaniyalari hisoblanadi. Ushyubu kompaniyalar mahsulotlari yuqori sifati va koʻrsatgichlari bilan ajralib turadi. Lekin ishlab chiqarilgan avtomobillar soni boʻyicha - Xitoy birinchi oʻrinda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala